1-mavzu: O`zbekiston respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari reja


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash



Download 76,45 Kb.
bet66/67
Sana01.01.2022
Hajmi76,45 Kb.
#295085
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayo-nida asosiy e'tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo'nalishda faoliyat yuri-tuvchi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglov-chilari o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namu­nadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo'ladilar.

Maktabdan tashqari ta'lim - maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texni-kaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning ta'limga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foy-dalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo'lib, kadriar tayyoriash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadriar tarkibini shakilantirishni, ulardan taiim tizimida unum-li foydalanishni, shuningdek, kadriar tayyoriash jarayonining ilmiy-tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoq-larida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo'yicha axborot bazasini shakilantirishni hamda ilmiy-tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro'sini oshirishni va shu kabilarni qam-rab oladi». Kadriar tayyoriash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standart-lari, ta'lim dasturlari, o'quv darsliklari va qoilanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi». Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni, shu­ningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yi-ladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadriar tayyoriash tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi. «Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadriar tayyoriash tizimi-ning yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi». «Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni moddiy va ma'naviy jihat­dan qoilab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

Inson sha’ni, avvalo, o’zini himoya qilish, o’z qadrini bilishdan boshlanadi. Shu ma’noda, xalqning o’zini qadrlay bilishi g’oyat muhimdir. Chunki “ o’zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog’lab qo’ymaydi “. O’zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el – yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. “ Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g’oyasi ustuvor bo’lmog’i kerak, - deb yozadi Islom Karimov, - Milliy g’urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo’lmog’i kerak. Bu muqaddas g’oyalar, millati va e’tiqodidan qat’i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog’i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”.

O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla – kuyning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu – umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt – saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyillikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”.

Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.

Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.

Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.

Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqardilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalarni tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ oqsoqollari bolalarga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan.Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini «didaskal» («o’qitaman», «o’rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan bunday tarbiyachi «pedagog» («payne»- bola, «agogeyn»- yetaklamoq so’zidan olingan) deb atalgan.Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.



Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat-e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o’rinda Respublikamizda 1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o’tish joiz.

Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo’lishi mumkin:

Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o’zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi.

Ikkinchi toifa shaxslar o’z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.

Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o’zib ketadi, ayni paytda o’z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g’oyasi va faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi.

O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi.

Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.

Ikkinchidan yurtboshimiz so’zi bilan aytganda: «ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi»

Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlis XII sessiyasida aytgan quyidagi fikrini keltirishimiz o’rinlidir: «Eng avvalo bizning ta’lim tizimiga bo’lgan munosabatimizni ham tubdan o’zgartirish kerak. Ta’lim islohati bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’i zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda to’qqiz pulday ayon bo’lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o’zgartirish mumkin emas».

Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohatining zarurligi va muhimligi haqida o’zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o’zgarishlar yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohatni zarurligini ko’rsatdi.


Download 76,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish