3. Mahmud Zamaxshariyning hayoti va faoliyati.
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “AlMufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “AlKashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan.
U ko‘p asarlarini Makkada yozganligi uchun “Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham “AlKashshof” asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O‘zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi.
18-bilet
1. Meydzi islohotlari.
1867-yilda Tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Musuxito foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi.Yaponiya uchun modernizatsiya davri boshlandi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saqlab qolgan holatda g‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi. Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega bo‘ldilar. To‘g‘ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi. Bu soliq qiymati hosildan olinadigan daromad haj mining 50 foiziga teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni qo‘llarida saqlab qola oldilar. Qolganlari esa ijarachilarga aylandilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, islohot qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishini ta’-minladi. Ma’muriy sohada o‘tkazilgan islohot mahalliy knyaz-lar hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab yerlarining bir qismi musodara qilindi. So‘ng ular boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi. Harbiy islohotga ko‘ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo‘qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo‘lish imtiyozidan mahrum bo‘ldilar. Yevropacha nusxadagi yangi qo‘shinning shakllantirilishi belgilandi.Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‘shin Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand qo‘shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi. Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o‘z davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari toqat bilan singdirildi. Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari, belgilari deb hisoblandi.Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligi, shuning uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi, imperatorga xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo‘lishi mumkin emasligi, imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekanligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug‘ vazifasi kabi g‘oyalar ham undan-da kam bo‘lmagan toqat bilan singdirila borildi. Ayni paytda G‘arb davlatlari siquviga qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya imperatori hokimiyati ostiga birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar ham esdan chiqarilmadi. Bu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishda ibodatxona, qo‘shin va maktablarga katta e’tibor berildi. Bu g‘oyalar kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit’asida olib borgan keng ko‘lamli bosqinchilik urushlarini mafkuraviy jihatdan tayyorlash jarayonida muhim rol o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |