Kerakli jihozlar: idish rasmlari, turli naqshlar na’munasi
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bugun sizlarga topishmoq aytaman.
Ro’parade turibti
Yuzi dumaloq lo’ppi
Bir qulog’I bor, bir burni
Boshiga kiygan do’ppi
Bolalar javobi: (Choynak)
Tarbiyachi: yana bitta topishmoq aytaman
Ona - bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalar javobi: (Choynak piyola)
Shu payt eshikdan Zumradoy va Qimmatoylar kirib keladi.
Bolalar salomlashadi
Tarbiyachi: Bolalar guruhimizga mehmonlar tashrif buyurdilar uymizga mehmon kelsa nima qilamiz?
Bolalar:
Tarbiyachi: kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz buning uchun nima qilish kerak?
Bolalar: Dasturxon yozib choy idishlari, qandlar qo’yiladi.
Tarbiyachi: mehmonlarga choy quyib uzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |