So’rov usuli deganda tadqiqot ob’yektalri bilan muloqot o’rnatish yo’li bilan ma’lumotlar to’plash usuli tushuniladi. Tadqiqot quroli sifatida bir qator savollardan tuzilgan so’rovnoma-anketadan foydalaniladi. ushbu usulning afzalligi uni qo’llash msohasining amalda deyarli cheklanmaganligi bilan asoslanadi. Asosiy kamchiligi esa ko’p mehnat talab qilishi, so’rovlarni o’tkazish uchun sarflanuvchi xarajatlarning kattaligi, shuningdek, noto’g’ri yoki xolisona bo’lmagan javoblar tufayli olingan axborotlarning aniqlik darajasi pasayish ehtimoli hisoblanadi.
Boshqaruv faoliyatida axborotlar bilan ishlash. Boshqaruv uchun axborotlarni ahamiyati. Ishlab chiqarish va xo’jalikni boshqarish jarayonida tezkor va yetuk axborotlarsiz tasavvur etish qiyin. Axborotlar boshqarish negizi hisoblanadi va boshqaruvning sifati ularning zamonaviyligiga bevosita bog’liq.
Amalda boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati jarayonida berilgan texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarga oid axborotlarni olib turadi. Zarurat tug’ilganda olingan axborotlar asosida boshqaruvchi tizimni boshqarish uchun kerak bo’lgan buyruqlar tayoyrlanadi va uni boshqarish uchun boshqaruvchi tizimga uzatiladi.
Murakkab va ko’p qirrali korxona xo’jaligini boshqarish katta hajimda birlamchi axborotlarni ko’rib chiqishni talab qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: statistik, operativ hisobot, reja iqtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, modiy texnika ma’lumoti, kapital qurilish, texnalogiya, konstruktorlik va boshqalar.
Axborotlar kelib chiqish manbalariga ko’ra tashqi va ichki axborotlarga ajratiladi.
Tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar tashqi axborot hisob-lanadi. Uning tarkibiga ishlab chiqilayotgan mahsulotga bo’lgan talablar, texnika taraqqiyotiga oid axborotlar, ilg’or korxonalar ish tajribalari va shu kabilar kiradi.
Ichki axborotga ishlab chiqarish jarayoniga oid reja topshiriqlarni bajarish, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotlarinng sotilishiga oid axborotlar kiradi. Axborotlar boshqaruv jarayoniga o’xshab o’zining hajmi, tarkibi va kelib tushgan vaqti bo’yicha boshqaruvchi darajasiga bevosita bog’liq. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, birlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zaruriyat shunchalik ko’payib boradi.
Shartli o’zgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam o’zgaruvchi axborotlar kiradi. Bular barcha turdagi me’yorlar qiymatlar, reja kursat-kichlari va boshqalardir. Bunday axborotlar boshqaruv uchun zarur bo’lgan axborotlarni 60-70 % ini tashkil etadi.
O’zgaruvchan axborotalar murakkab va muhim axborotlardir. Bir turdagi axborotlar ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati jarayonining o’zgarishini aks ettiradi. Bunday axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish ancha murakkab jarayondir. Ishlov berishda iloji boricha chaqqonlik zarur, aks xolda bunday axborotlar o’zidan muhim va kerakli ahamiyatini yo’qotishi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham foydalaniladi. Bunday axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov bermasligi natijasida yuzaga keladi va ular boshqaruv jarayonida ancha yetuk va muhim axborot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |