1-amaliy mashgulot. Guruh zukkolarini tanlash metodikasi



Download 37,7 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2022
Hajmi37,7 Kb.
#569660
  1   2   3
Bog'liq
1-аmaliy mash


1-amaliy mashgulot.GURUH ZUKKOLARINI TANLASh METODIKASI


Sinf o’quvchilarini yaxshi bilgan, bolalar hurmatini qozongan o’qituvchi yoki psixolog o’quvchilar bilan suxbatga kiradi. Ma’lumki, bolalar bir— birlarini o’qituvchilardan, ba’zi hollarda esa ota—onalardan ham yaxshiroq bilishadi. Chunki dunyoqarashlari, intilishlari bir—biriga mos bo’lgan o’smirlar eng yaqin kishisiga aytmagan sirlari va kechinmalarini o’zaro o’rtoqlashadilar. Shunga asosan sinf tarkibidagi bolalarning qiziqish va intilishlari haqida o’zlaridan so’rash orqali umumlashtirilgan tasavvur paydo qilish usulini ushbu metodikaning asl g’oyasi etib qabul qilingani bejiz emas.
uning sinfdagi mavqeini bilishga mo’ljallanmagan. Albatta, sinf jamoasining to’liq qatnashishi talab etiladi, Sinf hech bo’lmaganda bir yillik hamjixatlik tajribasiga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Yangi shaklangan sinflar, ikki yoki uch sinfni tajriba maqsadida qo’shib o’tkazish kutilgan natijalarni bermaydi.
Metodikaning asosini quyida berilgan "O’z sinfingni bilasanmi" deb nomlangan ye t t i s a v o l tashkil etadi.
O’z s i n f i n g n i b i l a s a n m i?
Quyidagi savollarning har biriga javoban uch kishining ism-familiyasini yozing:
A. Kimlar sinfda matematika, informatika, texnik uskunalar bilan shug’ullanishni yoqtiradilar yoki fizikadan eng yaxshi 6iladilar?
1.
2.
3.
B. Kimlar sinfda biologiya, ximiya yoki geografiyadan eng yaxshi biladilar, tabiat va odam organizmiga qiziqadilar?
1.
2.
3.
V. Kimlar sinfda eng ko’p badiiy, yoki tarixiy adabiyot o’qiydilar, yozma ishlar va insholarni yaxshi, xatosiz yoza oladilar?
1.
2.
3,
G. Kimlar sinfda. sanat sohasida katta yutuqlarga erishgan, masalan yaxshi rasm chiza oladi, musiqa asboblarida katta mahorat bilan o’ynay oladi, kuchli badiiy did va havasga ega, she’rlar mashq qiladi?
1.
2.
3.
D. Kimlar sinfda jamoa ishlari bilan ko’proq shug’ullanadi. jamiyatshunoslik, tarix, iqtisod, huquq masalalarini yoqtiradi?
I.
2.
3.
Ye. Sinfdagi eng dono, o’qimishli va tillarni o’rganishga katta havas bilan o’z ustida ko’p ishlaydigan o’quvchilardan uch kishining nomini keltiring.
1.
2.
3.
J. Darslardan qiyinchilik tug’ilganda sinfdoshlaringizdan kimlarga murojaat qilgan bo’lardingiz (kimlardan maslahat so’ragan bo’lardingiz, ya’ni kimlar barcha predmetlardan juda yaxshi biladilar va yaxshi tushuntira oladilar)?
1.
2.
3.
O’qituvchi sinfga kirgach, bolalarni yaqindan bilish istagi borligini tushuntirib, quyidagi o’yin — mashqni taklif etadi. Avvalo, har bir o’quvchi bir varaqdan toza qog’oz oladi, ammo unga diktant yoki insho yozgandagidek ism —familiya va boshqa narsalar yozilmaydi, ya’ni javob varaqasini to’ldirgan o’quvchining ism — familiyasi noma’lum qolishi kerak. Toza varaq olinganda bolalarga tutuntirish kerakki, har bir savolni bosh harf bilan belgilaydilar. Savollar tagida yoziladigan javoblar esa raqamlarda belgilanadi, birinchi javob — 1, ikkinchi javob — 2, uchinchi javob — 3. O’quvchilarga shoshilmay, o’ylab, har bir savolga xolislik bilan yondashish lozimligi ta’kidlanadi.
So’ng o’qituvchi dona—dona qilib, birinchi savolni o’qiydi. Savollarni bolalar yozmaydilar, lekin diqqat bilan tinglaydilar va o’qituvchi ularning ma’nosiga qisqacha tushuntirish bergandan so’ng o’quvchi savolga javoban tartib bilan o’z sinfdoshlaridan uchtagacha ism—familiya yozadi. Ya’ni har bir sa— volga javoban uning mazmuniga ahamiyat bergan holda bittadan uchtagacha eng zukko, shu sohada layoqatli bolaning ism — familiyasini yozishlari mumkinligi tushuntiriladi.
Ism —shariflar yozilayotganda javob berayotgan o’quvchi nazaridagi shu savolga javoban eng ilg’or, bilimdon, yaxshi o’qiydigan va eng muhimi, shu savol doirasida kelajakda kasb tanlashi mumkin bo’lgan, shu yo’nalishni yoqtirgan, havas va moyilligi bor bo’lgan o’quvchini birinchi navbatda, undan keyin yana kimni shu kasbiy sohada ilg’or, bilimdon hisoblasa — ikkinchi navbatda va so’ng, uchinchi o’rinda ham shu savol doirasida ilg’or o’quvchinipg ism — sharifi yozilishi lozimligi yaxshilab uqdiriladi. Gap, tanlanishi kerak bo’lgan bolaning maktabda yaxshi baholarda o’qishida emas — bu ma’lumotlarni sinf jurnalidan olsa ham bo’ladi — balki o’quvchining ma’lum bir kasbiy sohaga havas va e’tiqodi bor—yo’qligini sinfdoshlaridan xolisona so’rab bilishdadir. Demak, ushbu metodikaning maqsadiga binoan, har bir o’quvchining kasbiy havas va moyilliklarini boshqalardan so’rab bilish lozimligini, testni o’tkazadigan kishi yaxshi tushunib olsagina, har bir savolga javoban o’quvchi kimni yozishi kerakligini to’g’ri tushuntira oladi. Maksad, yetti savolga tegishli yetti sohaning har biridan qiziqish bilan, kelajakni o’ylab, yaxshi ko’rib, e’tiqod bilan va demak, o’sha yo’nalishdagi fanlardan yaxshi va a’lo baxolarda o’qiyotgan faol o’quvchilarni izlab topishga sinf a’zolarini undashdir. Bu ishni sinfdoshlar, o’zlari bilmagan holda bajarishadi, lekin maktab psixologi yoki metodikani o’tkazuvchi boshqa bir kishi, bolalarning diqqatini to’g’ri yo’naltira olishi, ularning xotiralarini har bir savolga javoban hech bo’lmaganda bir bolani xayolan sinfdoshlar orasidan izlab topib, familiyasini javob varaqasiga tushirish bilan band etish kerak. Bunday tartib bilan ism—familiyalarni yozdirish ushbu metodikaning muhim va nozik tomonlaridandir. Ba’zan o’kuvchi yoki 2 kishining familiyasini yozadi, lekin uchinchi kishini topa olmasligi va shu joyni bo’sh qoldirishi mumkin. Ba’zan esa har ikkala savolga nisbatan bir o’quvchining familiyasini ikki —uch joyda yozishi, kerakli joyda, agar o’quvchi so’rasa, o’z familiyasini ham yozishga ruxsat berilishi kerak. Shu sababli bola uz tasavvurida kim ushbu savolga nisbatan boshqalardan ilg’or, kim undan keyin turishi kerak degan xayolni shakllantira olishi uchun o’qituvchi savolning mazmunini atroflicha tushuntira olishi va bolalarga to’g’ri yo’nalish bera olishi lozim.
Masalan, to’rtinchi — D savolni o’qib bergach, aynan bir kishining ismini tilga olmagan holda: jamiyatda bo’layotgan siyosiy voqealarga ahamiyat berib boradi, hukumatning yangi farmon va buyruqlariga, xalqaro voqealarga qiziqadi, yodida ko’plab tarixiy voqealarni saqlab yuradi, o’zi ham ko’proq tarixiy, huquqiy asarlarni o’qiydi, kitoblar sotib oladi, keng jamoatchilik ehtiyojlarini tez va teran anglaydi, deb ushbu savolga sharh berishi, bolalarning ushbu savol doirasida fikr va tasavvurlarini kengaytirishi va aynan shunday xislatlarga ega bo’lgan bola sinfda bor bo’lsa, yoki shunga yaqin o’quvchining familiyasini yozish kerakligini tushuntirishi lozim.
Shundagina javoblarning asoslanganligi va aniqligini kafolatlash mumkin. Shunday qilib ketma —ket har bir savol o’qilib unga tushuntirish berish jarayonida har biriga javoban sinfdagi o’quvchilarning to’la javob yozib ulgurayotganliklarini test o’tkazayottan kishi nazorat etib turadi.
Test o’tkazayotgan o’qituvchi sinfda ishchanlik holatini vujudga keltirib, bolalarni tezlik va mas’uliyat bilan, o’zaro gaplashmasdan, bir — biriga maslahat bermasdan ishlashini ta’minlashga erishmog’i lozim. Ya’ni har bir bola o’z bilganicha, mustaqil, o’z tasavvurlariga tayanib fikr bildirishi kerak. Shunday qilib, har bir savol yetarli darajada tushuntirilib, har bir o’quvchi o’z ixtiyori bilan javob yozib bo’lganidan so’ng, ortiqcha muhokamaga yo’l qo’ymay javob varaqalari tezlik bilan yig’ib olinishi kerak.
Jarayonning mazmuni shundan guvohlik beradiki, har bir sinfdan ajratib olingan sinf zukkosining umumiy aql saviyasi, kasbiy yo’nalganligi va shu ma’noda sinfda tutgan mavqei aynan shu sinf saviyasiga nisbatan, shu sinf o’quvchilari nazariga nisbatan olinadi.
Tajriba uzog’i bilan 15 — 20 minut davom etadi. Agar tajriba maqsadga muvofiq o’tkazilsa, olingan natija katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar beradi. Javob varaqalari tezda yig’ib olingach, sinf o’zining navbatdagi vazifalariga kirishaverishi mumkin.



Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish