Kelin salomlar
Aytuvchilar: Normatova Munavvar
Manzili: Parkent tumani Xisarak qishlog’i Do’stliki ko’chasi 20-uy
Aytuvchining yoshi: 82 yosh (1986-yil)
Ustozlari: Egamberdiyev
Yozib oluvchi: Xayrullayeva Gulshoda
Yozib olingan joyi va sanasi: Parkent tumani, Xisarak qishlog’i
Baland-pastni bor qilgan,
Ikki yoshni bir qilgan
Avval Xudoga bir salom
Rizq bo’lsin deb don bergan
Ummatim deb jon bergan,
Payg’ambarlarga salom.
Oppoq uying urpog’i,
Oxiratning tuprog’i,
Kutgan azizlarga bir salom.
Oq sallasin o’ragan,
Oxiratin o’ylagan,
Bobolariga bir salom.
To’rda gilam to’qigan,
Besh vaqt nomoz o’qigan,
Momolariga bir salom.
Etikning qo’nji yo’q
Uyda tursa tinchi yo’q,
Qaynatasiga bir salom.
Ugra kesib eringan,
O’g’il tug’ib kerilgan
Qaynonasiga bir salom.
El-u yurtning to’rasi
Yigitlarning sarasi
Kuyov to’raga bir salom.
Qo’chqorlarni so’ydirgan
El-u yurtni to’ydirgan
Vakil otaga bir salom.
Tuflilari poshnali
Yurgan yo’li jo’rali
Kuyov jo’raga salom.
Mehmon kelsa xush degan,
Mehmonxona bo’sh degan
Xolalarga bir salom.
Qozonga o’tni tashlagan,
Tap topsa elga oshirgan,
Ammalarga bir salom.
Osmondagi yulduzday
Daryodagi qunduzday
Jiyanlariga bir salom.
Ochilib turgan gulday,
Sayrab turgan bulbulday
Qaynsingillariga bir salom.
Devor osha qaragan,
To’y qachon deb so’ragan
Qo’shnilarga bir salom.
Ilib qo’ygan ichakday,
Charxlab qo’ygan pichoqday,
Oshpaz amakiga salom.
Bo’ynimdagi marjonim
To’kilib ado bo’ldi.
Aylanay azizlarim
Salomim tamom bo’ldi.
Aytuvchilar:Usmonova Popuk
Manzili: Parkent tuman So’qoq qishlog’i 56-uy
Aytuvchining yoshi: 77-yosh (1941-yil)
Ustozlari:
Yozib oluvchi: Abdisattorova Mamuda
Yozib olingan joyi va sanasi: Parkent tumani, So’qoq qishlog’i
Oq ro’mollar o’ragan,
Oxiratni o’ylagan
Salom salom buvilariga salom
Qo’rasidan qo’y chiqqan,
Kistasidan pul chiqqan
Salom salom qaynotaliga salom
Atlas ko’rpa taxlagan,
Kelinga deb saqlagan
O’g’il tug’ib kerilgan
Salom salom qaynonasiga salom
Tog’dan tulki ovlagan
Ovlab beliga bog’lagan
Salom salom kelin salom
Tog’alariga salom
Mo’ylovlari shopday
Qornilari qopday
Salom salom kelin salom
Pochchalariga salom
Osmondagi oydaygina
Ikki yuzi guldaygina
Salom salom kelin salom
Xolalariga salom
Atlas ko’ylak kiyganlar
Yugirib xizmat qilganlar
Salom salom kelin salom
Qo’shnilariga salom
Yursa gullar ochilgan
Kulsa durlar sochilgan
Salom salom kelin salom
Singillariga salom
Oshga slogan ilikday
Ikki qoshi pilikday
Salom salom kelin salom
Yangalariga salom
Mexmon kelsa xo’sh degan
Mexmonxona bo’sh degan
Salom salom kelin salom
Qayinukalariga salom
Xirom etik poshnali
Yigitlari oshnali
Salom salom kelin salom
Kuyov jo’ralariga salom
Topishmoqlar
Asar matni: Tepdim-terakka chiqdim.
(Egar uzangisi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Akromov Quvonchbek
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joyi:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Bir qushim bor don yemaydi,
Oyog`I bor,qanoti bor uchmaydi.
( Samalyot)
Asar matni:Ko`proq bo`lsa ol deydi,
Kamroq bo`lsa sol deydi.
Halollikda Baraka,
Menga quloq sol deydi.
(Tarozi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Rahimxo`jayeva Ruxshona
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Qoziyeva Munisa
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Dumi bor ot emas,
Qanoti boq qush emas.
(Baliq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Tojiboyeva Risolat
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Singlimga o`xshar o`zi,
Aslo yumilmas ko`zi
(Qo`g`irchoq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latova Zilola
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Tap-tap etadi,
Tagidan karvon o`tadi
(Elak)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latov Kozimjon
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Turdim,o`tirdim,qo`l cho`zdim,
Oqar daryoni ko`rdim
(Sigir sog`ish)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Normatova Munavvar
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Ertaklar
Asar matni:
O`G`RILIK
Tamg`och nomli hukmdorga qallob bir yigit guldasta taqdim qildi.Tamg`och u yigitdan gullarni qayerdan olganini so`ragandi,yigit gulzordan keltirganini aytdi.
Tamg`och yana :
-O`z gulzoringdanmi?-deb so`radi.
Yigit o`zining gulzori y`qligini,gullari boshqa bir kishining gulzoridan olinganini so`zlab berdi.Tamg`och yana:
-Gulzor egasini rozi qiloib,gullar haqqini to`ladingmi?-deb so`radi.Yigit:
-Gulzor egasi yo`q ekan,bir necha gul olganim uchun egasi xafa bo`lmas,-dedi.
Tamg`och g`azablandi:
-demak,o`g`rilik qilgansan.Birovning mulkiga kirib,egasidan so`ramay-netmay uning narsasiga qo`l tekkizish eng yaramas sh ekanini bilmadingmi?keltirgan guldastangni ol,guldasta egasini topib undan kechirim so`ra,uzgan gullaring haqqini to`lab,uni rozi qil.Bu gal yosh bo`lganing uchun seni kechirdim,yana yarama yo`llarga yursang,jazo beraman dedi.
Yigit Tamg`och huzurida tavba qildi.BUNDAN KEYIN HALOL MEHNAT QILISHGA VADA BERDI,GUL EGASINI toppish uchun chiqib ketdi.
Aytishlaricha,kunlardan bir kun Tamg`ochning darvozasiga:
-“ey hokim,bizlar shunday sabzi ko`katlaridirmizki,boshimizni uzishga har qancha urinsangiz ham yana ham ko`proq ko`karamiz”-deb yozib ketdilar.Tamg`och ularning xatlari yoniga :”Bizlar juda mohir,usta-bog`bonlardirmiz.sabziman deb bekorga lof urmang,sizlardevpechaksizlar,zararli,begona o`tlarni tag-tomiri bilan yulamiz”-deb yozdirib qo`ydi:
Bayt:
Har devpechak bosh chiqarsa mamlakat gulzoridan,
Osilmasdan qolmagay hech usta bog`bon doridan.
Janri:Ertak
Aytuvchi:Hayitmatov Tursunboy
Yozib olingan vaqti:2018-yil 28-iyun
Topishmoqlar
Asar matni: Tepdim-terakka chiqdim.
(Egar uzangisi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Akromov Quvonchbek
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joyi:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Bir qushim bor don yemaydi,
Oyog`I bor,qanoti bor uchmaydi.
( Samalyot)
Asar matni:Ko`proq bo`lsa ol deydi,
Kamroq bo`lsa sol deydi.
Halollikda Baraka,
Menga quloq sol deydi.
(Tarozi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Rahimxo`jayeva Ruxshona
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Qoziyeva Munisa
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Dumi bor ot emas,
Qanoti boq qush emas.
(Baliq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Tojiboyeva Risolat
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Singlimga o`xshar o`zi,
Aslo yumilmas ko`zi
(Qo`g`irchoq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latova Zilola
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Tap-tap etadi,
Tagidan karvon o`tadi
(Elak)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latov Kozimjon
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Turdim,o`tirdim,qo`l cho`zdim,
Oqar daryoni ko`rdim
(Sigir sog`ish)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Normatova Munavvar
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shahnoza
Topishmoqlar
Asar matni: Tepdim-terakka chiqdim.
(Egar uzangisi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Akromov Quvonchbek
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joyi:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Bir qushim bor don yemaydi,
Oyog`I bor,qanoti bor uchmaydi.
( Samalyot)
Asar matni:Ko`proq bo`lsa ol deydi,
Kamroq bo`lsa sol deydi.
Halollikda Baraka,
Menga quloq sol deydi.
(Tarozi)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Rahimxo`jayeva Ruxshona
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Qoziyeva Munisa
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Dumi bor ot emas,
Qanoti boq qush emas.
(Baliq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Tojiboyeva Risolat
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni: Singlimga o`xshar o`zi,
Aslo yumilmas ko`zi
(Qo`g`irchoq)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latova Zilola
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Tap-tap etadi,
Tagidan karvon o`tadi
(Elak)
Janri:Topishmoq
Aytuvchi: Toshpo`latov Kozimjon
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:Turdim,o`tirdim,qo`l cho`zdim,
Oqar daryoni ko`rdim
(Sigir sog`ish)
Janri: Ertak
Aytuvchi: Normatova Munavvar
Yozib olingan vaqti: 2018-yil 27-iyun
Yozib olingan joy:Parkent tumani,Xisarak qishlog`i
Asar matni:
TA`MAGIR KAMPIR
Bir kampirning chiroyli bir tovug`I bor edi.Bu tovuq ikki kunda bir tuxum qilardi.Kampir bir kun:
-Tovug`imning qornida tuxum xazinasi bor bo`lsa kerak.har ikki kunda bir tuxum olgandan ko`ra uning qornidagi tuxum xazinzsida saqlangan hamma tuxumni birato`lasi ola qolay,-deb darhol tovug`ini bo`g`izladi.Afsuski,tovuq qornida tuxum xazinasi u yoqda tursin,bir dona ham tuxum topolmadi,buning ustiga serdaromad tovug`idan ham ayrildi.
Xulosa:Inson hech vaqt ta`magirlik bo`lmasdan,qo`lida boriga qanoat qilishi kerak.Ta`magir insonga hech narsa etmaydi,balki,har vaqt hosil berib turgan narsasini ham g`oyib etad.
Janri:Ertak
Aytuvchi:Hayitmatov Tursunboy
Yozib olingan vaqti:2018-yil 28-iyun
Yozib oluvchi:Abdullayeva Shaxnoza
Asar matni:
CHOL VA KAMPIR
Bir bor ekan,bir yo`q ekan bir choli-kampir bor ekan.Cholning uyi tuzdan ekan .kampirning uyi qog`ozdan ekan.Yomg `ir yog`ib ketibdi shi-shir.yomg`irda kampirning uyi uyimabdi-da,cholning uyi uyib ketibdi.chol :”kampir,kampir”-debdi.Hoooo dara kusho,dara kusho debdi,Chol chaqirganda kampir uyg`onib, hov debdi.chol dara kusho,nima kunam ,eshikni och,uyimdan chakki o`tib ketdi debdi.Kampir eshikni ochmabdi.Chol yana chaqiribdi:kampir,kampir dara kusho,dara kusho debdi.shunda kampir chiqibdi.Chol mening uyim uyib ketdi debdi.Shunda kampir keeling unda uyga kiring debdi.Shunda chol jon kampir,qum kampir deb kampirining qo`yniga kirib ketibdi.
Janri:Ertak
Aytuvchi:FOYIMA
Yozib olingan vaqti:
Yozib oluvchi:Talibbekova Robiya
Zumrat va qimmat
Zumrat bechora juda qiyinchilik ko’rgan otasi bilan.Uning o’gay onasi Qimmatini arzanda qilib Zumratni ko’rmagan.So’ngra Zumrat uydan chiqib ketgan. Chiqib ketgandan so’ng yurib bir kampirning uyiga qo’ngan.U kampir unga juda yordam bergan. Zumrat o’z yaxshiligi va mehnati bilan kampirning hurmatini qozongan. Mehnatidan keyik kampir unga ko’p davlat va dunyolar bilan uyiga jo’natgan. Dunyo bilan kelgandan keyin o’gay ona bilan Qimmat o’zining ham borishini talab qilgan. Qimmat kampirnikiga borib ish qimidi, dangasalik qiladi. Shundan so’ng kampir hech qanday dunyo bemay Qimmatni o’z uyiga jo’natadi. Shundan so’ng Zumrat boyvuchcha bo’lib ketadi.Zumratti yaxshi yigitga erga tegadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |