1. mavzu «milliy istiqlol g’oyasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari reja


MILLIY G’OYA— XALQNING ISHONCHI VA



Download 1,79 Mb.
bet18/40
Sana19.01.2017
Hajmi1,79 Mb.
#637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
MILLIY G’OYA— XALQNING ISHONCHI VA

E’TIQODI
Reja

1.Milliy g’oyaning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish zarurligi.

2.Milliy g’oyani xalk ishonchi xamda e’tikodiga aylantirish vazifalari.

3.Milliy g’oyaning xalk ishonchi va e’tikodiga aylantirish mezonlari..

4.Milliy g’oyaning ishonch xam e’tikodiga aylanishida obyektiv va subyektiv omillar.

Milliy g’oya xalqning ishonch va e’tiqodiga aylansa, u o’zining kutilgan samarasini beradi. Shuning uchun ham ishonch va e’tiqod masalasi milliy g’oyada muhim mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari «FIDOKOR» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida «mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiyijtimoiy masala, har qanday jamiyatni soglom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviyruhiy kuchquvvat beradigan poydevor bo’lib kelgan» deb ta’kidlaydi. O’zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan halqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko’ramiz. Darhaqiqat, eramizdan avval VI asrda — eronlik ahmoniylar, IV asrda — Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida xitoyliklar, VII asrlarda arab badaviylari, XII asrlarda — mo’gul istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «Qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga ko’hna tariximiz guvoh bo’lgan.

Shulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo’lsak tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tugiladi. Uning turli sabablari faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi millatning g’oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik mustaQillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: Shiroq, To’maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik mustaqillik g’oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g’oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e’tiqodiga to’la aylanmaganligi sababli mag’lub bo’lganlar.


2. Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo’nalishlari: ta’limtarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviyma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integrasiyalashgan komplekssistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:

Birinchidan. uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo’ygan edi.

Ikkinchidan. shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko’nikish effektini» vujudga keltirib: bo’ysunuvchanlik qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo’rlab bo’ysundirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo’rlik yo’li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi1.

Uchinchidan. yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g’oyaviy emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g’oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning birbiri bilan bogliq ikki vazifasi kun tartibiga qo’yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiysiyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashki yo’nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, ma’naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma’lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiysiyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xil maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar ^usggarakligini o’z vaqtida, oqilona hal qilishning yo’llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, mamlakatlarning g’oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib kelib, xalqni qullikka mahkum qilishini qaytaqayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g’oyaga bo’lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo’lida jipslashtiradi.

Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiysiyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligiosoyishtaligi, xalq farovonligi g’oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqyeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol joyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu joya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik adolatlihuquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo’lib qolmoqda.

Bu vazifalarni bajarilishida o’tmish jamiyatning g’oyaviy stereotiplaridan voz kechish, mustabid tizimning soxta tenglikka asoslangan, «qaychilab tekislash» siyosati oqibatlarini bartaraf qilish, amalda mafkurasizlashtirishdan iborat bo’lgan hukmron siyosiy mafkura tazyiqining kishilar ongida hadik shubha tarzida saqlanib qolishini siqib chiQarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kishilarning boqimandalik kayfiyatini batamom yo’qotish — g’oyaviymafkuraviy faoliyatning tarkibiy qismidir. Ana shu asoratlardan qutulish milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan ichki omillardan hisoblanadi. Totalitarizm tuzumining: «Davlat seni boqayapti, sen davlatga qul bo’liShing darkor», degan tamoyili g’oyaviy qaramlik va mafkuraiy mahdudlikka olib kelgan. Boqimanda odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo’lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni hiladigan passiv, loqayd, g’oyaviy kaltabin kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi.

Milliy g’oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri — qurilayotgan jamiyatning munosib g’oyaviymafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo’lmagan joyda qamish o’smaydi», degan hikmatli so’zlar mavjud. Ma’lumki, qamishni o’rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, bari bir o’sib chiqaveradi. Uni yo’q qilishning yagona chorasi suvni quritishdir. Shunga ko’ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan g’oyalarning mamlakatimiz hududiga o’tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo’lgan g’oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e’tiqodi sust, imoni, irodasi bo’sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. Chunki, g’oyaviy tarbiya choratadbirlari g’oyaviy-mafkuraviy «infeksiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko’ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin birbiri bilan o’zaro bogliq bo’lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliyma’naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega.

O’zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davridagi ijtimoiy vaziyatini tahlil qiladigan bo’lsak bir tomondan, etnografik demografik strukturasi, diniy e’tiqodlar xilmaxilligi uning xalqining hayot tarzi negizlarining rangbarangligi yagona milliy istiqlol g’oyalari doirasida birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O’zini O’zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg’usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan ugviy bog’liq milliy g’oya birlashtiradi. Ikkinchi tomondan, agar shunday e’tiqod va ishonch bo’lmasa, aynan shunday ijtimoiy muhit xususiyati g’ayriinsoniy, g’ayrimilliy g’oyalarving mamlakatimizga kirib kelishiga, ma’lum ma’noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi.

Mamlakatning bosqichmabosqich yangi jamiyatga, bozor musosabatlariga o’tishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari, agrar sohadagi islohotlarda erishilayotgan yutuqlar nisbatan sust kechayotganligi, aytish mumkinki, yot g’oyalarga nisbatan kishilarning ruhiy barqarorligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasini kishilar ongiga, hayot tarziga singdirishda iqtisodiy hayotdagi ijobiy o’zgarishlarning salmogini oshirish zarur.

Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniyhuquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish bir tomondan, milliy istiqlol yeoyasining ijtimoiysiyosiy hayotdagi ifodasi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shu asos milliy g’oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiyalar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g’oyasi asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo’lida mushtarak maqsadlarga safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud.

Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi g’oyaviy barkamollik uchun oziq bo’lmoqda, lekin shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bo’lib, kelajakni unutishga haqqimiz yo’q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiQarish milliy g’oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun Ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlayDi»1, deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy Yeoyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz — poydevordir.


3.Milliy g’oyani «tashuvchilarning» ehtiyojlari va manfaatlari umumiyligiga qaramasdan ularning har biriga invidual va differensial yondashgan holda, uni xalqning ishonch va e’tiqodiga aylantirilishining o’ziga xos mezonlari mavjud. Ya’ni:

• millatning o’zligini, jahon umumiy tarixiy taraqqiyotiga mansubligini anglashi ayni tarixiy jarayonga qo’shayotgan hissasini e’tirof qilinishi;

• millatning ijtimoiysiyosiy, g’oyaviymafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarining yaratilishi, Vatanga sadoqati;

• jahon hamjamiyatidagi mavqyeini mustahkamlanishi, o’ziga xos va mos nufuzga ega bo’lishi;

• milliy taraqqiyotning lstiqbollarini belgilaydigan faoliyat strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliyma’naviy qadriyatlariga va umuminsoniy madaniyatning uygunligiga milliy istiqlol g’oyasining negizlari sifatida qarash zaruriyatini hisobga olish.

Umuman, insonning ishonch va e’tiqodi mezoni jamiyat taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, umuminsoniyat sivilizasiyasi manfaatlariga mos kelishi bilan belgilanadi. Xususan, milliy g’oyaga ishonch va e’tiqod, muayyan jamiyatning mavjudlik holati hamda rivojlanish istiqbollarini anglash asosida amaliy faoliyatni tashkillashtirish, boshqarishning motivi, subyektiv omili tarzida namoyon bo’ladi. «Bu masala haqida chuqurroq o’ylab ko’radigan bo’lsak shu tamoyillarga tayangan jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy shaklshamoyili, uning qiyofasi, rivojlanish yo’llari, ustuvor xususiyatlari to’g’risidagi aniq tasavvur turli fikrlar, bahsmunozaralar orqaligina ayon bo’lishini e’tirof etishimiz va buni o’zimizga mezon qilib olishimiz zarur»'.

Millatning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojidan kelib chiqqan va manfaatlarini ifodalaydigan g’oyalarga sadoqat-ishonch etiqod mezoni hisoblanadi. Shu nuqtai tarakkiyot manfaatlariga zid bo’lgan e’tiqodi umuminsoniyat ishonchi , e’tikodi bilan xech kanday alokasi yuk. Soxta ishonch va e’tikod bilan xakikiy ishonch va e’tikodni farklash muxim.

Ma’lumki mamlakatlar urtasidagi ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning samaradorligi eng avvalo, g’oyaviy qarashyaarning mutanosibligiga bogliq buladi. Bunda ikki tomonlama manfaatdorlik umumiy munosabatlarning samaradorligini belgilaydi. Ya’ni O’zbekiston o’z istiqlol g’oyalarini boshqa mamlakatlarning g’oyaviymafkuraviy andozalariga mexanistik moslashtirmasdan, ularni ijodiy o’zlashtirishi, shu jumladan, boshqa millat va davlatlarning ham bizning g’oyaviymafkuraviy qarashlarimizga hurmate’tibor bilan munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Sosialistik tuzum yemirilishi, xususan, bu sistemada siyosiymafkuraviy gegemonlik rolini bajarib kelgan SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo’lmoqda:



Birinchisi — milliy mustaqillikka erishgan davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalarda hamkorlik qilish mumkin bo’lgan mamlakatlarni tanlashdagi muayyan qiyinchiliklar (shakllangan stereotiplar, shubhalanish) bilan bogliq edi. Chunki, biz bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hamkorlik qilishni xohlagan davlatlarning o’z manfaatlari bo’lib, ular hamma vaqt ham tomonlarning manfaatdorligida, muvozanatni o’zlari tomonga og’dirishga moyil ekanligi sir emas.

Bunday sharoitda O’zbekistonning o’z yo’lini tanlashi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi, demokratik jamiyat qurishning «o’zbek modeli»ni ishlab chiqishi, mafkuraviy sohada faoliyat strategiyasi va taktikasini belgilab olishi qiyin kechadi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston xalqaro hamjamiyatga kirib borar ekan: ijtimoiysiyosiy, ma’naviymafkuraviy tizimi turlicha bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda xalqaro huquq qonunlarini, urfodatlarni, milliy manfaatlarni hurmat qiladigan hamdo’stlarini topishga harakat qildi.



Ikkinchisi hozirgi davrda ilmiytexnika taraqqiyoti millatlararo munosabatlarning texniktexnologik asoslarini, aloqa vositalarini, ommaviy axborot infrastrukturasini va murakkab kommunikasiyasini vujudga keltirishi bilan xalqaro mafkuraviy munosabatlarni intensivlashtirib, universallashtirib yubordi. Xususan, axborot ayirboshlashning kompyuterlashtirilib: elektron pochta, internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarning rivojlanishi, bu sohalarda intellektual salohiyatining miqdor va sifat o’zgarishlari bilan mafkuraviy munosabatlarning globallashuv jarayoni vujudga keldi. Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, turli mamlakatlarni insonr ongini va qalbini egallash orqali uni zabt etish g’oyat tta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganligida ya’ni, jamiyatni mafkurasizlantirishga, g’oyasizlanti,sshga yo’naltirilgan axborotlar bozorida ma’naviymaday, g’oyaviy mafkuraviy jihatlardan saviyasi g’oyat past ,o’lgan audio va video kassetalar, axloqsizlikka, tubanlikka :b keladigan adabiyotlar va boshqa «san’at asarlariyushg» lishi juda katta iqtisodiy foyda manbai bo’lib qolatanligi, ayrim kishilarning ishonche’tiqodiga putur yetazayotganligi hammaga ma’lum.

Uchinchisi — birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqn bo’lib, millatning tarixiy xotirasi, an’analari, ma’viy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga, istiqbol tendensiyalariga xos ongini, tafakkuni shakllantirish va mustahkam ishonche’tiqodga aylantivazifasidir. Chunki g’oyat xilmaxil «axborot bosimi» tar•idan milliy taraqqiyot manfaatlariga mosini tanlab olish, ishonche’tiqodga aylantirish muayyan nazariymetodologik bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun ham ommaning dunyoviy va diniy bilimlarini rivojlantirishga, intellektual salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan milliy ta’limtarbiya tizimini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.

Milliy g’oyani xalqning ishonchi, e’tiqodiga aylantirish asoslarini, shartli ravishda, obyektiv ishrtsharoitlar va subyektiv omillarga ajratish mumkin. Milliy g’oyani xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning obyektiv shartsharoitlari sifatida: ijtimoiyiqtisodiy hayot negizlari, madaniy hayotni rivojlantirish manbalari, inson saloxdyati, millatning tarixiy merosi va Unga bo’lgan munosabat; xalq yashayotgan hududning tabiiyJo’grofiy joylashishi hamda tabiiy resurslari; millatning tarixiy shakllangan mentalitetiga xos xususiyatlar; jamiyatning demografik holati, etnik tuzilishi; xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlardagi o’rni va mavqyei boshqa shu kabi shartsharoitlarni ko’rsatish mumkin.




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish