1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja



Download 0,66 Mb.
bet12/36
Sana23.06.2021
Hajmi0,66 Mb.
#99736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
maruzalar

Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi.


Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so’zni o’zlashtiradi.



Tilning grammatik tuzilishini o’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi.

  1. Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorf so’z o’zaklardan iborat.

3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira boshlaydi.

Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.

Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi.Jismlar bilan turli harakatlarni o’zlashtirishda ulardagi muhim va o’zgarmas alomatlarni ajratish ko’nikmasi hosil bo’ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni ro’y beradi. Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z xatti-harakatini kattalarning harakati bilan solishtirish va uning o’xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aqliy o’sishni to’g’ri yo’naltirish uchun bola bilan maxsus reja asosida mashg’ulotlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Achchiqlanish, jahl qo’zg’alishi, qahru g’azab tuyg’ularining xususiyatini tadqiq qilgan T.E.Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko’pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi “portlash”, qahri qattiqlik yuzaga keladi. Olimaning fikricha, uning psixikasida paydo bo’layotgan xulq hosilasi tirishqoqlikning o’ziga xos ko’rinishidan iborat bo’lib, u o’zi yoqtirgan narsani tezroq qo’liga olish xohishi bilan uzviy bog’liqdir.

Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishni bola kattalar bilan muloqotda psi­xik jihatdan qoniqmasligi hosil qiladi. Psixolo­gik ma’lumotlarga ko’ra, “portlash”, “lov etish” xususiyatiga ega bo’lgan affekt quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: 1) kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo’shilishi) e’tiborsizligi; 2) bolaning ixtiyorsiz xatti–harakatiga batamom qarshilik ko’rsatishi, shuningdek, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi; 3) boladagi o’zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o’zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.



Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim” konsepsiyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma’lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.

Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha yetadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situasiyasi o’zgaradi.

Rolli o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rolli o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir. Bolalarning o’yin faoliyati D.B.Elqonun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi.

Ilk bolalik yosh davrida bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi.

Tadqiqotchi Ye.K.Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin: a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini; b) katta yoshli odamlar va o’yinchoqlarning nomlari va rasmlarini; v) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo’laklari va hokazolarni tushunadi.

Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o’rganadi.

E.K.Kaverinaning fikricha, bolaga beriladigan topshiriqlar, harakat nomlari va ularni bajarish bo’yicha yo’llanmalarni tushunish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: a) ta’sirlanishning yo’qligi yoki mutlaqo noto’g’ri ta’sirlanish; b) harakatni to’g’ri ijro etish; v) harakatning murakkablashuvi va boshqa ko’rinishlarining xususiyatlari. Bolaning kattalar yo’naltiruvchi nutqini tushunishi xatti-harakatlarni amalga oshirishda yetaklovchi vazifani o’taydi.

Tadqiqotchi N.X.SHvachkin mulohazasiga ko’ra, bo­lada avval unli harflarni, keyin undosh harflarni farqlash ko’nikmasi vujudga keladi.

Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, ikki yoshga to’lgan bola tilning barcha tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi, bu hodisa shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish