1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Eng yangi davr boshlarida mustamlakachilikka qarshi



Download 152,09 Kb.
bet37/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Eng yangi davr boshlarida mustamlakachilikka qarshi

xalq harakatlari.
Afrika uzil-kesil bo‘ysundirilgandan so‘ng ko‘p yillar davomida mintaqaning turli qismlarida dehqon qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib turdi. Masalan, Nigeriya va Kamerunda shunday bo‘ldi va ular birinchi jahon urushiga qadar to‘xtamadi. Tinimsiz davom etgan qo‘zg‘olonlar Fransuz G‘arbiy Afrikasini qamrab olgan edi. Somali hududida mustaqillikni tiklash uchun shiddatli kurash 20 yil (1899 yildan 1921 yilgacha) davomida tanaffuslar bilan muvaffaqiyatli davom etdi. Unga inglizlar tomonidan “Quturgan mulla” deb atalgan asli ismi Muhammad bin Abdulla Xasan boshchilik qildi. Janubi-G‘arbiy Afrika dehqonlarining 1904-1907 yillarda nemis mustamlakachilariga qarshi chiqishlari o‘zining ko‘lami jihatidan yanada yirikroq harakat bo‘lgan edi. Uni bostirilishi vaqtida qo‘zg‘olonchilarning 75 foizi halok bo‘ldi. Nemis Sharqiy Afrikasidagi ozodlik qo‘zg‘oloni vaqtida 120 ming kishi nobud bo‘ldi. Janubiy Afrikada zuluslarning ingliz-bur boshqaruviga qarshi qo‘zg‘oloni yirik qo‘zg‘olonlardan biri bo‘lgan edi. Fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik qo‘zg‘oloni 1904 yili Madagaskarda ham bo‘lib, bu yerda qo‘zg‘olonchilar 1915 yilgacha janglar olib bordilar.
Ozodlik mafkurasining shakllanish jarayonining boshlanishiga XIX asrning ikkinchi yarmidan tug‘ila borgan Afrika ziyolilarining birinchi avlodi vakillari tomonidan asos solingan. Bular, amaldorlar, diniy xizmatchilar, erkin kasb kishilari edilar. Turli yo‘llar bilan ma’lumot olgan (ko‘proq yevropacha) afrikaliklarning bir qismi Yevropa hukmronligi va ekspluatatsiyasiga qarshi mustamlakachilik siyosatini qoralab chiqa boshlaydilar. Ularni odatda Afrikaning ilk ma’rifatchilari deb ataydilar. Biroq Afrika ziyolilari orasida mustamlakachilar tarafini oluvchi, Yevropaning Afrikadagi sivilizatorlik missiyasiga samimiy, chinakamiga ishonuvchilar ham yo‘q emasdi.
Afrika millatparvarligining tug‘ilishi sarchashmalarida turganlar orasida ruhoniy Semyuel Krouter (1812-1891), vrach Djeyms Xorton (1835-1883), Liberiyaning tashqi ishlar vaziri Edvard Uilmot Blayden (1832-1912) va boshqalar bor edilar. Ular afrikaliklarni o‘z huquqlari, o‘z-o‘zini boshqarish, madaniy merosini saqlab qolish, afroxristianlik cherkovini tuzish uchun birlashtirishga qaratilgan chaqiriqlar bilan chiqadilar. Afrika millatparvarligining otasi, panafrikanizm g‘oyasini ishlab chiquvchisi sifatida haqli ravishda E.U.Blayden e’tirof etiladi.
Krouter, Xorton, Blayden va boshqa ma’rifatchilarning ma’naviy merosi ozodlik mafkurasiga asos soldi, u mustaqillik uchun kurashchilar yangi avlodlarining bayrog‘iga aylandi.
Birinchi jahon urushi yillarida Tropik Afrika. Afrikamintaqasi mamlakatlari birinchi jahon urushi yillarida metropoliya davlatlarini strategik xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va insoniy resurslar bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynadilar. Ingliz G‘arbiy Afrikasida o‘z harbiy sanoatining o‘sib borayotgan ehtiyojlrini qondirish uchun buyuk Britaniya foydali qazilma boyliklarini qazib olishni ko‘paytirdi. Bundan tashqari inglizlar tomonidan mustamlakalardan katta miqdorda go‘sht, paxta, jun, palma yog‘i, kakao olib chiqib ketildi. Urush davri og‘irliklarini Afrika mahalliy aholisi zimmasiga yuklashga intilib, Britan kompaniyalari eksport bojlarini oshirdilar, ayni vaqtda mahalliy mahsulotlarni sotib olish baholarini pasaytirdilarki, bu Afrika aholisi asosiy qismini real daromadlarini kamayishiga, shuningduk turmush qiymatini sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi. Mustamlakachilar G‘arbiy Afrika qo‘shinlari tarkibiga 25 ming nafar afrikaliklarni jalb qildilar.Ulardan ko‘plari Germaniyaga tegishli Togo va Kamerun uchun, undan keyin Sharqiy Afrikada, Tanganika hududidagi janglarda halok bo‘ldilar.
Shunday jarayonlar Fransuz G‘arbiy va Ekvatorial Afrikasida ham sodir bo‘lgan edi. Uning aholisiga qo‘shimcha va favqulodda zaymlar va soliqlar tiqishtirildiki, bu holat turmushning umumiy darajasini keskin pasayishiga va aksariyat ko‘pchilik Afrika aholisini ocharchilikka duchor bo‘lishiga olib kelgan edi.
Bundan tashqari metropoliya hukumati majburiy safarbarlik o‘tkazib, armiyaga qariyb 250 mingkishini chaqirdi, ulardan 160 mingdan ortig‘i birinchi jahon urushining turli frontlarida (shu jumladan Yevropada ) janglarda ishtirok etdi. Taxminan ulardan 35 ming nafari halok bo‘ldi.
Mis, kobalt xrom va qalayi konlariga boy bo‘lgan Belgiya Kongosida urush tog‘-kon sanoatini aivojlanishiga katta turtki berdi, bu ish bilan shug‘ullangan xorijiy kompaniyalarga katta daromad keltirdi. Biroq urush sinovlarining asosiy og‘irligi afrikaliklar gardaniga tushdi. Ulardan armiyaning oddiy askarlari tarkibi shakllantirildi,urushga chaqirilmagan erkaklar esa belgiyaliklarning turli mardikorlik ishlarida ishlatildi.
Birinchi jahon urushi yillarida Antantaning ittifoqchisi sifatida Portugaliya ham maydonga chiqdi, biroq uning jangovar operatsiyalaridagi ishtiroki sezilarli darajada bo‘lmadi.
Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI)ni urushga tortishga intildi va bunga erishdi. Natijada JAI avval Janubi-g‘arbiy Afrikaga, 1915 yil yozida Misrga va Yevropaga, undan keyin esa Germaniya Sharqiy Afrikasiga ham 10 minglab askarlarni yubordi. Bu yerda Janubiy Afrika diviziyalari anchagina talofatlar berib, jahon urushining oxiriga qadar janglar olib bordilar. Urush asosiy harbiy harakatlardan hududi tashqarida bo‘lgan Afrika mamlakatlariga ham u yoki bu darajada daxl qildi. Sudan bo‘linmalari ingliz qo‘mondonligi hohishiga ko‘ra Sharqiy Afrika va Fransuz Ekvatorial Afrikasi rayonlarida jang qildilar. Ular Suvaysh kanali zonasi va Sinay yarim orolini qo‘riqlab turdilar. 1915 yili minglab sudanliklar inglizlar tomonidan harbiy muhandislik (fortifikatsion) inshoatlar qurilishida va Dardanell operatsiyasini o‘tkazish davrida sapyorlik ishlarida foydalanildilar.
Ulkan insoniy qurbonlar keltirgan, iqtisodiy zulmning kuchayishi bilan, cheksiz rekvizitsiyalar va yangi soliqlarni joriy qilinishi bilan kechgan birinchi jahon urushi mustamlakachilikka qarshi kayfiyatlarni o‘sishiga olib keldi va Afrika qit’asining tub joy aholisi ko‘plab qo‘zg‘olonlarining sababi bo‘lib qoldi. Britaniyaga qarshi ommaviy chiqishlar Sudan, Nigeriya, Oltin Qirg‘oq hududlarida yuz berdi. Fransuz mustamlakachi ma’muriyati zulmiga qarshi Chad aholisi, shuningdek Yuqori Volta va Niger havzasida bir necha marta aholi qo‘liga qurol olib bosh ko‘tardi. Belgiya Kongosida qo‘zg‘olonchilar otryadlari Lomami okrugida chet ellik istilochilar bilan alohida shiddatli jangga kirishdilar.
Portugaliyaga nemis otryadlariga nisbatan Angola xalqining keskin faollashgan ozodlik harakatiga qarshi ko‘proq jang qilishga to‘g‘ri keldi. Bu harakat asosan mamlakatning janubiy rayonlarini qamrab oldi. An’anaviy turmush tarzining buzilishi bilan to‘lab bo‘lmaydigan soliqlarni joriy qilinishi, zulmni kuchayishini uyg‘unlashuvi Janubi-Sharqiy Afrikada ko‘p sonli isyonlarni keltirib chiqardi. Ular orasida bir qadar yirigi 1915 yilda bo‘lgan Nyasalend qo‘zg‘oloni edi.
Afrikaliklarning stixiyali va tarqoq norozilik chiqishlari, g‘alayonlari pirovardida bostirilgan bo‘lsa-da, berilgan qurbonlar ular uchun bundan keyingi mustamlakachilikka qarshi kurash yo‘lida tajribaga ega bo‘lishning muhim maktabi bo‘lib qoladi.
Urushdan keyin mustamlakalarni qayta taqsimlanishi. Birinchi jahon urushi natijasida mag‘lub mamlakatlarning mustamlaka mulklari 1919 yilning mayidayoq, ya`ni Millatlar Ligasi rasman tuzilguniga qadar g‘olib mamlakatlar o‘rtasida taqsimlab olindi. Millatlar Ligasi mustamlaka imperiyalarining yangi chegaralarini tasdiqladi.
Germaniyaning 2,5 mln.kv.km. maydonga ega bo‘lgan, qariyb 13 mln. aholisi bo‘lgan Afrikadagi mustamlaka mulklarini taqsimlash Millatlar Ligasi­ning mandat tizimi tomonidan rasmiylashtirildi. Mandat tizimining tuzilishida urushdan keyingi davrning yangi jihatlari aks etdi.
Mandat tizimiga muvofiq nemis mustamlakalari ikki - “V” va “S” kategoriyalarga bo‘lindilar (“A” kategoriyaga sobiq Usmoniylar imperiyasining qismlari kirdi). Germaniya Sharqiy Afrikasi, Togo va Kamerun “V” kategoriyasiga tushdilar, “S” kategoriyaga sobiq nemis mustkamlakalari orasida ancha qoloq hisoblangan faqat Janubi-G‘arbiy Afrika hududlarigina kiritildi.
Millatlar Ligasi boshqaruviga mandat berar ekan, bu mandatni olayotgan Yevropa davlatidan u tomonidan sivilizatsiyalashgan mamlakat majburiyatlarini bajarishni, hozirgi dunyoning murakkab sharoitida o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan mamlakat hududini rivojlantirish va uning farovonligini ta’minlashni talab qildi.
Germaniya Sharqiy Afrikasi Buyuk Britaniya, Belgiya va Portugaliya o‘rtasida taqsimlandi. Angliya sobiq nemis mustamlakalarining asosiy qismini qo‘lga kiritdi. Ruanda va Urundi Belgiya boshqaruviga berildi va Kongoga qo‘shib yuborildi. Germaniya Sharqiy Afrikasi janubi-sharqidagi uncha katta bo‘lmagan rayon Kiong shahri bilan Portugaliyaga berildi. Portugaliya uni o‘zining mustamlakasi bo‘lgan Mozambikka qo‘shib oldi.
Janubi-G‘arbiy Afrikadagi Germaniya mustamlakasiga Janubiy Afrika Ittifoqi mandat oldi. Kamerun, Togo hududlarini Angliya va Fransiya o‘zaro bo‘lishib oldilar. Kamerunning katta qismiga (hududining oltidan besh qismi) Fransiya mandat oldi. Shu tahlid mustamlaka Afrikasida yangi siyosiy tuzilmalar: Fransuz va Ingliz Kameruni, Fransuz va Ingliz Togosi paydo bo‘ldilar.
Mustamlakachilik hukmronligini o‘rnatishning yangi shakli bo‘lgan mandat tizimining tuzilishi Yevropa jamoatchiligining ilg‘or qatlamlarida qarshilik va norozilikni uyg‘otdi, Afrika xalqlarining mustamlakachilar va umuman mustamlaka tizimiga qarshi qat’iy harakatlariga turtki berdi.
Ikki jahon urushi oralig‘idagi davrda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy jarayonlari. Mustamlaka bozori sharoitida turmushning og‘irliklari, siyosiy, iqtisodiy zulmning kuchayishi va irqiy kamsitishlar, eski jamoaviy va etnoslar o‘rtasidagi ziddiyatlar urushdan keyin Afrika mustamlakalarida qarshilik ko‘rsatishning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi. Bu davrda ochlik isyonlari, ish tashlash harakatlari, norozilik namoyishlari, mustamlakachilar hokimiyatiga oshkora bo‘ysunmaslik tez-tez uchrab turadigan hodisalar bo‘lib qoldi. Bu xalq chiqishlarining ko‘pchiligi ilgarigidek stixiyali harakterga ega edi. Biroq 1920 yillar boshidan dehqonlar, ishchilar, mayda burjuaziya, ziyolilar, turli diniy e’tiqod arboblaridan iborat Afrika qarshilik ko‘rsatish kuchlari uyushmagan chiqishlardan kurashning tashkiliy jihatdan uyushgan shakllariga o‘ta boshladilar.
Ikki jahon urushi oralig‘idagi davrda Tropik Afrikada odatda ma’lumotga ega bo‘lgan, yuqori tabaqa vakillari tomonidan tuzilgan siyosiy partiyalar paydo bo‘la boshladi. Tropik Afrikada mustamlakachilikka qarshi bo‘lgan tashkilotlardan biri Janubiy Afrika Ittifoqidagi (JAI) Afrika Milliy Kongressi (AMK) bo‘ldi. 1920 yilda Buyuk Britaniya to‘rtta G‘arbiy Afrika mustamlakasi vakillarini birlashtirgan Britaniya G‘arbiy Afrikasi Milliy Kongressi tuziladi. Sharqiy va Markaziy Afrikada farovonlik assotsiatsiyalari shakllanadi.
Bu partiyalar va assotsiatsiyalar hali mustamlakachilikni butunlay yo‘q qilishni emas, balki mustamlaka tartiblarini yumshatish, soliqlar yukini engillashtirish, afrikaliklar uchun ta’lim tizimini kengaytirish va boshqa talablarni ilgari surib chiqadilar. Ular ikkinchi jahon urushidan keyingi mustamlakachilikka qarshi ommaviy harakatga boshchilik qilgan siyosiy partiyalarning kurtaklari edi.
Urushlar o‘rtasidagi davrda afrikaliklar tomonidan Yevropa mamlakatlarining demokratik doiralari, Osiyo mamlakatlarining milliy ozodlik harakatlari, sobiq sovet Rossiyasi bilan aloqalar o‘rnatildi. Ayniqsa bu davrda 1920-1930 yillar bo‘sag‘asida vujudga kelgan negr ishchilarining Xalqaro qo‘mitasida Afrika ishchilari va ziyolilarining ishtiroklari faol bo‘ldi. Mazkur qo‘mita AQSH, Kanada, Vest-Ind afroamerikaliklarini, Afrika mustamlakalari vakillarini birlashtirgan edi. U irqiy kamsitishlarga faol qarshi chiqdi, Afrika xalqlarini mustamlaka qaramligidan ozod qilinishini talab qildi.
Bu yillarda ozodlik harakati mafkurasini shakllantirishga, uni faollashtirishga panafrikanizm sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi Panafrika anjumani 1900-yildayoq Londonda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, lekin u harakat sifatida 1919 yil I-ta’sis s’yezdiga yig‘ilgan vaqtda tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Panafrikaliklar, shuningdek 1921, 1923, 1927, 1945 yillarda ham o‘z s’yezdlarini o‘tkazgan edilar.
Ikki jahon urushi oralig‘idani davrda panafrikanizm negr-afrika irqi xalqlarini ezilishiga qarshi birgalikda kurash g‘oyasiga tayanadi Panafrika harakatiga rahbarlik bu yillarda asosan amerika va vest-ind negrlari vakillari tomonidan amalga oshirildi. Panafrika kongresslarini chaqi­rish­ning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi va tashabbuskori negr-afrika tarixi bo‘yicha bir qancha asarlar muallifi, AQSHdagi afro-amerikaliklar haraka­ti­ning e’tirof etilgan yetakchilaridan biri doktor Uilyam Dyubua edi.
O‘tkazilgan dastlabki to‘rtta kongress qarorlari umuman olganda mo‘tadil harakter kasb etgan bo‘lib, u hali o‘zining pirovard maqsadlarini aniq ravshan belgilab olmagan, radikal siyosiy harakatlar dasturini ishlab chiqmagan edi. Bu yillarda panafrikachilik avvalo harakat emas, bir g‘oya bo‘lgan edi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni vaqtda harakatning siyosiy pozitsiyalarini mo‘‘tadilligiga qaramasdan, u har holda Afrika muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini tortishda muayyan rol o‘ynadi. Harakat Afrikaning siyosiy jihatdan “uyg‘onishiga”, milliy ozodlik dasturini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Yangi ijtimoiy guruh va toifalarning shakllanishi Afrika jamiyati ijtimoiy hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Afrika jamiyati yangi kuchlarini shakllanishining ko‘rsatkichi bo‘lib, insonlar ong shurida muhim o‘zgarishlar yasovchi savodxonlikning tarqatilishi namoyon bo‘ladi. O‘sib borayotgan sanoat garchi juda ham kam bo‘lsa ham, mohir qo‘llarni talab qilardi. O‘z qabilasining an’anaviy maishiy hayotidan boshqa narsani bilmaydigan kishilarda zarur ko‘nikma-malakalarni hosil qilinishi uchun ozmuncha tayyorgarlik ko‘rish talab qilinmagan. Sanoatchilar uchun afrikaliklardan ishchi kuchi sifatida samarali foydalanish va ularni itoatkorlikda ushlab turish uchun kerak bo‘ladigan shunday qarashlar tizimini tarbiyalash imkonini beruvchi malaka, tasavvurlarga ko‘niktirish muhim edi.
Yirik firmalardan tortib to Afrikaga o‘z arafasi bilan kelgan mayda savdogarlargacha o‘z mahsulotlari uchun maqbul bozorni yaratishdan, yangi ehtiyojlar va pul daromadlariga ega bo‘lgan afrikaliklarning yevropalashgan keng qatlamlarini paydo bo‘lishidan manfaatdor edilar.
Buning uchun maktablar va afrikaliklar uchun ta’limning butun bir tizimi qo‘lida bo‘lgan missionyerlar faoliyatini rag‘batlantirib borish kerak edi. Afrika ziyolilar qatlamini (birinchi navbatda ruhoniylar va o‘qituvchilar) yaratish zarur bo‘lib, bunda savodxonlikni tarqatish avvalo xristianlikni kirib borishi bilan kechadi.
Mustamlakalarda boshlang‘ich maktablar, shuningdek garchi kam bo‘lsada, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kollejlar yaratildi. Oliy ma’lumot olish esa Yevropa va Amerika universitetlariga kira olgan yoki Janubiy Afrika universitetlarining irqchilik to‘siqlarini aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, kamdan-kam afrikaliklarga nasib etar edi. Bu kishilar ruhoniylar, huquqshunos, o‘qituvchi va kamdan-kam hollardagina jurnalist bo‘lib yetishar, qandaydir boshqa ma’lumot bilan esa, ish topishning amalda iloji yo‘q edi.
Yevropaliklar uchun og‘ir iqlimga ega bo‘lgan mamlakatlarda afrikaliklar ma’muriy apparatning albatta quyi darajalaridan joy egallashlari mumkin, lekin yevropalik ko‘chib keluvchilar aholining salmoqli qismini tashkil etgan mamlakatlarda esa bu ham deyarli mumkin bo‘lmagan holat edi.
Mahalliy burjuaziyaning shakllanishiga ham bu holat taalluqli deyish mumkin. Yevropalik ko‘chib kelgan aholi kam sonli bo‘lgan, yevropaliklar bilan raqobatga chiqmagan mamlakatlarda burjuaziyaning qaror topishi uchun (garchi juda cheklangan bo‘lsa ham) qandaydir imkoniyatlar bor bo‘lib, biroq Nigeriya, Oltin Qirg‘oq kabi mamlakatlarda endigina tug‘ilib kelayotgan Afrika burjuaziyasining faoliyat sohasi ko‘p bo‘lmagan fermer xo‘jaliklar, mayda savdo yoki uylarni ijaraga berish bilan cheklangan edi.
Ishchilar qatlamini vujudga kelishi garchi ko‘rib chiqilayotgan davrda hali o‘z taraqqiyotining boshlang‘ich bosqichida bo‘lsa-da, ishchilar harakatining vujudga kelishiga olib kelgan edi. Tabiiyki, ishchilar qatlami va ishchilar harakatining rivojlanishi va uyushqoqlik darajasi Afrika turli subregionlarining taraqqiyoti darajasining nomutanosibligida bevosita namoyon bo‘ladi.
Sanoat jihatidan Afrikada eng rivojlangan Janubiy Afrika Ittifoqida 1918 yili Transvaal shaxtyorlarining kon egalarini oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari sotadigan konlar qoshidagi boyqot qilish bilan Afrika ishchilarining ommaviy harakati boshlanishiga asos solindi. 1918 yil iyulda 15 ming tog‘-kon ishchilari norozilik namoyishiga chiqdilar, ular avvalo ish haqini oshirishni talab qildilar va irqiy kamsitilishga, “rangli to‘siqlar”ga qarshi norozilik bildirdilar. 1920 yilning fyevralida esa, shunday talablar bilan 70 mingdan ortiq afrikalik shaxtyorlar chiqdilar, norozilik namoyishi 22 ta konni qamrab oldi. Norozilik namoyishchilari esa uyushgan holatda harakat qildilar. Har xil tillarda so‘zlashuvchi, turli millat vakillarining bunday yakdillikka erishganliklariga faqat qoyil qolish mumkin edi. Lekin konchilar orasida shtreykbrexyerlar rolini bajarganlar norozilik chiqishlari qatnashuvchilariga xiyonat qildilar. Qo`shinlar va politsiya ish tashlovchilaridan qattiq o‘ch oldi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda Janubiy Afrikani qamrab olgan milliy ozodlik va demokratik harakatning borishida Afrika ishchilarining qit’a bo‘yicha eng yirik tashkiloti Afrika sanoat va savdo ishchilari tashkiloti vujudga keldi. U 1919 yil Keyptaunda oq tanli bo‘lmagan port ishchilarining norozilik namoyishini borishida vujudga kelgan edi. Agar, uning ta’sis yig‘ilishida 30 ta ham odam qatnashmagan bo‘lsa, 5 yildan keyin uning saflarida 30 ming kishi bor edi. 1927 yilda ularning soni 100 ming kishiga yetgan (uning yetakchilarini bayonotiga ko‘ra hatto 250 ming), uning bo‘limlari esa Janubiy Afrika Ittifoqidan tashqarida Janubiy Rodeziya va Janubiy G‘arbiy Afrikada mavjud edi.
Ittifoq aholining turli-tuman toifalarini, munitsipal xizmat ishchilari, quruvchilar, temir yo‘lchilar, konchilar, dengizchilar, qishloq xo‘jaligi, fabrika, port va transport ishchilari, savdo va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarni birlashtirishga intildi. Ittifoqqa nafaqat afrikaliklar balki, oq tanli bo‘lmagan boshqa millatlar vakillari ham kirdilar.
Ittifoq tomonidan e’lon qilingan maqsadlar ko‘p va turli-tuman bo‘lib, Ittifoq avvalo o‘z a’zolariga ular uchun ancha yuqori ish haqi, qarilik nafaqasi va kasallik, ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni, shuningdek ular huquqini himoya qilishni ta’minlashga va’da qilgan edi. Tashkilot butun Afrika qit’asini o‘z faoliyatining qamrov doirasida ekanligini e’lon qildi.
Bu yillarda kurashga afrikalik ishchilar qo‘shilgan bir vaqtda Janubiy Afrikaga Yevropadan ko‘chib kelgan aholiga mansub ishchilarning harakati o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 1922 yil o‘n minglab Transvaal oq tanli konchilari qurolli qo‘zg‘olonga aylanib ketgan norozilik namoyishini o‘tkazdilar. Ular 6 kun davomida 20 ming askarga qarshi jang olib bordilar. Namoyishchilarga qarshi artileriya, aviatsiya ishga solindi. Bu chiqish juda murakkab harakterga ega bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Namoyish oq tanli kon ishchilarini afrikaliklar bilan almashtirishga intilgan kon egalariga qarshi yo‘naltirilgan ediki, zero afrikalik ishchilariga Yevropadan kelgan ishchilarga nisbatan bir necha marta kam ish haqi to‘lanar edi. Biroq afsuski, ko‘pchilik qo‘zg‘olonchilar o‘z kulfatlarini sababchisi afrikalik shaxtyorlar deb hisobladilar.
Qo‘zg‘olon shavqatsiz tarzda bostirildi. Lekin u Janubiy Afrika Ittifoqi hukmron doiralarini bir vaqtning o‘zida afrikalik aholi noroziligini ayni vaqtda yevropadan kelgan oq tanli ishchilar kurashini bartaraf qilib bo‘lmasligini tushunishga majbur etdi. Natijada ishchilar harakatiga raxna solishga intilib, hukumat oq tanli ishchilarni sotib olish yo‘lini tutdi.
Afrikaning boshqa mamlakatlari orasida ishchilarning yirik chiqishlari Shimoliy Rodeziyadagi mis konlarida sodir bo‘ldi. 1935 yili Afrikalik shaxtyorlar bu yerda bosh ko‘tarib mustamlakachilardan ish haqini oshirishni va irqiy kamsitishni yumshatishni talab qildilar. Ularning chiqishlari politsiya tomonidan bostirildi.
Norozilik namoyishlari Janubiy Rodeziyada, Serra-Leonda, Mozambikda, Madagaskar va boshqa mamlakatlarda ro‘y berdi. Bu vaqtga kelib oz sonli bo‘lsada, dastlabki kasaba uyushmalari paydo bo‘ldi.
Fransuz mustamlakalarida ishchilar harakatining rivojlanishiga Fransiyada Xalq frontining tuzilishi imkon berdi. Xalq fronti hukumati Afrika kasaba uyushmalari tuzilishiga ruxsat berdi. Kasaba uyushmalari ishchilarning jipslashuviga yordam berdiki, Ikkinchi jahon urushining boshlariga kelib faqatgina Fransuz G‘arbiy Afrikasida kasaba uyushmalari 190 ming kishini birlashtirgan edi. 1938 yil Senegal temir yo‘lchilarining kasaba uyushmasi yirik norozilik namoyishini uyushtirdi. Qonli to‘qnashuvlardan keyin hokimiyat norozilik chiqishlari qatnashchilarining ba’zi talablarini qondirishga majbur bo‘ladi.
Janubiy va Tropik Afrika Ikkinchi jahon urushi davrida. Ikkinchi jahon urushi arafasidayoq, Afrika zaminida uning bevosita jangovar harakatlari boshlanib bo‘lgan edi. 1935 yilning 3 oktabriga o‘tar kechasi Italiya qurolli kuchlari Efiopiyani bosib olishga urunib ko‘rdilar, avj oldirib yuborilgan janglarda nafaqat eng yangi harbiy texnikadan, balki ximiyaviy gazlardan foydalandilar.
Ikkinchi jahon urushi davrida Saxaraning janubidan harbiy harakatlar faqat Efiopiya hududlarida, Italiya Somalisida va Eritreyada olib borildi. 1941 yili ingliz qo‘shinlari bu mamlakatlar hududlarini egalladilar. Tropik va Janubiy Afrikaning boshqa mamlakatlarida harbiy harakatlar olib borilmadi. O‘z metropoliyalarining armiyalariga safarbar qilingan afrikaliklar Shimoliy Afrika, G‘arbiy Yevropa, Yaqin Sharq, Birma va Malayyadagi harbiy harakatlarda ishtoirok etdilar. Armiyaga yuz minglab afrikaliklar chaqirildi va undan ham ko‘p sonli odamlarga qo‘shinlarga xizmat ko‘rsatish va harbiy ehtiyojlar uchun ishlashga to‘g‘ri keldi.
Fransiya fashistlar Germaniyasiga taslim bo‘lgandan so‘ng fransuz mustamlakalari hududida vishichilar va “Ozod Fransiya” tashkiloti tarafdorlari o‘rtasida kurash bordi. Fashistlarga qarshi kayfiyatlarning o‘sishiga Yevropada urushda qatnashgan askarlarning o‘z vatanlariga qaytib kelishlari ta’sir ko‘rsatdi (u yerga G‘arbiy va Ekvatorial Afrikadagi fransuz mustamlakalaridan 137 ming kishi yuborilgan edi ). 1940 yilning avgustida vishichilarga Fransuz Gvianasidan bo‘lgan negr millatiga mansub Ebua boshchiligidagi Chad koloniyasidagi qo‘shinlar qarshi chiqdilar. Shundan so‘ng “Ozod Fransiya” kuchlariga shuningdek Kamurun,O‘rta Kongo va Ubangi Sharilar qo‘shildilar. Fransuz Ekvatorial Afrikasi Sharll de Gollni tan oldi. Fransuz G‘arbiy Afrikasi va Togoda vishichilar hokimiyati mustahkamroq bo‘lib chiqdi va u yana 2 yil, nemis qo‘shinlarini Stalingrad ostonalarida o‘rab olinishi va ittifoqchi qo‘shinlarni Shimoliy Afrikaga tushirilguniga qadar saqlanib keldi.
1944 yil Brazzavilda (O‘rta Kongo) Fransiyaningsh barcha Afrikadagi mulklaridan kelgan vakillar anjumanga to‘plandilar. Bu konferensiyada urushdan keyin mustamlakalarda vakillik organlari tuzilishi, umumiy saylov huquqini jariy qilinishi, umumiy demokratlashtirishni o‘tkazilishi va’da qilindi. Biroq pirovardida Fransiya hukumati bu va’dalarni amalga oshirishga shoshilmadi.
Metropoliyalarning afrikaliklarni urushda qatnashishlariga munosabati ikki yoqlama harakterga ega bo‘lib, ular bir tomondan Afrikaning odam resurslaridan iloji boricha to‘laroq foydalanishga urinsalar, ikkinchi tomondan afrikaliklarni qurol-yarog‘larning zamonaviy turlari bilan muomala qilishlardan qo‘rqishlari ularning urushda ishtiroklari samaradorligini pasaytirar edi. Shimoliy Afrika va Yevropada Janubiy Afrika Itifoqi qo‘shinlarida afrikaliklarga o‘q otish quroli berish umuman ta’qiqlandi. Irqiy kamsitish amaliyoti boshqa armiyalarda ham kuzatildi.
Urush yillarida jahon savdo aloqalarining buzilishi, okean ortidan keltiriladigan importning qisqarib ketishi yengil va qayta ishlash sanoatining ba’zi tarmoqlarini, ayniqsa janubiy Rodeziyada va Belgiya Kongosida, shuningdek Keniya, Nigeriya va Fransuz G‘arbiy Afrikasi mamlakatlarida rivojlanishiga olib keldi. Janubiy Afrika ittifoqida og‘ir sanoat rivojlana bordi. Afrika ichidagi savdo aloqalar birmuncha o‘sdi. Metropoliya bilan aloqalarning susayishi bir qator Afrika mamlakatlari iqtisodiyotiga AQSHning kirib kelishiga zamin yaratdi.
Urush yillarida Afrikada mustamlakachilikka qarshi kayfiyatlar kuchaydi. Bunga butun dunyo miqyosida o‘sib borayotgan antifashistik va irqchilikka qarshi tendensiyalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Urushning borishida mag‘lubiyatga uchragan metropoliyalarning obro‘-e’tibori yo‘qoldi.
Afrikada yangi siyosiy partiyalar va tashkilotlar vujudga keldi. Ular ichida eng muhimi 1944 yil avgustda tuzilgan Nigeriya va Kamerunning Milliy Kengashi edi. Kengash Britaniya hamdo‘stligi doirasida mustaqillikka erishish, demokratik konstitutsiyani joriy qilish, ta’limni har tomonlama keng yoyish, mamlakat birligini mustahkamlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Partiya tezlik bilan o‘z ta’sirini asosan Ibo xalqi yashaydigan Sharqiy Nigeriyada kengaytirdi. Kengashning bosh kotibligiga keyinchalik mustaqil Nigeriyaning birinchi prezidenti bo‘lgan N.Azikive saylandi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Afrika mamlakatlarida sodir bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy siljishlar, dunyoda demokratik kuchlarni o‘sishi Afrika xalqlari bilan mustamlakachilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashishi va urushdan keyingi mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi shart-sharoitlarini yaratib berdi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish