1-mavzu: Jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanuvchilarning funksional holatining tavsifini aniqlash usullari va vositalari Reja


Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashq mashg’ulotlariga



Download 0,66 Mb.
bet7/31
Sana10.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#772320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
маъруза

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashq mashg’ulotlariga qo’yiladigan umumiy gitiyenik talablar.
Uzluksizlik va davomiylik, yaxlitlilik, adekvatlik- (bir xillilik, tenglik, moslik) sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashq mashg’ulotlariga qo’yiladigan umumiy gigiyenik talablar hisoblanadi.


Uzluksizlik va davomiylik
Jismoniy tarbiya odamning butun hayoti davomida uzluksiz davom etadigan muttasil jarayon bo’lmog’i kerak. Organizmning o’sishi va shakllanishi sodir bo’layotgan bolalik va o’smirlik yoshida bu prinsiplarga rioya qilish alohida ahamiyatga molikdir. Bu yoshda u harakat faolligining yetishmasligiga ham, haddan tashqari ko’payib ketgan yuklamalarning zarar yetkazuvchi ta’siriga ham ancha sezgirroq bo’ladi. Agar bola o’z yoshining biror davrida HF (harakat faolligi) ning zarur miqdorini yetarli darajada ololmagan bo’lsa, u holda shundan keyingi yillarda uning o’rnini to’ldirish qiyin bo’ladi yoki hatto buning iloji ham bo’lmaydi. Muayyan belgilangan bir davrlar odamning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishi uchun xos bo’ladi. Bu davrda tegishli funksiya, ayniqsa tez rivojlanadi. CHunonchi, 2-5 yoshli bolalarning til o’rganishi oson ekanligi ma’lum, ikkinchi tomondan esa mana shu yosh davrida odamlar bilan muloqatdan ajratib qo’yilgan bolalarni keyin tilga kiritishini iloji yo’q. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishida ham alohida sensitiv davrlar belgilangan bo’lib, ular ayrim harakat funksiyalari (jismoniy sifatlari) uchun turli yillarda boshlanadi.
Somatotipning shakllanishida 6-7 yoshlik vaqt muxim davr hisoblanadi: tezlik sifatlarini rivojlantirish uchun sensitiv davr 8-10 yoshlarga to’g’ri keladi, chunki bu yoshda tezlikni, muskul harakatlarini koordinatsiya qilishni ta’minlovchi asab va maskul tizimlarning morfologik substratlari rivojlanib boradi. Umumiy chidamlikning rivojlanishi ko’proq 10-14 yoshlarda ko’zga tashlanadi, bu birinchi galda yurak hajmi va maskul miqdorining o’sishi bilan, upkalarning ventilyatsion va diffuzlik funksiyalari ortib borish bilan bog’liqdir. Muskullar kuchi 13-16 yoshlarda ayniqsa yaqqol rivojlanadi, bu esa gavdaning muskul miqdori tez o’sishi bilan bog’liqdir.
So’ngi vaqtlarda suzishga o’rgata boshlagan 4-5 oylik «chaqaloqlar»ni kuzatish natijasida qiziqarli ma’lumotlar olindi. Ma’lum bo’lishicha chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi kichik go’daklar jismoniy rivojlanishda ancha kattagina potensialga ega bo’lar ekanlar.
So’ngi vqtlarda suzishga o’rgata boshlagan 4-5 oylik chaqoloqlarni kuzatish natijasida qiziqarli ma’lumotlar olindi. Ma’lum bo’lishicha chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi kichik go’daklar jismoniy rivojlanishi ancha kattagina potensialga ega bo’lar ekanlar. Ilgari ulardagi shu potensialdan amalda foydalanmasdan kelingang chunki bu yoshda jismoniy mashqlarni qo’llanish imkoniyatlari juda cheklangan bo’ladi. Bu yoshdagi go’daklar uchun suzish jismoniy tarbiyaning tengi yo’q samarali vositasi bo’lib chiqdi. Suzish go’dakning muskul tizimiga stimullashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi (uning hali kam rivojlangan skleti umurtqa pog’onalariga ortiqcha yuklama tushmaydi), uning yurak, o’pka va asab tizimiga foydali ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, suzish teriga ham chiniqtiruvchi va gigiyenik ta’sir ko’rsatadi. SHu narsa aniqlanganki, chaqaloqligidan boshlab suzishga o’rgatilgan bolalar 7-8 yoshga yetganda eng yaxshi jismoniy rivojlanish darajasiga erishadilar.
Jismoniy tarbiya uzluksiz bo’lmog’i hamda barcha sensitiv davrlardan foydalanmog’i lozim. Bola bu davrlarda tegishli ravishda yo’naltirib turilgan HF jixatidan (tezkorlik, chaqqonli, kuchlilik jihatidan) yetishmovchilikka ega bo’lmasligi, boshqacharoq til bilan aytganda gipodinamini bilmasligi nihoyatda muximdir.
YUksak sport natijalariga erishish maqsadida bolaning sensitiv davrida harakat sifatlrini rivojlantiradigan maxsus stimulyatsiya mashqlari o’tkaziladi. Buning uchun (etishmovchilikni) yo’qotishga yetarli bo’lganidan ham ko’ra ortiqroq darajadagi aniq maqsadga qaratilgan mashqlar miqdori qo’llaniladi.
Biroq, kiritik davrda maxsus yuklamalar hajmini ancha oshirib yuborish xavflidir, chunki mana shu harakat funksiyasini o’sish potensialini toliqtirib qo’yish mumkin. Juda tez, lekin qisqa vaqt davom etadigan jarayondan so’ng bunday o’sish sekinlashadi yoki to’xtab qoladi. Amalda bunday hol haddan tashqari oshirib yuborilgan maxsus jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish vaqtida kuzatiladi, bunday hollarda istiqbolli yosh sportchilarning o’sish ko’rsatkichlari to’xtab qoladi.
Jismoniy tarbiya, sog’lomlashtirish maqsadida o’tkaziladigan Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari faqat sensitiv davrlardagina emas, balki doimiy ravishda o’tkazib borilmog’i kerak. HF ning yetarli bo’lmasligi, uning nisbatan qisqa bir muddatta to’xtatib qo’yilishi jismoniy rivojlanishga va jismoniy tayyorgarlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi: harakat sifatlarining tabiiy ravishda o’sishi sekinlashdi (bu sifatlar hatto teskari tomonga qarab rivojlanib ketishi ham mumkin); harakat malakalari va mahorati yo’qoladi.
Jismoniy mashg’ulotning uzluksizligi yetuk va katta yoshdagi kishilar uchun ham to’xtatib qo’yilishi yoki bu sohada uzilish bo’lishi jismoniy holatning juda tez rivojlanadigan involyutsiyasiga olib kelishi mumkin. Nisbatan qisqa bir muddat mobaynida (bir necha hafta) davom etadigan gipodinamiya, masalan, jarohatlanish munosabati bilan to’shakka tushib qolishi organizmda shunday o’zgarishlarga olib kelishi mumkinki, keyinchalik ularni to’la holda aslo tiklab bo’lmaydi. Katta yoshdagi kishilarga vaqtinchalik gipodinamiyaning ko’rsatadigan salbiy ta’siri ayniqsa sezilarli bo’ladi.
YAxlitlilik
YAxlitlilik sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarga qo’yiladigan muhim gigiyenik talablardan biri hisoblanadi.
YAxlitlilik deganda, barcha asosiy harakat sifatlarining parallel shaklda rivojlantirilishi tushiniladi. Ularning har biri salomatlikka o’ziga xos ravishda maxsus ta’sir ko’rsatadi.Umumiy chidamlik (aerobik funksiya) ayniqsa muhim ahamiyatga egadir, kuch, kuchlilik talab qilinadigan bardoshlilikning roli ham kattadir; bukiluvchanlik, chaqqonlik hamda tezlik-kuch talab qilinadigan fazilatlarni rivojlantirish ham zarurdir.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish