1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. Kuzov detali chizmasidan parcha



Download 5,29 Mb.
bet7/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

2-rasm. Kuzov detali chizmasidan parcha
Agar avtomobilsozlikda mayda detallarni shtamplab tayyorlash sanoatning boshqa sohalaridagi o’xshash operatsiyalardan deyarli farq qilmasa ham, yirik kuzov detallarini tayyorlash texnologiyasi, shtamplar konstruksiyalari va ishlab chiqarishni tashkil qilish o’z spetsifikasiga ega bo’ladi. Shuning uchun, avtokuzov detallarini tayyorlashga maxsus ishlab chiqarish ajratiladi, avtomobillar kuzovlari shakli va konstruksiyalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologiyalar qo’llaniladi.
  1. Avtokuzov detallarining tashqi o’lchamlari bo’yicha tasnifi


Avtokuzov detallarini tashqi o’lchamlari, mo’ljallanishi, tashqi ko’rinishi va texnologik alomatlari bo’yicha tasniflash mumkin.
Kuzov detallarini tashqi o’lchamlari bo’yicha tasniflash:

  • juda yirik – yon devorning tashqi va ichki panellari, tom va pol panellari;

  • yirik – qanotlar, eshiklar, kapotlar panellari, peshtoq (peredok) to’sqichlari, g’ildiraklar arkalari va shu kabilar;

  • o’rta – pol lonjeronlari va kuchaytirgichlari, yon devor ustunlarining kuchaytirgichlari, ko’ndalang temirlar (poperechinalar) va shu kabilar;  mayda – maksimal o’lchami 300-350 mm dan oshmaydigan detallar.

Avtomobil zavodlarida yirik va juda yirik detallar yirik shtamplash sexlarida, o’rta va maydalari esa mos ravishda o’rta va mayda shtamplash sexlarida tayyorlanadi. Bu sexlar qo’llaniladigan presslash jihozlarining muayyan turkumlari bilan farqlanadi. Lekin bunday farqlash shartli tabiatga ega, chunki ba’zi o’rta kuzov detallari yirik shtamplash sexlarida tayyorlanishi mumkin. Bunda ularning murakkab shakli yirik shtamplash sexlariga xos texnologik jarayonlarga muvofiq kelishi lozim.
  1. Kuzov detallarining mo’ljallanishi va tashqi ko’rinishiga talablar bo’yicha tasniflari


Kuzov detallarining mo’ljallanishi bo’yicha tasniflash quyidagicha bo’ladi.
Tashqi detallar, ya’ni kuzov tashqi qobig’ini hosil qiluvchi, avtomobil tashqi ko’rinishini va uning aerodinamik xususiyatlarini belgilab beruvchi detallar. Ular ko’pincha keskin sinishlar va kesishishlarsiz hosil qilingan yassi shaklga ega bo’ladi. Bularga ularning sirtlari sifati bo’yicha eng yuqori talablar qo’yiladi.
Ichki detallar – tashqi panellar kuchaytirgichlari, shuningdek, kuzov yoki kabina fazoviy karkasini hosil qiluvchi ko’pchilik detallar. Ichki detallar yuqori bikrlik va o’lchamlar aniqligiga ega bo’lishi lozim, shuning uchun ular sinishlar, vishtampovkalar, bikrlik qovurg’alari va boshqalar borligi bilan xarakterlanuvchi murakkab fazoviy shaklga ega bo’ladi.
Karkas detallari – lonjeronlar, pol asosining ko’ndalang temirlari, ustunlar, tirgaklar va shunga o’xshash detallar. Karkas detallari yurish qismining asosiy yuklamalarini qabul qiladi. Ular, odatda, П-simon (shvellersimon) shaklda bo’ladi va kattaroq qalinlikka ega listli metalldan tayyorlanadi.
Kuzov detallarining tashqi ko’rinishiga talablar bo’yicha tasnifi.

  1. Tashqi ko’rinishini va kuzov aerodinamikasini belgilovchi yuza detallar – kapot, yukxona qopqoqlari, eshiklar, qanotlar, tom va b. tashqi panellari. Bularga sirt sifati va geometriyasi bo’yicha eng yuqori talablar qo’yiladi. Panellarning yuza sirtida gofralar, to’lqinsimonlik, asbob bo’ylab listning peretekaniya izlari, chiziqlar, chuqurchalarga va boshqalarga ruxsat berilmaydi. Hatto sirtdagi eng kichik nuqsonlar ham kuzovni bo’yashdan keyin yorug’lik nurlarini sindiradi va avtomobilning tashqi ko’rinishini xiralashtiradi. Yuza detallar yetarlicha bikr bo’lishi, ya’ni, shtamplashdan so’ng minimal elastik deformatsiyalarga ega bo’lishi, shaklni saqlashi va foydalanishda titrashlarga yo’l qo’ymasligi lozim.

  2. Nuqsonlarni yashirish uchun sirtlari to’q jilosiz rangga bo’yaladigan yuza detallar – yon devor bo’sag’alari, zadka panellari, markaziy ustunlar, eshik ramkalari.

  3. Salon interyeri (ichki ko’rinishi) detallari – eshiklar, yon devorlar, ustunlar va boshqalarning ichki panellari. Bular avtomobil saloni ichidagi va eshik ochilganda ko’rinadigan detallardir. Ushbu detallarning tashqi ko’rinishiga qo’yiladigan talablar yuza detallar talablari kabi yuqori emas.

  4. Motor va yukxona bo’linmalaridagi detallar – kapot va yukxona qopqog’ining ichki panellari, lonjeronlar, sepkichlar va b.; benzobak lyuki ochilganda ko’rinadigan detallar. Ularning sirtlari sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi, yetarlicha noaniq chiziqlar va to’lqinsimonlikka ruxsat beriladi.

  5. Kuzovda ko’rinmaydigan ichki detallar – oldingi va orqa pol panellari, pol lonjeronlari, kuchaytirgichlari, ko’ndalang temirlari va boshqalar. Bunday detallarda to’lqinsimonlik, deformatsiyalar, chiziqlar, alohida hollarda esa kuzovni yig’ish sifati va mustahkamligiga daxl qilmasa gofralar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish