1-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar o‘quv fanining predmeti, uslublari va ahamiyati


   Yuridik xizmatlar fanining boshqa fanlar bilan munosabati



Download 107,5 Kb.
bet3/14
Sana22.01.2021
Hajmi107,5 Kb.
#56302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yuridik xizmatlar ma'ruza

3.   Yuridik xizmatlar fanining boshqa fanlar bilan munosabati.

 

 

Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan bosqichma-bosqich olg‘a bormoqda.



Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlar Prezidentimiz  tomonidan belgilab berilgan beshta tamoyil, ya'ni iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; boshqaruv va xo‘jalik yuritishning barcha pog‘onalarida qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida amalga oshirilmoqda.

Islohotlar ko‘p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, unda mukammal qonunchilikni yaratish, uning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash, aholi va mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Bu jarayonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmati faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur organlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning yuridik xizmati – normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish jarayonidan boshlab, to ularning ijrosini ta'minlashgacha; xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish va bajarish; mulkni saqlashni hu-quqiy vositalar bilan ta'minlash; mehnat qonunchiligiga rioya qilish va mehnat intizomini mustahkamlash; tegishli organlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda va boshqa tashkilotlarda himoya qilish; huquqiy tarbiya ishlarida faol ishtirok etadi.

Shuning uchun ham yuridik xizmat faoliyatini o‘rganish va bu soha uchun kadrlar tayyorlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik xizmat davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi hamda iqtisodiyotdagi huquqiy ishlarning tashkilotchisi va asosiy ijrochisidir.

Mazkur fan “Xo‘jalik huquqi”, “Fuqarolik huquqi”, “Ma'muriy huquq”, “Mehnat huquqi”, “Fuqarolik protsessual huquqi”, “Xo‘jalik protsessual huquqi” va boshqa fanlardan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qiladi.

Masalan, “Xo‘jalik huquqi” fani xo‘jalik huquqi normalari bilan tartibga solinuvchi, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan xo‘jalik shartnomalari tushunchasi, asosiy shartlari, ularni tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibini o‘rgansa, “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fani xo‘jalik shartnomalarini tuzish, ijro qilish, o‘zgartirish va bekor qilishda yuridik xizmat xodimlarini ishtirokini, bu yo‘nalishdagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tashkil qilish tartibini o‘rganadi.

”Ma'muriy huquq” fani boshqaruv sohasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysunuvchi organlar o‘rtasidagi; bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi; davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabat-larni o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fani esa davlat boshqaruv organining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan yuridik xizmatning huquqiy maqomini, uning boshqaruv organida qonunchilikni ta'minlashdagi roli va boshqa sohalardagi faoliyatini o‘rganadi.

“O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanining ”Mehnat huquqi” fanidan farqi shundaki, u mehnat munosabatlarini emas, balki boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatida mehnat qonuniylikni rioya qilish va mehnat intizomini mustahkamlashda yuridik xizmat xodimlari qanday ishtirok etishini o‘rganadi.

”Xo‘jalik protsessual huquqi” fanida xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishdagi munosabatlar, shu jumladan xo‘jalik sudlariga taqdim qilinadigan da'vo arizalari, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizalar, apellyasiya, kassatsiya shikoyatlari mazmuni o‘rganilsa, “O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat” fanida mazkur da'vo arizalar va shikoyatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil qilish, xo‘jalik sudlariga taqdim etish va unda yuridik xizmat xodimlarini ishtiroki o‘rganiladi.

 


Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish