Grafika (grekcha grapho – yozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo`llanadigan optik-grafik (ingl. optic – qaraydigan, ko`radigan degani37) belgilar haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi. Masalan, fonetik birlik bo`lgan fonemani ifodalash uchun harflardan (a fonemasi uchun a grafemasi olingan va h.), leksik birlik bo`lgan leksemalarni farqlash uchun tutuq belgisidan (sher – hayvon, she’r – adabiy atama, janr turi), morfoloik birlik bo`lgan morfemani ifodalash uchun raqamdan (son turkumiga mansub “olti” so`zini ifodalash uchun “6” raqami olingan) foydalaniladi.
Grafemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |