proyeksion konstruksiyalar — tasvirlarni yerga, devor tekisligiga va hajmda takrorlashga mo‘ljallangan konstruksiyalar;
tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) joylashtirish — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va ishlatiladigan texnik vositalarni o‘rnatish yoki tashqi reklamani joylashtirishga maxsus mo‘ljallanmagan, biroq uni joylashtirishda (tarqatishda) ishlatiladigan texnik vositada joylashtirish (tarqatish);
tortib bog‘lanadigan reklama obyekti — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va binolar (konstruksiyalar), alohida turgan ustunlar, bino tashqarisidagi to‘siqlar o‘rtasida o‘rnatilgan bir yoki ikki reklama maydonlari ega bo‘lgan texnik vosita;
reklama maydoni — tashqi reklama, shu jumladan vaqtincha biriktirilgan elementlarning sirtini qo‘llash (ko‘paytirish) uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) yuzasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |