1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


-savol: Шарқ адабиётида Искандар ҳақидаги асарлар



Download 2,2 Mb.
bet53/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

251-savol: Шарқ адабиётида Искандар ҳақидаги асарлар
Javob:Sharq adabiyotida eng mashhur qahramonlardan biri Iskandar zulqarnayin yoki Iskandar Maqundiydir.Mazkur qahramon haqidagi sujetlarning ikkita asossiy manbai mavzud.
1.Tarixiy Iskandar(Aleksandr makedonskiy)-eramizdan oldingi IV asrda yashagan mashhur fotih sarkarda va quruqlik va suv shohi.Yevropada asosan Plutarix va Arrian Flaviy asarlari yordamida tarixda muhrlangan mazkur shaxs haqida sharqdagi mualliflar Abu Hanifa Ahmad ad-Dinovariyning “Axbor at-tavil”,Tabariyning “Tarixi rusul val-muluk”(payg’ambarlar va shohlar tarixi),Bal’amiyning “Tarixi Tabariy”hamda “Nizom ut tavorix”asarlarida ma’lumot berilgan.
2.Quroni Karimda zikr etilgan Zulqarnayn.
252-savolIskandar Navoiy tasavvuridagi adolatli hukmdor timsoli (adolatli hukmdor Sharq adabiyotining asosiy mavzularidan, tarixiy shaxs va adabiy ideal, hukmdorlik ma’naviyati, himmat, adolat, kengash, ilm-fan, xalqparvarlik)
Javob:Professor Najmiddin Komilov talqiniga ko’ra “Sddiy Iskandariy “dostonong markasiga qo’yilgan bosh g’oya-ibrat va ogohlikdir.Navoiy talqinidagi Iskandar aslida shahzoda emas balki vayronadan topilgan chaqalaoq-onasi uni tug’ib so’ng vafot etgan.Farzandsiz faylaqus go’dakni topib uni o’ziga farzand qilib parvarish qiladi.Tabiatan darveshlar sulkiga ishtiyoqmand,saltanat savdosidan bezor Iskandar zimmasiga jahongorlik missiyasi tushadi.Jahongirlik va fotihlik davosi bilan tarix sahnasiga chiuqqan boshqa hukmdorlardan farqli o’aroq Navoiy xalq orzu istagi va ahq roziligi asosida dunyoda adaolatli hukmdorlikni o’rnatish,bilim va aql zakovat xayr-u shafqat tantanasiga erishishni o’z burchi deb bilgan Iskandar obrazini yaratadi.Shu sababali bu dostonning ohiri qayg’uli tugasa ham Navoiy voqealar bayoni davomida inson va jamioyat,shoh va darvesh,hayot va o’lim,ustoz va shogird,yaqxshilik va yovuzlik hikmat ava hukumat ustida mushohada yuritadi.Navoiy tasvirlagan iskandar jahongir podshohdan ko’ra xaloskor adolat o’rnatuvchi tabiat hukmdoridan ko’ra darveshlikka moyil ilm hunaraga mahzan bo’lgan ma’rifatli shahs sifatida ko’ngilga o’rnashadi.

253-savol. Saddi iskandariy" dostonida Iskandar sarguzashtining qisqacha mazmuni (Iskandarning tug’ilishi, Doro bilan munosabat, Kashmir, Hind, Chin hukmdorlari bilan to’qnashuv, Sadd, vasiyat).


Javob: “ Saddi Iskandariy” Navoiy “ Xamsa” sidagi eng yirik doston bo‘ lib, 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Dostonning muqaddimasi 14 bobni o‘ z ichiga oladi. Asosiy qism voqealari Iskandarning tug‘ilishidan boshlanadi.
Rum mamlakatining shohi Faylaqus Tangridan farzand so'raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi tug'ilgan chaqaloq va o ‘ lik onani uchratadi. Shoh o'likni dafn ettirib, chaqaloqni o‘ ziga farzand qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. Shoh Iskandarning ta’lim-tarbiyasiga katta e’ tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj taxt va boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob fazilatlarga muhabbat ruhida ulg‘ ayadi. Yigirma uchinchi bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi. Navoiy Doroga tavsif berar ekan, uning Kayoniylar sulolasi vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisra-vu Kayqubodlarning avlodi ekanligini, uning davlatni boshqarishida Luhrosbning tartiblari, qo‘ shinida Gushtost^ing qonunlari ustuvor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar orasidagi xiroj mojarosi bu ikki shoh o ‘ rtasida ixtilofning paydo bo'lishiga olib kelganligini afsus bilan ta’ kidlaydi. Kashmirga Malluga qarshi qo‘shin tortadi:
Iskandar sehrgarlari bilan mashhur bo‘lgan Kashmir shahrini tilsimlangan holda topib, tilsimni hikmat ahli yordamida juda osonlik bilan yechadi. Mallu bu ahvolni ko‘rib, mamlakatni tashlab qochadi. Iskandar Kashmir ahliga omonlik berib, bir muddat bu yerda yashaydi. Kashmirda qo‘lga kiritgan boyliklardan biri- Jamshid zamonidan qolgan sehrli jom edi. Jomning davrida yozilishicha, Jamshid o‘z zamonida ikkita jom yasatgan ekan: Birisin dedi: Jom i Getinamoy,B irisin dedi: Jom i Ishratfizoy.
Iskandar qo‘ lga kiritgan jom Jomi Ishratfizoy (shodlik ko‘paytiruvchi jom) bo‘lib, uning xosiyati shunda ediki, qancha ichilsa ham, sharobi tugamasdan, limmo-lim turardi va egri tutilganda ham undan bir tomchi to'kilmasdi.Mallu ibn Mabok mag'lub va yarador holda Iskandar oldiga taslim bo‘lib keladi hamda undan kechirim so‘raydi. Iskandar uzrini qabul qiladi. Ko‘p o‘tmay, Mallu vafot etadi. Iskandar uning vasiyatiga binoan qizi Mehrnozga uylanadi, o‘g ‘li Feruzni Kashmirga podsho qiladi.
Kashmirdan so‘ng Iskandar Hindiston tomonga yurish qiladi. Hind Royi Iskandarning Kashmirda ko‘rsatgan shijoat va hikmatini eshitib, had-hisobsiz sovg‘a-salomlar bilan bir guruh donishmandlarni elchi qilib jo‘natadi. Iskandar hindistonlik donishmandlarni katta izzat-ikrom bilan qabul qilib, taxtda emas, tuproqda ular bilan birga o'tirib, muzokara olib boradi. Ular Iskandarning aql-u zakovati va bag'rikengligiga tan berib, Hind Royining gunohini so‘raydilar. Iskandar Hindistonning ikki yillik xirojidan kechib, Royning ham gunohidan o‘tadi.
Iskandar qishni Hindiston o‘rmonlarida ovchilik va aysh-ishrat bilan o‘tkazib, ko‘klam faslida Chin va Xitoy tomonga yurish qiladi. Chin xoqoni katta qo‘shin bilan Iskandar istiqboliga chiqadi, ammo unga bas kelolmasligini anglab, o‘zi elchi libosida Iskandar huzuriga borib, tinchlik bitimi tuzishga erishadi. Chin xoqoni ham Iskandar sharafiga katta ziyofat beradi. Ziyofat chog'ida xoqon oliymaqom mehmoniga ikkita ajoyib narsa sovg'a qiladi. Birinchisi - ikki tomoni ham “oy-u kundek yorug‘” bo‘lib, bir tomoni rostni yolg‘ondan ajrim qiluvchi, ikkinchi tomoni mast odamning haqiqiy qiyofasini ko'rsatuvchi Chin ko‘zgusi, ikkinchisi - ham husn-u jamolda, ham fazl-u kamolda benazir Chin go‘zali edi. Iskandarga bu sovg'alar juda ma’qul tushib, hakimlariga ushbu sovg'aning evaziga biror ixtiro qilishlar- ini topshiradi. To‘rt yuz hakim ikki guruhga bo'linib, ishni boshlaydilar. Aflotun va Suqrot boshchiligidagi guruh osmon ahvolini ko'rsatuvchi usturlobni, Arastu va Buqrot rahbarlik qilgan guruh esa, olam ahvolini ko'rsatuvchi Iskandar ko‘zgusini yaratadilar:
Chin xoqoni bu kashfiyotlarni ko‘rib, Iskandar va uning saroyidagi hakimlarga qoyil qoladi. Iskandar Chinda bir muddat turib keyin Mag‘rib tomonga yurishni boshlaydi. Mag‘rib tomonda ko‘kko‘ z, soqoli sariq, rangpar yuzli vahshiy qabilalar bilan urushadi. Vahshiylar xaylidan bir pahlavon chiqib,Iskandar qo'shinidan o‘n uch pahlavonni asir oladi. Iskandar bu holatdan muztar bo‘lib turgan chog'da Chin lo'bati maydonga kirib, dushmanni osonlikcha mag'lub etadi va Iskandar oldiga asir etib keltiradi. Iskandar bundan xursand bo‘lib, Chin lo‘batini o‘ zining xos haramiga oladi. Tutqun pahlavonni esa, iltimosiga ko‘ra ozod etadi. Ozod bo'lgan pahlavon borib, o‘zi asirga tushirgan o‘n uch pahlavon bilan birga Doro bilan bo‘lgan urushda asir tushgan Boriq Barbariyni ozod qilib, Iskandar xizmatiga keladi. Iskandar safardan qaytishda xastalanadi va tutingan onasi Bonuga o‘g ‘illikni o‘rniga qo‘ya olmaganidan uzr so‘rab, maktub yozadi. Mazkur maktub butun dunyoni zabt etsa-da, oxir-oqibat u dunyoga hech bir narsasiz, ochiq qo‘l bilan ketayotgan, bu olamga shoh bo‘lgandan ko‘ra onadek buyuk zotga qullik qilish sharafi yuksakroq ekanligini anglagan ulug‘ jahongirning iqrornomasi edi
154-savol: Saddi iskandariy" dostondagi bo’limlardan birini sharhlang: Adolat haqidagi bo’lim va uning tarkibi (Nazariy muqaddima, hikoyat (Mas’ud G’aznaviy), savol-javob, Iskandar sarguzashti).
Javob: “ Hikmat” bobida esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat bo'ladi. Xalq badavlat bo'lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo'shin hamisha g'olib bo‘ladi. Iskandar taxtga o'tirgach, adolat bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Xalqni ikki yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu o ‘rinda adolatning ta’ rifi beriladi. Bu ta’ rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal, degan hadis keltiriladi. So‘ng shoh Mas’ udning bir kuni tushida otasi Mahmudni nurga g'arq bo'lgan holda jannat bog'larida yurganini ko'rgani va otasidan bu holga qanday sazovor bo‘ lganini so‘raganida, otasi Hindistonni egallash vaqtida elga qilgan birgina adolati tufayli Alloh unga shunday martabani loyiq ko'rgani haqida so'zlab berganiga doir hikoyat ilova qilinadi. “ Hikmat” bobida esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi keltiriladi. Arastuning fikricha, shoh har bir ishda adolat mezoni asosida ish tutsa, uning mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat bo'ladi. Xalq badavlat bo'lsa, askarlarning maoshi ham ortadi va qo'shin hamisha g'olib bo‘ladi.


155-savol: "Saddi iskandariy" dostondagi bo’limlardan birini sharhlang: Himmat haqidagi bo’lim va uning tarkibi (Nazariy muqaddima, hikoyat (darvesh), savol-javob, Iskandar sarguzashti).
Javob:Iskandar bilan gadolik yo’lini tutgan podsho yohud chindan ham podsholikka yetga gado hikoyatikim iskandar unu yugurib unga tubanlik chohida chiqarib saltanat taxtiga o’tqazmoqchi bo’ldi lekin u tojni rad etdi va minbad boshidan yojni tark qilish hayolini chiqarmadi.
U bosh yalang oyoq yalang edi.Dunyo ishlaridani tark etgan bu odam ikki9 qo’lida ikkita bosh chanog’ini ko’targan holda keldi.
Iskandar:-Bu suyaklar haqida gapir,yana nima so’rasam ularning javobini ham bayon qil.
Gado:-qabristondan o’tganimda bu suyakalarga necha bor nazar solganman.Lekin qay biri shohniokuyui qay biri gadoniki ekanligini farqlay olmaganman.Bu ikki mato olgandaku bir, tiriklikda nechun nizo qiladilar?
Iskandar:-Sen juda ulug’ fikrli odam ekansan,agar himmating ham shu darajada yuksak bo’lsa,mamalakatning shohligini beray
Gado:-Himmat mening doimiy hamrohimdir,ammo sen o’ylaganchalik ermas,bundoqroq.Sen menga faqirlikdek davlatdan kechib,shohlik martabasini qabul ayla demoqchisan shekilli?Jahondorlikka rag’\batim yo’q.Mening himmatim tubandagi 4 xil davlatga muyassr bolishni tilaydi.Uning biri- oxiri yo’q hayot,
Ikkinchisi-abadiy yoshlik,uchunchisi-kambag’allik ko’rmaydigan boylik
To’rtinchisi:hech g’ami yo’q shodlik
Iskandar:-ey qutlug’ niyatli m,uborak fikrli donishmand!Sening jumbog’ing ko’p ishkallar yechiladi.Taqdiri azal,ne ilojki,senga faqirligu menga shohlik berdi,menga baland martaba bergan bo’lsada ,baribir senga mendan ortiq himmat ato etilgan ekan.
Himmati buyuk gado uchun shohlik martabasi pastdirva agar bir faqir kishi oliy himmat bo’lsa uning ko’ziga zamon shohi g’arib va haqir ko’rinadi.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish