Modellashtiruvchi o‘yin – bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pe-dagogik natijani ko‘zlagan hamda turli (imitatsion, amaliy, ishbilarmonlik va rol ijrosiga asoslangan) o‘yinlar yordamida ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat.
Motivlar – ijtimoiy, shaxsiy, oilaviy, kasbiy bo‘lib, ular birinchi-dan, o‘quvchi-talaba, ota-onalarning ta’lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlari, maqsadlari, manfaatlari, qiziqishlarini ifoda etadi. Ikkinchidan, o‘qituv-chi va pedagogik texnologiyadagi boshqa ishtirokchilarning kasbiy eh-tiyoj, maqsad, manfaatlarini ifoda etadi.
Motivatsiya – biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajriba-si asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘nal-tirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga, o‘rganishga ana shu tuyg‘u undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |