Sintaktik aloqa turlari
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa.
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |