MAXSULOTLARINI TASHISH UCHUN TRANSPORT JIXOZLARI TANLASH
Ishning maqsadi: omborlar va qayta ishlash sexlarida qullanialadigan transport uskunalarning asosiy parametrlarni aniqlashni o‘rganish.
Ishni bajarish uslubi. Transport uskunalarga quyidagilar kiradi: lentali, plastinkali, shnekli, rolikli, pnevmatik, gidravlik va boshqa transportyorlar, nasoslar; yuk tashish telejkalar va pogro‘zchiklar elektrotelfer va xok. Ishlab chiqarish sexlar va omborlarda katta yuklarni mexanik telejkalar, avto va elektrogro‘zchiklar, shtabelyor-kranlar yordamida tashiladi. Qoplar, yashiklar, bochkalarni tashish uchun telejkalar qo‘llaniladi.
Transportyorlar turli hil bo‘lib xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng qullanilidi. Ular yuvish, kesish, qovurish va boshqa apparatlarning asosiy ishchi qismi hisoblanadi.
Transportyorlar asosiy xom ashyo va qushimcha materiallarni, idishlar, tayyor mahsulotlarni tashish, inspeksiya, saralash, tozalash kabi texnologik jarayonlarni bajarish uchun qullaniladi. Ular statsionar, ya’ni aniq bir joyda joylashgan va kuchma bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |