“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish,
ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim.
Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish,
ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |