1-Elektr montaj ustaxonasi bilan tanishish. Elektr montaj ustaxonasida


Elektr apparatlarini montaj qilish



Download 0,81 Mb.
bet11/13
Sana16.09.2022
Hajmi0,81 Mb.
#849121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Maruza matn El st O\'A 150

5. Elektr apparatlarini montaj qilish


Rubilhniklar issiqlikka chidamli, mexanik mustahkam va izolyatsiyalovchi magistraldan tayyorlangan plitalarda (panellarda) o’rnatiladi. Talab qilinadigan panelning o’lchamlari va qalinligi andoza yordamida yoki Rubilhnikning berilgan o’lchamlari bo’yicha belgilanadi, so’ng unda lozim bo’lgan diametrli teshiklar ochiladi. Izolyatsion plitani karkasga mahkamlovchi bolg’tlar plitalardan chiqib turmasligi uchun ularda o’yiqlar qilish kerak.


Kuchlanishi 20 V gacha bo’lgan taqsimlash qurilmalarida Rubilhniklarni shchitning old tomonida o’rnatishga ruxsat etiladi, faqat ularnin ish toklari 300 A dan katta bo’lmasligi shart. Montaj qilingan Rubilhnik ulanganda uning pichoqlarini kontakt jag’lariga bir oz kuch bilan kiritish lozim.
Bir tomirli alyuminiy simlar Rubilhniklarga shaybalar yordamida ulanadi. Ulangandan bir tomirli mis simlarining uchlariga halqa ko’rinishida ishlov beriladigan va bolg’tlarga kiygiziladi, bunda gayka tortib buralganda halqa ochilib ketmasligi, yahni gaykaning yo’li bo’yicha qo’yilishi lozim. Rubilhnikka ulanadigan ko’p tomirli alyuminiy va mis simlarning uchlariga uchliklar bilan ishlov beriladi. Montaj qilingan Rubilhniklarning kontakt pichoqlariga va jag’lariga moy surkash tavsiya qilinmaydi.
CHiqish liniyalarining jihozini o’rnatiladigan asboblarning quvvatlari, o’lchamlari va soniga qarab bitta panelga ikki yoki uch qator qilib montaj qilish mumkin. SHchitga avtomatlar va saqlagichlar o’rnatilganda, ularning ustidan boshqa apparatlar yoki tok o’tkazuvchi qismlarni joylashtirilmaydi.
Ochiq saqlagichlar quyganda suyuqlashgan quymasi suyuqlangan metallining gazlari va bug’lari taqsimlash shchitining ularga yaqin joylashgan elementlariga tushmaydigan qilib o’rnatiladi, bu avtomatlarning yoy o’chiruvchi kameralariga ham tegishlidir. Ularni zanjirning boshqa elementlaridan gorizontal yo’nalishda 200 mm dan va vertikal yo’nalishda 400 mm dan kam bo’lmagan masofada o’rnatish tavsiya qilinadi.
Rubilhniklar va avtomatik uzgichlarning shinaga ulanadigan pichoqlari ochiq holatda bo’lganda ularda kuchlanish bo’lmasligi lozim.
Avtomatik uzgich, uni ko’zdan kechirish va tahmirlash uchun joy yetarli bo’ladigan qilib o’rnatilishi lozim. Avtomat yoy o’chirish kamerasi olingan holda montaj qilinadi.
Avtomatik uzgichning yuqoridagi qismlaridan tok manbaidan keladigan simlarni, pastdagilardan esa–tok istehmolchilarini ulash uchun foydalaniladi.
Avtomatik uzgichning yuqorigi qismlaridan tok manbaidan keladigan simlarni, pastdagilardan esa–tok istehmolchilarini ulash uchun foydalaniladi.
Avtomatik uzgichning yuqoridagi chiqish ularga tahminlash manbaidan keladigan simlarni ulash uchun, pastki chiqish simlari esa qabul qiluvchiga boradigan simlarni ulash uchun ishlatiladi.
Avtomatik uzgich mahkamlanadigan asos tekislanadi, ularning karkasini burab mahkamlashga eguvchi mexanik zo’riqishlar hosil bo’ladi. Avtomatik uzgichning o’zi, uning karkasi yoki plitasi vertikal holda motaj qilinishi lozim. SHchitda richagli yuritmaning plitasi bilan avtomatikasinin asosi orasidagi masofa 50 mm dan kam bo’lmasligi lozim.
Avtomatik uzgich montaj qilib bo’lgandan keyin uning yoy o’chiruvchi kamerasi joyiga qo’yiladi. Avtomatik uzgichning harakatlanadigan kontaktlari kameraning devorlariga tegmasligi lozim.
Barabanli kontrollerdan kojux olinadi, kontaktlari changdan va moydan tozalanadi, keyin diqqat bilan ko’zdan kechiriladi. Ko’zdan kechirayotganda harakatlanmaydigan kontaktlarning harakatlanadiganiga tegib turish zichligi tekshiriladi va kontaktning bosimi yetarli bo’lmasa bosadigan halqaning stopor bolg’ti teskari tomonga burladi va harakatlanmaydigan kontakt harakatlanadigan mahlum kuch bilan bosib bosadigan, halqaning boshqatdan stopor bolg’t bilan mahkamlanadi. Kontaktlar orasidagi bosimning yetarli bo’lmasligiga, uning buzuqligi yoki kulachok tutqichi, prujinasining bo’shashib ketganligi sabab bo’lsa, nuqsonli prujina zavoddan kontrollerning zahira qismlari sifatida berilgan yangisi bilan almashtiriladi.
Kontrollerni o’rnatishdan oldin uning shturvalini burab hamma kontaktlar belgilangan holatda to’g’ri joylashganligi, shuningdek konroller’ izolyatsion detallarning butunligi va holati tekshiriladi: nuqsonli detallar yangisiga almashtirilishi lozim. Kontroller gaykali bolg’tlar bilan poydevorga yoki metall tuzilishga mahkamlanadi, unga simlar to’g’ri ulanganligi va uning aniq ishlashi tekshiriladi. Kontrollerning simlari uning pasportiga qarab, zavod instruktsiyasiga binoan va kojuxning ichki qismidagi sxemaga qarab ulanadi.
Kontaktorlar va magnitli yurgizgichlarni o’rnatishdan oldin apparatlarning komplektliligiga va mahkamlash detallarning mavjudligiga, shuningdek ularni montaj qilish da va ishlatishda halal beradigan nuqsonlarning yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun diqqat bilan ko’zdan kechiriladi, buning uchun:
apparat tashib keltirishda va omborda saqlanayotganda unga tushgan chang va iflosliklardan tozalanadi;
magnitli tizimi orasi ochiladi, sayqallangan yuzasini toza benzin bilan yuvib, toza uvada bilan artib konservatsiya moyda tozalanadi;
yakorni qo’l bilan bosib, uning yengil harakatlanishi va harakatlanuvchi blok–kontaktlarning to’g’ri ulanishi, shuningdek yakorning o’zakda to’g’ri yotishi tekshiriladi (Yakorg’ o’zining 70% yuzasi bilan o’zakda yotishi kerak: yotadigan yuzasining o’lchami Yakorg’ bilan o’zak orasiga nusxa oladigan qog’oz bilan birga qo’yilgan toza qog’ozda izi bo’yicha aniqlanadi);
harakatlanuvchi tizim qaytaruvchi prujinasining tuzukligi va harakati tekshiriladi (Yakorg’ o’zining boshlang’ich holatiga erkin qaytishi lozim);
turli fazalarga tegishli tok o’tkazuvchi qismlar izolyatsiyasining qarshiligi yordamida megaommetr yordamida ularning g’ir–biriga va yerga ulangan qismlarga nisbati bilan o’lchanadi; agar izolyatsiyasining qarshiligi 1 mOm dan kichik bo’lsa quritiladi;
yoy o’chirish qurilmasining holati va kamerasining butunligini tekshiriladi (yorilgan va cheti o’chgan kameralar yangisiga almashtirilishi kerak); magnit o’tkazgichning o’zagiga g’altak yaxshi o’rnatilganligiga, ular izolyatsiyasining holati yaxshiligiga va g’altakda uzilishlar yo’qligiga ishonch hosil qilinadi.
hamma mahkamlovchi detallarning pishiq tortilganligi va issiqlik relesining holati tekshiriladi.
Yangitdan montaj qilingan apparatlarda kontaktlarning ochilish darajasi, susayishi va kontaktlarining siqilish i (bir–biriga bosimi) tekshiriladi.
Kontaktlar uzilgan holatda bo’lganda harakatlanmaydigan va harakatlanadigan kontaktlar orasidagi eng qisqa–A masofa–kontaktlarning ochilishi darajasi deyiladi (5–rasm, a).



5–rasm. Elektr apparati kontaklarining ochilishi darajasi, susayishi va oxirgi bosishini rostlash:
a–kontaktlar ochilish darajasi va boshlang’ich bosishini aniqlash (apparatning magnit tizimi ochilgan holda), b–susayishini va kontaktning oxirgi bosimini aniqlash (apparatning magnit tizimi ajralgan holda); 1–harakatlanmaydigan kontakt,
2–harakatlanadigan kontakt, 3–dinomometr, 4–harakatlanuvchi kontakt plastinasi,
5–kontakt tutkich skobasi, 6–kontakt tutkich skobasini valga mahkamlovchi xomut.
Agar harakatlanmaydigan kontakt ochib qo’yilgan bo’lsa, to’liq tutashgan vaziyatdan harakatlanadigan kontaktning harakatlanmaydigan kontakt yuzasidan qancha masofaga surilishini kontaktlarning susayishi deyish qabul qilingan. Amalda provalni aniqlash juda qiyin bo’lganligi uchun harakatlanadigan plastina 4 bilan kontaktlar ulangan holatda bo’lganda kontakt tutqichning skobasi 5 orasidagi oraliqni tekshirish bilan chegaralanadi (5–rasm, b).
Montaj qilishda apparat kontakt tizimining boshlang’ich va oxirgi bosishi tekshirilishi kerak.
Birinchi bosish nuqtasida konatk prujinasi hosil qiladigan kontakt tegizuvchi kuch boshlang’ich bosish kuchi deyiladi. Agar boshlang’ich kuch yetarli bo’lmasa, kontaktlar bir–biriga kavsharlanib qolishi mumkin, boshlang’ich bosish talab qilingan qiymatdan oshirilganda esa kontaktorning aniq ishlashi buziladi.
Boshlang’ich bosish kontaktlar ochiq holatdagida (5–rasm, a qarang) tekshiriladi. Oldin harakatlanadigan kontakda kontaktlar bir–biriga tegadigan chiziq begilab olinadi. Harakatlanadigan kontakt bilan kontakt o’rnatilgan plastina orasiga bir bo’lak yupqa qog’oz qisiladi. Harakatlanadigan kontakt tutqichning tegishdan dinamometrning ilgagi o’tkaziladi, qo’l bilan qog’oz erkin chiqquncha dinamometr tortiladi. Dinamometrning ko’rsatishi shu paytidagi boshlang’ich bosishning qiymati haqida tushuncha beradi. boshlang’ich bosishni o’lchashda bosish chizig’i kontaktlarning tutashadigan yuzlariga tik bo’lishii kerak, aks holda o’lchash natijalari to’g’ri chiziqmasligi mumkin. Agar harakatlanadigan kontakning tutqichidan dinamometrning ilgagi uchun teshik kapron ipdan kontaktlarning tutashadigan chizig’iga sirtmoq solish va dinamometr ilmog’ini unga ilish kerak.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish