1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet24/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.

* Muqanna (taxm. 719–783) – Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi kotarilgan ozodlik harakatining boshligi. Marv shahri yaqinidagi Koza qishlogida tugilgan. Asl ismi Hoshim ibn Hakim bolib, Narshaxiyning yozishicha, u kop oqigan, goyat ziyrak bolib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini organgan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. “Muqanna” laqabi bilan mashhur bolgan. Mazdak goyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga davat etuvchi talimotni targib etgan. Qozgolon maglubiyatga uchragach, ozini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok bolgan. Hаmid Оlimjоn Muqanna jаsоrаtigа bаgishlаngаn “Muqаnnа” drаmаsini, Sаdriddin Аyniy “Muqаnnа isyoni” tаriхiy-аdаbiy оchеrkini yozgаn.

Oq kiyimlilar” uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganligi qo‘zg‘olon yengilishining asosiy sababi bo‘ldi. Ikkinchidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho‘chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketganlar. Uchinchidan, qo‘zg‘olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan.


Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati uzil-kesil to‘xtab qolmadi. 806-yilda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo‘lidan ketadi. Xuroson noibi Ma’mun dehqonlardan bo‘lgan Somonxudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo‘lga olib, uni xalifaga taslim bo‘lishga majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi.
Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish