2.Byudjet va pul-kredit siyosati.
Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil byudjet va pul-kredit siyosati ajratib ko’rsatiladi. Byudjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;
– byudjet xarajatlarining ustuvor yo’nalishlarini;
– byudjetning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan balanslashmaslik chegaralarini;
– byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;
– byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tamoyillarini.
O’z navbatida, byudjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investision siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, byudjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo’ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo’yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o’zida soliq tizimini to’laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag’batlantiruvchi choralari o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |