1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


Rivojlanishidagi nuqsonlarining bartaraf qilinishida tarbiyaning roli



Download 0,69 Mb.
bet3/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Rivojlanishidagi nuqsonlarining bartaraf qilinishida tarbiyaning roli. Bizning jamiyatda rivojlanishida nuqsonlari bo`lgan bolalar ham normal tengdoshlari kabi ham aqlan, ham jismonan tarbiyalanishga haqli bo`lib, mistaqil hayotga, yetuk komil insolar etib tayyorlanadilar. Maxsus maktabgacha va maktab muassasalarida rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarga ta`lim – tarbiya, korreksion ishlar olib boriladi, hamda ularni oilasiga tibbiy, moddiy va pedagogik yordam ko`rsatiladi. Respublikada rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar, o`smirlarni kasb – hunarga yo`llab, moddiy tomondan ta`minlash, mamlakatimiz siyosiy va madaniy hayotiga munosabatini oshirib boradi.

Tarbiya uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo`lib, bolalar ijtimoiy tajribalarini o`zlashtiradi. Bular bir – birlari bilan ijtimoiy, pedagogik va psixologik jihatdan chambarchas bog`liqdir. Ijtimoiy tarbiya - jamiyatga loyiq moddiy va ma`naviy tarzida bo`lmoqlikdir. Rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarning ma`naviy jihatdan tarbiyasi turlicha bo`ladi, bu ularning psixik rivojlanishi, shaxsiy hususiyatlaridan kelib chiqadi. O`quvchilar oilaviy muhiti, undagi maishiy – madaniy ahvol, o’quvchining yashash usuli, pedagogik ishlar sistemasi maktab – internatdagi olib borilayotgan ishlardan kelib chiqib, jamiyatga loyiq darajada egallanadi. Pedagogik omillar rivojlanishidagi nuqsonlarining kar va zaif eshituvchi o`quvchilar tarbiyasida samarali va sifatli ta`sir etadi.



Alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o’rganiladi. Jumladan, surdopedagogikada eshitishida nuqsoni bor bolalar kar soqov (gung), zaif eshituvchi, keyinchalik, qulog’i kar bo’lgan bolalar guruhiga bo’linib o’rganiladi. Ushbu ta’lim tizimida ma’lum sharoit yaratilishi lozim. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya, adaptatsiya, reabilitatsiyalar kiradi. Masalan, agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash; yura olmasa - nogironlar aravachasidan foydalanish, qo’lida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna bilan ta’minlash va boshqalar.

Inklyuziv ta’lim - bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo’rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me’yorda rivojlangan bolalar o’quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv - jalb etish (vklyucheniye) degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan o’zaro bog‘lanib, birgalikda ta’lim olishidir. Buni amalga oshirish uchun har bir bolaga individual yondoshish, nuqsonidan kelib chiqqan holda ma’lum, u uchun qulay sharoit yaratish, kerak bo’lsa, dastur va rejani qisman o’zgartirish va h.k. Anomal bola uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi. Har bir maktabgacha tarbiya muassasasida yoki maktabda maxsus tayyorlangan resurs tarbiyachi bulib, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va ko’maklashadi: maxsus o’qitish uskunalari, aparatlari bilan ta’minlaydi; ota - onalar, o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o’tkazadi: dars jadvaliga, dasturga, kerak bo’lsa o’zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi; o‘qituvchilarni malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi; sog‘liqni saqlash xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muhitni yaratadi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadam. Ta’lim integratsiyasining turli shakllari va darajalari mavjud. Jismoniy integratsiyada nogiron va sog‘lom bola orasidagi jismoniy tafovut iloji boricha kamaytirilishi lozim. Buning uchun maxsus sinf yoki bulim tashkil etilishi mumkin. Funksional integratsiyada nogiron va sog‘lom bola orasidagi funksional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi lozim. Buning uchun alohida yordamga muhtoj bolalarni musiqa, san’at, dramatik to’garak va sportga jalb etish foydalidir.

Ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni kamaytirishga, nogiron va me’yorda rivojlangan bolalarni o’zaro do’stlashishga, bir biriga xurmat bilan qarashga undaydi, me’yorda rivojlangan bolalarni muruvvatli bo’lishga o‘rgatadi. Jamiyat nogiron kishilarga to’g’ri munosabatda bo’lishi kerak. Konstitutsiyamizdagi barcha bandlar ular uchun ham ta’alluqli. Har qanday ta’lim integratsiyasi inklyuziv ta’lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta’lim markazida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga har tomonlama g‘amhurlik ko’rsatiladi.

Integratsiyalashgan - mujassam, ajratib bo’lmaydigan qism degan ma’noni bildiradi. Har bir bola ta’limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barchalar teng huquqga ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi.

2001 yilda YUNESKO “Ta’lim hamma uchun” dasturini qabul qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi xam, ushbu dasturga imzo chekgan. Dastur global, keng miqyosida “Ta’lim hamma uchun” (Obucheniye dlya vsex) joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi. O‘zbekistonda «Ta’lim hamma uchun» milliy dasturi 2005 yili dekabr oyida qabul etildi. Shu davrdan beri uni joriy qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv ta’lim haqidagi xujjatlar rasmiylashtirilmoqda, hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini o‘rganib chiqib, inklyuziv ta’limning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O‘zbekistonda YUNESKO ning ta’lim bo’yicha maslahatchisi yordamida Respublika ta’lim markazining maxsus ta’lim bo’limi a’zolari, “Oila” Ilmiy pedagogik markazi, Nogiron farzandli ayyollar jamiyatlari, “Umr” markazi, ”Ulibki detyam” xalqaro jamiyatning O‘zbekistondagi guruhi, ”Umid” markazi, xalqaro “Opereyshin Mersi” tashkiloti, ”Kenes” - sentr reabilitatsii i trudovoy adaptatsii, ”Beg’uborlik” - ijtimoiy birlashma, ”PEGAS – AL – FALAK” markazi, Respublika Ijtimoiy adaptatsiya markazi va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.



O‘zbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari xam diqqatga sazovor. Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyuziv ta’lim elementlari talaygina. Kup yillardan beri umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli o‘z vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Har bir rayondagi yordamchi mexnat ta’limi maktabi, me’yorda rivojlangan bolalar ta’lim oluvchi muassasalarda ulgurmovchi o‘quvchilar bilan yil davomida ma’lum ishlarni olib borishmoqda, ular uchun maxsus sinflar tashkil etilgan. Bola uyiga yaqin joylashgan maktabga qatnaydi. Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar faoliyati, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati ham inklyuziv ta’lim shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi”2.

Mavzuga oid lug`at so’zlar:

Inklyuziv - jalb etish (vklyucheniye) degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan o’zaro bog‘lanib, birgalikda ta’lim olishidir.

Inklyuziv ta’lim - bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo’rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir.

Reabilitatsiya - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va shaxslarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash.

Korreksiya tuzatish, bartaraf etish; bolaning kamol topishidagi kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan pedagogik va davolash tadbirlarining yig`indisi.

Kompensatsiya – o’rnini bosuvchi, qoplash; buzilgan funktsiyalarning o’rnini to’ldirish uchun saqlangan funktsiyalardan unumli foydalanish




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish