ATOMLARNING DAVRIY XOSSALARI
1.Atom radiusi(r(A)) – atom yadrosi bilan eng tashqi electron qavat o’rtasidagi masofa.
a .Davrlarda elementlarning tartib raqami ortib borishi bilan ularning atom radiusi kichrayib boradi. Buning sababi, elementning tartib raqami ortishi bilan yadroning musbat zaryadi ortadi va electron qavatlarning soni o’zgarmagan holda tashqi electron qavatdagi elektronlar soni ortib boradi. Natijada yadro va tashqi elektronlarning tortishuvi kuchayib electron qavatlar siqiladi va atomning radiusi kichrayadi.
b.Guruppalarda elementlarning tartib raqami ortishi bilan elementlarning atom radiuslari ortib boradi. Buning sababi, guruppalarda elementlar tartib raqamining ortishi davrlarning raqami ortishiga, ya’ni atomdagi electron qavatlarning soni ortishiga olib keladi va bu o’z – o’zidan atom radiusining kattalashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |