Global tarmoqlarning FrameRelay paket texnologiyasi 1980 yillarning oxirlarida yaratilgan, unga yuqori tezlikdagi va ishonchli raqamli kanallar texnologiyalarining RDH va SDH paydo bо’lishi sababchi bо’lgan. Bungacha global tarmoqlarining asosiy texnologiyasi bо’lib X.25 texnologiyasi xizmat qilgan, ularning murakkab steklari past tezlikdagi analog kanallarga mо’ljallangan edi, shu bilan bir qatorda u xalalning yuqori darajasi bilan ham farqlanib turar edi va shuning natijasida axborotlarni uzatishda xatoliklari ham bо’lar edi. Frame Relay xususiyati uning soddaligi, bu texnologiya faqat qabul qiluvchiga paketni yetkazib berishga kerak bо’lgan minimum xizmatlarni havola qiladi. Shu bilan bir qatorda Frame Relay texnologiyasini loyihalashtiruvchilari oldinga muhim qadam tashladilar, tarmoq foydalanuvchilariga tarmoqdagi ulanishlarning kafolatlangan о„tkazishimkoniyatinihavola qilib - bu xususiyatni Frame Relay paketli tarmoqlar texnologiyasi paydo bо’lgunicha standart shaklda quvvatlanmagan.
Frame Relay texnologiyasi virtual kanallar texnikasining ishlatilishiga asoslangan. Virtual kanallar texnikasi paketlarni deytogrammali xarakatlanish usulini noaniqligi bilan, masalan, Ethernet va IP tarmoqlarida ishlatiladigan, va birlamchi hamda telefon tarmoq texnologiyalariga xos bо’lgan kanallarni kommutatsiyalash texnikasining qattiqligi о’rtasidagi kelishuvdan tashkil topgandir.
Global tarmoq operatorlari yetarli darajada uzoq vaqt Internetni revolyusion darajada tarqalgan 90 yillarning о’rtasigacha virtual kanallar texnikasiga etiborni kо’p qaratganlar. Axborotlarning xarakatlanishni deytogramma usuliga nisbattan virtual kanallar texnikasi tugunlar aro ulanishlar ustidan va tarmoq orqali axborot oqimlarini о’tish yо’llarini nazorat qilishda ancha keng imkoniyatlarini havola qiladi. Virtual kanallar ham kanallarni kommutatsiyalash texnikasiga nisbattan ba’zi afzalliklarga egadir, ular о’tkazish imkoniyatidan ancha moslashuvchanlik bilan foydalanishga imkon beradi. Bu sharoitda operatorlar foydalanuvchilar о’rtasida resurslarni har bir foydalanuvchi aynan о’zi rozi bо’lgan xizmatlarnigina olishi bо’yicha taqsimlashga aralashuvi mumkinki bо’ladi.
Frame Relay tarmoqlarining virtual kanallar texnikasini 5-rasmda keltirilgan tarmoq misolida kо’rib chiqamiz.
Buning uchun tarmoqlarning oxirgi tugunlari – kompyuterlar S1, S2, S3 va S4 serveri – axborotlar bilan almashishi uchun avval virtual kanalni hosil qilish zarur. Bizning misolda uchta shunday kanal о’rnatilgan – S1 va S2 kompyuterlari о’rtasida S1 kommutatori orqali; S1 kompyuteri bilan S4 serveri о’rtasida S1 va S2 kommutatorlari orqali; S3 kompyuteri va S4 serveri о’rtasida S2 kommutatori orqali.