3. Ijtimoiy ahvolingiz. Odamning ijtimoiy ahvoli uning tashqi ko‘rinishingizdan yaqqol ko‘rinib turadi. Ijtimoiy ahvol va tashqi ko‘rinish masalasi odamning na faqat qaysi sohada ishlashi, oilasining to‘kinligi, uning boy yoki kambag‘alligi, shaharlik yoki qishloqlik ekanligini oydinlashtirishga xizmat qiladi. To‘kin yashash ramzlarining mavjudligi, biror guruhga taalluqlilik, boylik, mashina, zebu-ziynat kabilar siz to‘g‘ringizdagi ma’lum axborotlarni doimiy uzatib turadi. Ijtimoiy ahvol shuningdek, agar inson juda kam zebu-ziynat ishlatgan bo‘lsa ham, ammo kiyimining qanday bichuvda tikilganligi, materiallarning to‘la-to‘kisligi, uning o‘lcham masalalarda ham o‘zini namoyon qiladi. Zadagonlarga tegishli oilalarda juda sodda, zebu ziynatsiz, ammo xushbichim kiyiinish targ‘ib qilinadi. Zebu ziynatning ortiqchaligi madaniyatsizlik va didsizlik alomati sifatida baholanadi. Yangi boy bo‘lgan odamlar esa, o‘zining boylar qatoriga qo‘shilganligini namoyon qilish maqsadida, ko‘pincha zebu ziynatni ko‘p ishlatishadi. Demak, odamning tashqi ko‘rinishi uning ijtimoiy mavqeini aniqlashga ko‘mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |