1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja



Download 0,66 Mb.
bet11/36
Sana23.06.2021
Hajmi0,66 Mb.
#99736
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
maruzalar

Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi. S.Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqlar 9 sm masofadan ko’rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganida bolaning intilishi, qo’l cho’zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko’rsatilganda bolada intilishi, cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan kat­ta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko’ra, 3–4 oylik go’dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5–6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yig’lab yuboradi.

R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oy­likkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan. D.B.Elkoninning fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o’sishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so’zlarni mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg’unlashtirib, ish–harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro’y berishi; 4) xatti-harakatni so’z bilan boshqara olish; 5) so’z bilan go’dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.

Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.

O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.

1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy maniqulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi. R.Ya.Abramovich – Lextman go’dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o’rganib, ularning oltita rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) – 2 haftalikdan 4–5 haftalikkacha; b) sensor faollik – 1,5 oylikdan 2,5–3 oylikkacha; v) harakatoldi – 2,5–3 oylikdan 4–4,5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat – 4 oylikdan 7 oylikkacha; d) o’zaro bog’langan (uyg’un) harakat – 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat – 10–11 oylikdan 12–13 oy­likkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.

Go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o’z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o’sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tayotganini ifodalaydi. Go’dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go’dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning o’sishini ta’minlovchi ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlar yaratilishi – bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish