1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja



Download 1,88 Mb.
bet97/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

3. Xitoy tilidan olingan so`zlar. Buyuk ipak yo`li Markaziy Osiyo bilan Xitoyni bog`lagan va natijada xitoycha so`zlar o`zlashgan: choy (xitoy tilida ttsay dеyilar ekan), manti (myan – xamir, ti – go`sht degani), lag`mon (“cho`ziq xamir” degani)59.

4. Mo`g`ul tilidan kirgan so`zlar. XIII asrda mo`g`ullarning Markaziy Osiyoni bosib olganligi va buyuk Amir Temur tomonidan bu bosqinchilikka barham berilganligi tarixdan ma’lum. Tilimizga o`zlashgan mo`g`ulcha so`zlarning ayrimlarini keltiramiz: navkar (no`xo`r – do`st, o`rtoq degani), tuman (o`n ming).

5. Ruscha-baynalmilal so`zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o`zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko`plab so`zlar o`zlashdi.

O`zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so`z kirishi ikki tarixiy davrni o`z ichiga oladi:

1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo`lgan davr.

2. 1917-yildan keyingi davr.

Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi:

1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, amaldorlarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari tufayli og`zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.

2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po`shta (pochta), zovut (zavod), uyez (uyezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.

Rus tili orqali kirgan so`zlarning ba’zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o`zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so`zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so`zlar deb yuritiladi. O`zbek tiliga o`zlashgan internotsional so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:

1. Rus tiliga: sud, samolyot, stol, stul, tok (elektr), ruchka.

2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio.

3. Yunon tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel .

4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.

5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.

6. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, bank kabi.

Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so`zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo`jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga oiddir.

Hozirgi Yevropa tillaridan so`zlar bevosita aloqalar orqali o`zlashmoqda.

O‘zbеk tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yеralash (aralash), utyug (o‘tli yuk) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbеk tilidan o‘tganligi isbotlangan. O‘zbеk tilida ishlatilayotgan bеkat so‘zi ham yеvropa tillarida pikеt tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma'lum. Hozirgi paytda o‘zbek milliy sport turlaridan bo‘lgan kurashning xalqaro miqyos darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan kurash, yonbosh, chala, halol kabi o‘zbekcha so‘zlar boshqa tillarda ham ishlatilyapti.

Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug`at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi.

Ma’lumki, tildagi barcha so`zlar shu til egalari tomonidan bir xilda, barcha o`rinlarda qo`llanavermaydi. Shu jihatdan tilda mavjud bo`lgan so`zlarni ma’lum guruhlarga bo`lish mumkin.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish