1-Mavzu: Falsafiy dunyoqarash va uning o’z-ozini anglashdagi tutgan o’rni. (2-soat) Reja



Download 36,49 Kb.
bet6/10
Sana13.07.2022
Hajmi36,49 Kb.
#787760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.mavzu

Falsafa aksiologiya sifatida
Falsafa «dunyo-inson» tizimini tushunishga intilib, unda yuz berayotgan jarayon va munosabatlarni faqat gnoseologik jihatdan, «haqiqat» nuqtai nazaridan qaramaydi. Uning uchun bu jarayonlar va munosabatlarni qadriyatlar orqali, «Ezgulik», «Muruvvat», «Yovuzlik», «Foyda», «Go‘zallik» va hokazolar nuqtai nazaridan baholash ham muhimdir. Bu jihatdan falsafa aksiologiyadir (qadriyatlar to‘g‘risidagi ta'limot, grekcha axios - qadrli va logos - ta'limot so‘zlaridan).
Falsafaning qadriyat yo‘nalishi uning dunyoqarashiga taalluqli tabiatidan kelib chiqadi. Biz har qanday dunyoqarashni insonning dunyoga bo‘lgan munosabati deb qayd etgan edik. Va bu munosabatlarni oddiy dalillar, jarayonlar, hodisalar, hattoki ularni tushuntirish va tushunishni qayd qilish deb bo‘lmaydi. Faylasuf uchun dunyo - bu beparvo kuzatuvchi tomonidan mikroskop orqali ko‘riladigan tor, ajratilgan bir parcha borliq emas. Bu dunyo hamisha inson, uning ehtiyojlari, ishonchlari va ideallarining o‘zaro munosabati orqali «insoniylashtirilgan» va «ruhlantirilgan». Dunyoda ro‘y beradigan barcha narsalar inson uchun o‘z me'yoricha ahamiyatga ega. Falsafaning dunyoni faqat bilishi emas, balki uni baholashni ham shundan kelib chiqadi. Bundan tashqari har qanday falsafiy tizimning o‘zi qadriyatlarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, biz g‘arbiy va sharqiy tafakkur turining xristian va islom falsafasi qadriyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin va hakozo.
Falsafa o‘zining aksiologik (qadriy) vazifasini bajara borib, quyidagi savollarni beradi: «Mavjud dunyo mukammalmi?», «Bu dunyo qanday bo‘lishi kerak?», falsafa mavjudlik bilan vujudga keladigan narsa o‘rtasidagi ziddiyatni ochib beradi. Falsafa vujudga kelishi kerak bo‘lgan narsa to‘g‘risida savol berib, bu bilan inson ongida ro‘y berishi kutilayotgan g‘oyalar, borliq uyg‘unligini qidirishni qo‘zg‘atadi.
Falsafa tanqid sifatida
Falsafa dunyoni ideallar (bo‘lishi kerak) nuqtai nazaridan baholab, buni tanqid orqali amalga oshiradi. Falsafa o‘zining birinchi qadamini shubhadan boshlagan. Falsafaning falsafagacha bo‘lgan davrdagi dunyoqarashdan (afsonaviy, diniy) asosiy farqlaridan biri mana shudir. Ilk davrning Misr, Bobil va Hindistondagi falsafagacha bo‘lgan davr matnlaridayoq diniy e'tiqodning haqiqiyligiga, ijtimoiy hayot negizlarining adolatliligiga shubhalarni uchratish mumkin. Faylasuflardan birinchi bo‘lib Suqrot (er.av.470-399 yillar) barqaror tasavvurlarga: «Men hyech narsani bilmasligimni bilaman» deya shubha bilan qaradi. Suqrot savol-javob orqali odamlar bilan bahslashib, suhbatdoshi tasavvurlarining yuzakiligini fosh qiladi va ularning mutlaq haqiqat deb qabul qilganlari aslida bor-yo‘g‘i har kungi mulohaza ekanligini e'tirof etishga olib kelgan.
Yangi davrda qator yevropalik faylasuflar (F.Bekon, R.Dekart, I.Kant) shubha va tanqidni maxsus ko‘rib chiqish mavzusiga aylantirganlar. Falsafa nimadandir shunchaki shubhalanmaydi va nimanidir shunchaki tanqid qilmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda dunyoqarashning barcha tarkibiy qismlari (bilim, burch, ishonch va boshqalar)ni umumiy shubha va tanqid ostiga oladi. Shu bois falsafa hamisha «Haqiqatdan ham men bilamanmi?», «Haqiqatdan ham men majburmanmi?», «Haqiqatdan ham men ishonamanmi?» deb savol beradi.
Falsafa dunyoqarash asoslariga shubha bilan, ularni tanqid qilishga o‘tadi. O‘zining tanqidiy vazifasini bajara turib, falsafa mavjud voqyelikni tanqid ostiga oladi va yangilikning tug‘ilishiga sharoit yaratadi. Falsafa borliq va tafakkurning mavjud borlig‘ini tanqidiy tahlil qilib, shubha urug‘ini qadab, fuqaroning ijodkoriy ongining shakllanishiga sharoit yaratadi.
Oldindan belgilangan o‘zgarmas qonun-qoidalarga asoslangan an'anaviy jamiyatlarda, hamda boshqaruvning demokratik bo‘lmagan usullari (totalitar, avtoritar tartib)ga asoslangan jamiyatlarda tafakkurning tanqidiy yo‘nalishi bunday tafakkur egasi uchun xavflidir. Bunday jamiyatlarda itoat qilish va bajarish kabi sifatlar qadrlanadi. Tanqidiy tafakkurni nigilizm va tanqidbozlikdan farq qila bilish kerak. Tanqidbozlik tafakkur madaniyatining pastligidan, uning «tanqid uchun tanqid»da namoyon bo‘ladigan destruktiv xususiyatlardan dalolat beradi. Madaniy falsafiy tafakkur tanqidni predmetlarni nigilistik uloqtirishga olib kelmasdan, balki uning ichki o‘zaro aloqasini tadqiq etadi. Shu bois falsafiy tanqid hamisha tahlil hamda predmetning mantig‘i va rivojlanish dinamikasini chuqur mulohaza qiluvchi jarayondir.


Download 36,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish