Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo'qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o' chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |