1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja


Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalari



Download 0,66 Mb.
bet5/36
Sana23.06.2021
Hajmi0,66 Mb.
#99736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
maruzalar

Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri-maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir.


Yosh va pedagogic psixologiyaning tadqiqot metodlari
Barcha boshqa psixologiyaning tarmoqlari singari yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya ham o’z tadqiqot metodlariga ega.

Fanda tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yo‘llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug‘iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo‘lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak.Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilingan lozim:

1)Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog‘langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan ajratib o‘rganish mumkin emas, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o‘rganib bo`lmaydi.

2)Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‘zgarish jarayonida ko‘zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o‘smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo‘lmaydi. Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonida o‘rganganda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko‘zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o‘rgana turib, bilim olish va to‘plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o‘zgarishni ko‘rsatib bersa bo‘ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o‘z mavzuini o‘rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilingandan boshlashi lozim. So‘ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida,psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.Pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari bilan tanishish maktab rahbarlari hamda o`qituvchilariga amaliy jihatdan ham foydali bo`ladi. Bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta'lim tarbiya maqsadalaarida bolalarni chuqurroq o`rganishni tashkil qilish uchun ham yaroqlidir. Ta'lim-tarbiya ishlarida individual munosabatda bo`lish o`quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta'sir ko`rsatishda eng maqsadga muofiq va eng samarali metodlar, usullar va shakllarni tanlashga asos bo`ladigan o`quvchilar shaxsining o`ziga xosligini yaxshi bilish va tushunishni taqoza qiladi.

Har qanday holatga nisbatan eng yaxshi izoh yoki tushuntirish atroflicha izlanishdan keyin paydo bo’ladi. Tadqiqotchi psixologlar ilmiy uslublardan foydalanadilar ammo ular kimyogarlar va fiziklar uchratmaydigan muammolarga duch kelishadi. Bir muammoni misol qilib ko’rsatamiz: Psixologlar ma’lum odamlar jamoasini ilmiy jihatdan o’rganayotganda ulardan birining o’zini g’ayrioddiy tutishda havotirda bo’lishadi. Kimyogar metan molekulalarini o’raganayotganda hech qanday havotirda bo’lmaydi. Kimyogarlar hoxlagan narsasini ustida amliyot bajarishi mumkin albatta laboratoriyani portlatmagan holda. Psixologlar odamlar bilan bevosita uchrashgan holda qat’iy belgilangan cheklovlar asosida ish olib boradilar. Yana boshqa bir muammo shundaki, odamlar kuzatuvdaliklarini bilib qolishsa, o’zlarini noodatiy tuta boshlaydilar. Kimyogarlarning kimyoviy moddalarida bunday muammoning kelib chiqshi aqlga sig’maydi. Bu bo’limda siz fanning umumiy tamoyillari va bu tamoyillardan psixologlar chiqqan maxsus uslublar haqida o’rganasiz.

Dalillarni yig’ish fan bu - bilim demakdir. Ilm-fan - bu nusxa ko’chirsa bo’ladigan ma’lumotlarga asoslangan bilimlarni qidirishdir.

Keling, dastlab ma’lumot yig’indisi keyin esa nusxa ko’chirsa bo’ladigan iborasi haqida fikr yuritaylik.

Tadqiqot ehtiyotkorona qidirish bilan boshlanadi. Masalan Robert Provine kulguni savdo markazlariga borib kim qachon kulganini tasmaga yozib olgan.

Psixologlar kuzatish orqali masalaga oydinlik kiritmoqchi bo’lsa, xohlasa gipoteza paydo qilishadi va sinab ko’rishadi.Gipoteza-aniq taxminiy izoh gipotezani sinash quydagi 4 qismni tasvirlovchi pog’onalar ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Ko’p ilmiy ma’lumotlardagi maqollar ham aynan shu ketma-ketlikka amal qiladi. Bu kitobning qilgan har bir bobida, siz dalil nima deb nom berilgan bo’limda psixologik ta’limga kamida bitta namuna topa olasiz ularning har birini gepotezadan to so’ngida unga izoh berilgunga qadar izchillik bilan amalga oshiriladi,3

Ta'lim-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil qilish uchun yosh va pedagogik psixologiyada qo`llanadigan tadqiqot metodlari bilan tanish bo`lish lozim. Bir-birin o`zaro to`ldiruvchi va nazorat qiluvchi bu metodlar quyidagilardan iboratdir. Kuzatish, suhbat metodi, intervyu, turli xildagi va turli tipdagi eksperimentlar, o`quvchilarning faoliyatlari natijalarini o`rganish hamda anketa metodlari.

Asosiy metodlardan biri kuzatish metodidir. Ravshanki, psixikani bevosita kuzatib bo`lmaydi. Inson shaxsi, uning psixikasi fakat faoliyatda, harakatlarda va keng ma'noda olganda xatti-harakatlarda ifodalanadi. Kuzatish metodi o`quvchilarning xatti-harakatlarini o`rganish orqali ular psixikasining individual xususiyatlarini vositali bilishni taqozo etadi.

Kuzatishni muayyan qoidalarga asoslangan holda tashqil qilish kerak:

1.O`quvchilarni ta'lim va tarbiyaning tabiiy sharoitlarida kuzatish hamda o`rgatish lozim. O`quvchilarni ana shunday tarzda o`rganish ularga individual-psixologik xsusiyatlarini hisobga olgan holda, psixologik jihatdan asoslangan individual tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish usullarini tashkil qilish hamda rejalashtirishning zaruriy shartlaridandir. O`quvchilarni o`rganish faqat yaxshi ta'lim va tarbiya berish uchungina emas, balki ularni tarbiyalash jarayonida o`rganish va o`rganish jarayonida tarbiyalash uchun zarurdir. Shunday qilib, o`quvchilarni o`rganish, ta'lim-tarbiya ishlaridan ajralgan holda emas, balki ta'lim-tarbiya ishlari bilan birlikda amalga oshirilishi kerak.

2.O`quvchini inson shaxsining yaxlitligi printsipiga asoslangan holda, ya'ni analitik-sintetik nuktai nazardan kuzatish lozim. Bu murakkab psixologik birikmani psixologik analizsiz o`rganib va tushunib bo`lmaydi. Shu sababli o`quvchini uning shaxsini analiz qilmay shaxsning ayrim tomonlarini ayrim hislatlarini va tashqi xususiyatlarini bilib olmay turib o`rganib bo`lmaydi.

Lekin o`quvchi shaxsning ayrim xususiyatlari yaxlit bir butun shaxsning muhiti doirasida qarab chiqilishi lozim. Masalan;qat'iylik, dadillik tanqidiylik kabi hislatlarni shaxsning xususiyatlari (masalan shaxsning yo`nalishi )Bilan bog`lamay analiz qilib bo`lmaydi.

O`quvchi shaxsining namoyon bo`lishining juda ko`p tomonlari orasida asosiylarini, hal qiluvchilarini, yetakchi hislatlarni topib, ko`rsatib berish lozim. O`quvchini o`rganishda uning shaxsining yaxshi tomonlarini ko`rsatib berish ta'lim va tarbiya ishlarida tayanish mumkin bo`lgan, rivojlantirish kerak bo`lgan ijobiy tomonlarni topish lozim bo`ladi. Odamdagi yaxshi hislatlarni kura bilishgina emas, balki unda yaxshi hislatlarni tug`dira bilish ham juda muhimdir.Pedagog bu ishni qila bilishga majburdir, degan edi A.S.Makarenko. Ammo pedagog nimalarga barham berish nimalarni yo`qotish va qayta tarbiyalash kerakligini ham ko`ra bilishi shart.

3.Shaxsni qat'iy ob’yektiv material –ob’yektiv ifodalangan ko`rsatkichlar, tekshirib ko`rish mumkin bo`lgan faktlar asosida har tomonlama bilish mumkin. Ana shu yuqoridagi ob’yektiv ko`rsatkichlarni izohlash va baholashda yanglishish va sub’yektivizmga, ozgina miqdordagi faktlarni yuzaki analiz qilib birinchi tasavvurlarga yoki intuittsiya deb atalgan narsaga asoslanib shaxsning hislatlarini aniqlashda shoshmashosharlik qilishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Bunday kundalik rejali tizimli kuzatish natijalaridan olingan va tekshirib ko`rilgan aniq faktlarga asoslanish zarurdir

4.O`quvchi shaxsining xususiyatlarini tushunish uchun ularni shaxs shakllanadigan sharoitlar va tevarak atrofdagi muhit bilan mustahkam bogliq holda qarab chiqish lozim. Shaxsdagi ma'lum xususiyatlarning namoyon bo`lishi sabablarini aniqlash zarur. Masalan, qaysarlik qo`pol munosabatga qarshi norozilik tariqasida yuzaga kelgan hislatmi yoki ortiq erkalatib yuborish natijasimi buni bilish juda muhimdir.

5.Buni bir muncha uzoq vaqt mobaynida o`rgangan holda, shaxs xususiyatlarini uning taraqqiyotini va dinamikasida qarab chiqish lozimdir. Hayot sharoiti va faoliyati o`zgarishi munosabati bilan shaxs rivojlanib o`zgarib boradi. Bunda faqat o`quvchi shaxsining taraqqiyot tarixinigina o`rganib qolmay,balki bu taraqqiyotning tendentsiyasini tushunish va nimalar yo`q bo`lib borayotganligini, nimalar o`sayotganligini ko`ra bilish lozim. Masalan, o`quvchida qo`pollik kabi salbiy xususiyatning yuqolib borayotganligi yoki rivojlanayotganligi, yoki o`ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`lish kabi ijobiy hislatlarning yo`qolib borayotganligi yoki rivojlanib borayotganligi biz uchun mutlaqo befarq narsa emas.

6. O`quvchini jamoada va jamoa a'zosi sifatida o`rganish lozim. Ayrim o`quvchini o`rganish jamoa xususiyatlarini o`rganish bilan birga olib borilishi kerak. Odam hamisha jamoaning bir qismi hisoblanadi. Agar o`quvchi a'zo bo`lgan va o`z ta`siri ostida o`quvchi shaxsi tarkib topadigan yaqin ijtimoiy muhit, jamoa oila sinf guruh va shuning kabilar yaxshi o`rganilmasa bunday paytda o`quvchining shaxsiga doir ko`p tomonlarni ham tushunib bo`lmaydi. Chunki shaxs xususiyatlari ko`p jihatdan mazkur jamoa xususiyatlari bilan aniqlanadi. Biroq shaxsga jamoa ta'sirining passiv mahsuloti sifatida qarab bo`lmaydi. Shaxs faoldir va o`z navbatida jamoaga ta'sir qiladi.

7.Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, shaxsning hislatlari turli xilda namoyon bo`lishini nazarda tutib,ularni turli sharoitlarda rejali va tizimli tarzda kun sayin o`rganish kerak. Bu o`quvchining xatti–harakatlarida yuz bergan o`zgarishlarni bilish va qo`llanilgan metod hamda usullarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi.Psixolog o`quvchi amalga oshiradigan ma'lum ish harakatlarning faqat vaziyatini va sharoitinigina emas, balki o`quvchining holatini ham jiddiy ravishda e'tiborga oladi. O`quvchi odatdan tashqari vaziyatda o`zining xarakter hislatlariga mutlaqo mos bo`lmagan xususiyatlarni namoyon qilishi mumkin. Ehtimol o`quvchining oilasida qandaydir alohida sharoit sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. Salomatlik holati, kayfiyati, toliqish darajasi ham o`quvchi shaxsining namoyon bo`lishiga ta'sir qilishi mumkin. O`quvchining ustidan maxsus kuzatish olib borilayotganini sezdirmaslik ba'zan juda muximdir, chunki u sezib qolsa, bu narsa o`quvchi shaxsining tabiiy ravishda namoyon bo`lishini siqib qo`yishi mumkin. O`quvchiga baho berish uchun uning ham ijobiy, ham salbiy xatti-harakatlari muhim ahamiyatga egadir. Ammo o`quvchining xatti-harakatlaridagi qarama-qarshilik va mantiqsizlikni qayd qilish bilan birga tipik bo`lmagan, tasodifiy hislatlarni xarakterli, singib ketgan, tipik hislatlardan ajrata bilish kerak.

O`quvchiga beriladigan xarakteristikani uning tashqi qiyofasini ko`rsatish bilan to`ldirish mumkin. Masalan, o`quvchining kastyumi, imo-ishoralari, mimikasi uning xarakterida kamtarinlik yoki takabburlik kabi hislatlarning borligi haqida faras qilish uchun asos bo`ladi.

O`quvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini tushunish uchun uning bilan o`tkaziladigan intervyu va suhbatlar juda ko`p ma'lumot beradi (shuningdek, o`quvchi haqida bo`ladigan suhbatni uni yaxshi biladigan odamlar – ota-onalari, o`qituvchilari, tarbiyachilari va o`rtoqlari bilan o`tkazish mumkin). Bu suhbatlar o`quvchining hayotiy faktlarga, boshqa kishilarga va o`zining xatti-harakatlariga bo`lgan munosabatlarini namoyon qilishga yordam beradi.

Suhbat ilmiy tadqiqot metodi sifatida quyidagi printsiplar asosida tuziladi: a) tadqiqotchi o`quvchiga ishonchsizlik yoki ehtiyotkorlik holatini tug`diradigan begona, uzoq odam bo`lib ko`rinmaslikka intilishi kerak, tadqiqotchi bilan o`quvchi o`rtasida o`zaro ishonch, xayrixoxlik va samimiylik vaziyatidagi munosabatlar o`rnatilishi lozim; b) suhbatni qandaydir alohida tekshirish yoki savol anketalariga javob olish xarakteriga aylantirmay, maksimal darajadagi tabiiy sharoitda, jonli va bamaylixotirlik bilan o`tkazish zarur; v) suhbat o`tkazish ko`nikma, malaka va taktni talab qiladi; suhbat o`tkazishga albatta tayyorlanish zarur: savollarni oldindan o`ylab olish kerak (bir xil savollar o`quvchiga bildirmasdan boshqa savollarni nazorat qilishi kerak), suhbat o`tkaziladigan konkret sharoit va vaziyatni suhbatlashilayotgan o`quvchining individual xsusiyatlarini hisobga olgan holda suhbat shaklini aniqlash kerak.

Qo`shimcha materialni o`quvchilar ijodiy faoliyatlarini mahsulotini analiz qilish natijasinida olish mumkin, chunki bu yerda ham o`quvchining vokeylikka bo`lgan munosabati namoyon bo`ladi. Bunday faoliyat samarasini analiz qilishga bolalarning ishlagan rasmlari, chizgan chizmalari, qurgan texnik konstruktsiyalari va xususan («mening orzuim»; «mening eng yaxshi ko`rgan qahramonim»; «o`z xarakterimni tarbiyalash ustida men qanday ishlamoqdaman» )erkin mavzuda yozgan insholarini kiritish mumkin. Bundan tashqari, faoliyat samarasini analiz qilishga o`quvchilarning turli fanlar bo`yicha tutgan daftarlarini va shuning bilan birga, agar qo`lga kiritish imkoniyati bo`lsa, o`quvchilarning shaxsiy kundaliklarini o`rganish ham mumkin. O`quvchi shaxsini bilish uchun faqat uning faoliyat mahsulotining mazmuni emas, balki shakli ham (masalan, yozma nutqining uslubi ham) muhimdir.

Suhbat ,anketa va turli insholar psixologik jihatdan odamning o`zidan o`zi haqida yozma va ogzaki ma'lumot olish usulidir.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish