Topshiriqning maqsadi: - o’quvchilarda mavzuga doir amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Materiallari: 1. Fizika darsligi 2. Laboratoriya ishlarini o’tkazishga doir jihozlar.
Asosiy tushuncha va atamalar: - diffuziya; - suyuqliklarda molekulyar harakat;
- diffuziyaning borish tezligi.
Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha ko’rsatma.
Laboratoriya ishini bajarish uchun bir-ikki kun vaqt kerak bo’lganligidan, uning birinchi bosqichi dars vaqtida bajariladi. Diffuziyalanuvchi moddalar darslikda ko’rsatilganidek suvli stakanga margansovka solinganidan so’ng oynali shkafga solib qo’yiladi va keyingi darsga qadar kuzatib boriladi. Shunga o’xshash tajriba uyda ham bajariladi. Laboratoriya ishi natijalari keyingi darsda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |