1-mavzu: Falsafaning baxs mavzulari, jamiyatdagi o’rni va asosiy vazifalari. Reja



Download 421,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana08.12.2021
Hajmi421,16 Kb.
#190075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma'ruza

JON  LOKK  (1632-1703  yy.)  XVII  asr  Angliya  falsafasining  yirik  nomayondasi  bulib,  Dekart 

rasionalizimiga  zid  ravishda  sensualizm  (lot.  «sezgi»,  «xis»  demakdir)ni  asoslashga  harakat  kildi. 

Uzining falsafaga doyr «Kishi akli tugrisida tajriba» asarida bilish nazariyasini birinchi uringa kuydi. 

J.Lokk  tugma  goyalar  xakidagi  nazariyani  tankid  kildi.  Xudo  goyasi  noanik  va  chalkash,  deb 

xisobladi.  Uning  ta’kidlashicha,  kishilar  bilimi  va  goyalarimiz  tajriba  va  sezgilarmizdan  kelib 

chikkandir.  Kishilar  tayyor  tugma  goyalarga  ega  bulmaydilar  va  bulishi  xam  mumkin  emas.  Lokk 

tajribaning ikki turini-ichki va tashki tajribani bir-biridan farkladi. Tashki tajriba tashki narsalarning 

sezgi  a’zolarimizga  ta’siri  natijasida  xosil  bulgan  sezgilar  tuplamidan  tarkib  topadi.  Ichki  tajriba 

(refleksiya) esa aklning uz faoliyatini va uning kurinish uslublarini kuzatishdir.



Lokk ta’limoticha, moddiy olamni bilish tashki dunyo predmet va xodisalarning sezgi a’zolarimizga 

ta’sir etib, sezgi va xisslarni vujudga keltirishi bilan boshlanadi. Bilish jarayonining birinchi bosqichi 

xissiy  bilishdir,  u  tashki  dunyo  tugrisida  oddiy  goyalar  beradi.  Tafakkur  esa  bu  tartibsiz  goyalarni 

sistemalashtiradi.

Lok bilimini uch turga ajratdi: boshlangich bilim (bevosita xissiy bilish); xulosalar chikarish orkali 

kurgazmali bilim; induktiv bilim (akl-idrok orkali bilish) Lokk materiyaning sifat jixatdan turli tuman 

ekanligini  inkor  etdi.  Uning  fikricha  qanday  narsalar  xajmi,  shakl,  harakat  va  turgunlik  singari 

xususiyatlar bulib, ular birlamchi sifatlardir. Ular obyektiv xarakterga egadir.

Narsalarning  rang,  ta’m,  xid,  tovush  singari  sifatlari  ikkilamchi  kishilarning  sezgi  a’zolariga  xos 

subyektiv sifatdir.

XVII  asr  ingliz  falsafasining  rivojlanishi  kapitalizmning  karor  topishi  bilan  uzviy  boglik  edi. 

Kapitalizmning  rivojlanishi  va  burjuaziyaning  iktisodiy  va  siyosiy  jixatdan  kuchaya  borishi  bilan 

burjuaziya   uzining   ilgor   goyalarini   amalga   oshirish   uchun,   XVII   asr oxirlarida mavkura 

soxasida  keskin  burilish  yasadi.  Burjuaziya  materializm  va  ateizmga  karshi  kurash  boshlab,  dinga 

murojaat kila boshladi. Yangi sharoitda Angliyada subyektiv idealizm rivojlandi.

Bu  davr  subyektiv  idealistik  falsafaning  yirik  namoyondalari  JON  BERKLI  (1684-1753  yy.)  va 

DAVID YuM (1711-1775 yy.) edilar.

Berkli  uz  oldiga  idealizm  bilan  dinni  xar  tomonlama  kullab-kuvvatlashni  maksad  kilib  kuydi.  Shu 

maksadda  avvalo  materiya  tushunchasini  tankid  kildi,  obyektiv  reallikni  inkor  etdi.  Uning  fikricha, 

materiya mavxum tushuncha bulib, uni xech kim kurgan emas, chunki material tugrisida xech qanday 

sezgilar yigindisi (kompleks)ni xosil qilish mumkin emas.

Berkli olamning borligini «Men» bilan boglandi. Olamda «Men» va sezgilardan boshka xech narsa 

yuk,  olamdagi  narsalar  sezgilar  yigindisidan  iboratdir.  Xamma  narsalar  sezgilar  kompleksidan 

iboratdir. Berkli «Men» bor-olam bor. «Men» yuk-olam yuk, degan xulosaga keldi. U xudoni butun 

sezgilarning  birdan-bir  manbai,  deb  xisoblashga  urinib  kurdi.  Uning  fikricha,  bizni  kurshab  turgan 

narsalar xudoning aklida goyalar sifatida yashaydi.

Bilish deydi Berkli, bu-kurish, eshitish, ta’m bilish kabilardir. Biz bilishda sezgilarimiz chegarasidan 

tashkariga  chika  olmaymiz.  Demak,  narsalarni  sezsak  bor,  sezmasak  yuk.  Ana  shunga  asoslanib, 

Berkli inson sezgilaridan tashkaridagi obyektiv reallikning mavjudligini inkor etdi.

Berklining  subyektiv  idealistik  falsafani  asoslashga  bagishlangan  asarlari:  «Kishi  bilishning 

prinsiplari xakida risola» (1710), «Uch suxbat» (1713).

David  Yun  qarashlari  Berkli  idealizmidan  fark  kilsa  xam,  mazmunan  unga  ancha  yakindir.  Yum 

Berkliga  nisbatan  boshkacharok  pozisiyani  tanladi:  obyektiv  olamning  mavjudligini  kat’iy  rad 

etmadi.  Yum  obyektiv  olam  mavjudmi?  Degan  savolga:  «bilmayman»,  deb  javob  berdi.  Uning 

fikricha, obyektiv reallik mavjud degan ishonchni xozirgacha na fan, na amaliyot isbot kila olmadi. 

Tabiat  bizdan  ancha  sir  saklaydi.  Shuning  uchun  xam  biz  bila  olmaymiz.  Yumning  ta’kidlashicha, 

bizning bilish obyektimiz obyektiv reallik emas, balki subyektiv sezgilarimizdir.

Yum inson bilimlarining obyektiv reallikka mos kelishiga shubxa bilan karadi. Yum falsafiy ta’limoti 

uchun subyektiv idealizmni skeptinizm bilan kushish xosdir. U narsa va xodisalar urtasidagi sababiy 

boshlanishlarni  bilish  mumkinligini  inkor  etdi.  Uning  fikricha  kishilar  narsalar  va  xodisalarning 

takrorlanishi  tufayli  bir  xodisani  ikkinchisining  sababi  sifatida  kurishga  odatlangandirlar.  Shuning 

uchun  xam  kishilar  xodisalar  urtasidagi  sababiy  boglanishni  ochishga  ojizdirlar.  Yum  obyektiv 

sababiyatni  inkor  kilgani  xolda  subyektiv  sabab  mavjudligini  e’tirof  etdi.  Sabab  va  okibat 

kategoriyalariga sezgilarning xususiyati sifatida karadi.

XVII   asrning ikkinchi yarmiga kelib Garbiy Yevropa mamlakatlarida, ayniksa Fransiyada falsafa va 

burjua  siyosiy  qarashlari  urtasidagi  kurash  keskinlashdi.  Bu  kurash  1789-1794  yillardagi  burjua 




inkilobida  uz  aksini  topdi.  Bu  inkilobni  goyaviy  jixatdan  tayyorlashda  fransuz  fayl  asu  f  lari  va 

ma’rifatchilari:  VOLTER  (1694-1778YY.)  JAN  JAK  RUSSO  (1712-1778YY.)  DIDRO  (1713  -

1784),  LAMETRI  (1709-1751),  GELVESIY  (1715-1771)  va  GOBBAX  (1723-1789)  muxim  rol 

uynaydilar  .Ular  din  va  sxolastikaga  asoslangan  falsafaga  xamda  Fransiyadagi  sosial-siyosiy 

tartiblarga karshi kurashdilar.

XVIII    asr  fransus  materialistik  falsafasi  uziga  xos  xususiyatlarga  egadir.  Uning  vujudga  kelishida 

utmish goyaviy-madaniy merosining ijobiy ta’siri katta buldi . Ayniksa Dekard fizikasi Spinozaking 

materialistik ta’limoti , Bekon , Gobbs va Lokkning falsafiy qarashlari ijobiy ta’sir kursatdi. Yangi 

davri  falsafasining  tabiy-ilmiy  tayanchi  xam  XVII  asrga  nisbatan  ancha  mustaxkamrok  edi..  Bu 

davrda mexanika , matematika , astranomiya singari qatoriga medisina , fizialogiya, bialogiya singari 

fanlar  kushildi..  Bu  esa  fransus  faylasuflarining  materiya  va  harakat  tugrisidagi  tasavurlarning 

kengayishiga yordam berdi.

Fransuz faylasuflari Dekart, Lokk, Gobbs, Spinoza ta’limotlaridagi biryoklamalikni bartaraf etadilar 

va  mexanistik  materializm  ta’limotini  yaratdilar.  Bunga  sabab  shu  ediki,  ular  yashagan  davrda 

tabiiyot fanlari, xususan fizika, ximiya, biologiya xali yurgakda edi. Fransuz faylasuflari biologik va 

ijtiomiy  xodisalarni  mexanika  konunlari  asosida  isbotlashga  va  tushuntirishga  harakat  kildilar. 

Materiyaning bulinmas va uzgarmas atomlaridan iborat ekanligini e’tirof etib, uning fakat fizikaviy 

ta’rifini  berdilar.  Ularning  fkricha,  insonning  sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiluvchi  barcha  narsalar 

materiyadir.Golbax  ta’limotiga  kura,  materiya  jismlarining  turlicha  kelishuvidan  iboratdir.materiya 

abadiydir: bordan yuk bulmaydi. Materiya tabiatdan tashkaridagi kuchga muxtoj emas. Materiyaning 

tuxtovsiz harakati predmetlar va ularning xossalarini uzgartirib turadi.

Fransuz materialistlarining fikricha, tabiatning asosiy moxiyati amal qilish, ta’sir etish va harakatidir.

Frasuz faylasuflari goyalar xakida fikr yuritib, «tugma goyalar» ning bulishini rad etdilar. Ularning 

ta’lim  berishicha  oddiy  goyalar  sezgilarimizning  maxsulidir.  Golbax:  «Xar  qanday  goya  sezgi  va 

xissiy kabul qilishning manbai bulgan predmet obrazidir», - deb yezdi.

Fransuz faylasuflari dinni xar tomonlama: ilmiy-tarixiy, axlokiy va urf odat jixatidan tankid kildilar. 

Dinning  paydo  bulishi  kishilarning  tabiat  kuchlari  oldidagi  ojizligi,  ilmsizlik  va  nodonlik  natijasi 

ekanligini isbotlashga harakat kildilar. Golbax: «Tabiat sistemasi» asarida dinni keskin tankid kilib, 

xudo odamni emas, balki odam xudoni yaratgan, voke’likdan xech qanday gayri-tabiiy kuch yuk va 

bulishi  xam  mumkin  emas  deb  yezdi.   Mutafakkirlarning fikricha din kishilar ongini zaiflatiradi, 

ijodiy kobiliyatini susaytiradi, xurofot kuchiga aylantiradi.

Lametri  uzining  «Kishi-mashina»  nomli  asarida  inson  maxorat  bilan  yasalgan  mexanizmdir,  uning 

organizimini  mexanikaga  tayanib  urganish  kerak,  degan  goyani  ilgari  surdi.  Lametrining  falsafiy 

qarashlari  Epikirning  atomistik  nazariyasi,  Spinozaning  yagona  substansiya  tugrisidagi  ta’limoti, 

Dekartning fizik qarashlari ta’sirida shakllandi. Yana bir tanikli fransuz materialisti Gelvesiy uzining 

falsafiy  qarashlarida  axlok  va  ijtimoiy  siyosiy  masalariga  kuprok  e’tibor  berdi.  U  kishi  fazilatlari 

muxit va tarbiya maxsulidir, degan yangi nazariyani ilgari surdi. U axlokiy masalalarida ijtimoiy va 

shaxsiy manfaatlarni muvafiklashtirish tarafdori sifatida maydonga chikdi.

Fransuz faylasuflari sezgilar bilish manbai ekanligini, bilish obyektiv borligini kishi ongida aks etishi 

ekanligini asoslash bilan tafakkurning bilishdagi roli va axamiyatini xam kayd etdilar.

Fransuz  faylasuflari  uz  ijtimoiy  qarashlarida  tabiat  tugrisidagi  materialistik  ta’limotlarini  jamiyat 

soxasiga tadbik eta olmadilar. Ular jamiyat tarixini buyuk shaxslar tarixidan iborat deb tushundilar.

XVIII  asr  fransuz  falsafasining  tarixiy  axamiyati  shundaki,  u  tabiatshunoslik  fanlari  bilan  uzviy 

bogliklikda rivojlandi va falsafiy tafakkurni yangi bosqichga kutardi.



3. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini 

topishga  harakat  qilgan.  XX  asrga  kelib  insoniyat  fan  va  texnika  taraqqiyoti  sohasida  ulkan  yutuk-




larni  ko’lga  kiritdi.  Lekin  shu  bilan  birga,  aynanushbu  asr  ijtimoiy  silsilalar,  ikkita  jahon  urushi, 

ekologik  inqiroz,  og’ir  yo’k-tishlar  davri  ham  bo’ldi.  Bu  esa  falsafiy  fikr  taraqqiyotida  o’z  aksini 

topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maksad-muddaosini 

anik  belgiladi.  Buning  natijasi  sifatida,  hozirgi  davr  falsafasida  nihoyatda  xilma-xil  oqim  va 

yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida, bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi 

va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.,

Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminso-niylikning ustuvorligi, uning milliylik 

bilan  uyg’unligi,  demokra-tik  erkinliklar,  inson  kadri,  biror  ta’limotni  mutlaklashtirmaslikdir. 

Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.

An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda 

ma’lum  bir  umumiylik  mavjud  edi.  Hozirgi  zamon  falsafasida  aksincha,  falsafiy  muammolarning 

ko’p  xilligi  va  o’ziga  xosligi,  turli-tumanligi,  ular  asosida  falsafiy  oqimlarning  mustaqil  yo’nalish 

sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.

An’anaviy  falsafada  akd  —  inson  mohiyatining  belgilovchisi,  deb  talqin  etilgan  bo’lsa,  endi 

rasionalizmga  qarshi  insonning  mavjudligi  (ekzistensializm)  muammolari  hamda  uning  norasional 

mohiyati  ilgari  surila  boshladi.  Ya’ni,  ilgari  ma’rifatparvarlik  g’oyasi  ustuvor  bo’lsa,  endilikda 

ko’proq  inson  huqukdariga  e’tibor  kuchayib  ketdi.  Falsafa  go’yoki,  mavhumlikdan  aniqliktomon 

bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi.

An’anaviy  falsafada  hodisalar  mexanika  qonunlari  asosida  tushuntirishga  harakat  qilingan  bo’lsa, 

endi bunday taxlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi.

Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini 

hamda  ulardan  farq  qilishlarini  ta’kidlash  maqsadida,  nomlariga  "neo",  ya’ni  yangi,  zamona 

viylashgan  degan  ma’noni  anglatuvchi  qo’shimchani  qo’shganlar.  Masalan,  neopozitivizm, 

neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.

Pozitivizm (lotin. positivus — ijobiy) — falsa-fiy tafakkurning G’arb mamlakatlarida keng tarkalgan 

bir  ko’rinishi  bo’lib,  uning  diqqat  markazida  falsafa  va  fan  munosabati  muammosi  turadi.  XIX 

asrning 30—40-yillarida Fransiyada eski falsafiy an’analardan uzil-kesil voz kechish va yangi ilmiy 

falsafa yaratish zarurligi to’g’risida O. Kont bahs-munozaralar yuritadi va pozitivizm falsafasiga asos 

soladi. 

P.  ning  rivojlanish  jarayonida  fandan  dunyoqarashga  bevosita  taallukli  muammolar  olib  tashlana 

bordi.  Buni  XIX  asr  pozitivizmining  yirik  vakillari  —  J.  S  Mill  va  Spenser  qarashlarida  yaqqol 

ko’ramiz.  P.  vakillarining  ta’kidlashicha,  bilish,  tajriba,  subyekt-obyekt  munosabati.  «Narsa», 

«substansiya»,  voqelikning  unsurlari,  fiziologik  va  psixologik  jarayonlarning  o’zaro  aloqadorligi 

masalalari sof metafizika muammolaridir. 

Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Aiyer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. 

Neo — yangi pozitiv — ijobiy, degan ma’noni anglatadi. 

Neopozitivistlar  verifikasiya  prinsiiini  ilgari  suradilar  (lot.  Veritas  —  haqiqat).  Ularning  fikricha, 

faqat  tajribada  o’z  tasdig’ini  topgan  bilimgina  haqiqiydir.  Lekin  nazariy,  mavhum  bilimlarning 

hammasini  ham  tajribada  ekvivalentini  topish,  aynan  shunday  ekanligini  isbot  qilish  mumkin 

emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.

Shundan so’ng postpozitivizm (ya’ni, keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikasiyalash metodini 

ilgari  surdi.  Bunga  ko’ra,  inson  ba’zi  nazariy  bilimlarning  haqiqatligini  emas,  xato  ekanligini 

isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning haqiqiyligini mantiqiy — 

lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. 




XX  asrning  30-yillariga  kelib  "ekzisten-ekzistensial  sial  falsafa"  rivojlandi.  Ekzistensiya  —  falsafa 

tom  ma’noda  mavjud  bo’lmoq,  demakdir.  Ekzistensializm  nihoyatda  xilma-xil  yo’nalishdagi 

ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g’oyalari asosida umumlashtirdi. 

Ekzistensializm-vakillari  asosan  ikki  yo’nalishga  bo’linadilar.  Biri  —  dunyoviy  (Xaydeger,  Sartr, 

Kamyu) va ikkinchisi liniy (Yaspers, Marsel) bo’lib bunday bo’linish nisbiydir.

Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko’ra, inson o’zining yaratish jarayonini o’zi erkin amalga 

oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. 

Demak,  inson  o’z  mohiyatini  o’zi  erkin  belgilaydi,  uning  kim  bo’lib  yetishishi  faqat  uning  o’ziga 

bog’liq.  Shu  ma’noda,  inson  doimo  rivojlanib  boradigan,  tugallanmagan  loyihaga  o’xshatiladi. 

Erkinlik insonning o’zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi.

Shunday  qilib,  XX  asrga  kelib  rang-barang  falsafiy  ta’limotlar  shakllandi.  Ularning  barchasini 

mazkur  mavzuda  ko’rib  chiqish  imkoniyati  bo’lmasa-da,  yuqorida  bayon  etilgan  ma’lumotlardan 

falsafiy  plyuralizm  haqida,  falsafa  zamon  va  makon  bilan  botlik,  murakkab  fan  ekanligi  to’g’risida 

muayyan xulosaga kelish mumkin. 




Download 421,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish