Iste’molchi daromadida tovar qiymatining salmogfi
Agar mahsulot iste’molchi budjetida boshqa holatlar o‘zgarmaganda yuqori o'rinni olsa, unga bo‘lgan talab o'zgaruvchanligi shuncha yuqori bo'ladi. Masalan, qalamga bo‘lgan narxning 10% ga ko'tarilishi yoki boshqa shunga o‘xshash mayda buyumlar narxining o‘sishi bilan avtomobil yoki uy-joylar narxi o’sishining iste’molchi daromadiga ta’siri keskin farq qiladi.
Daromad ta’sirida talab elastikligi
Daromad bo‘yicha talab elastikligini topish uchun tovarlarga bo‘lgan talab hajmini foiz hisobidagi o’zgarishini (DQ/Q) daromadni foiz hisobidagi o‘zgarishiga (Dl/1) nisbati olinadi:
E Ш1
a Д1/1
. Iste’molchilar turli xil tovarlarga bo'lgan o‘z talablarini turlicha yo'nalishda o’zgartirib turganlari uchun, daromad bo‘yicha talab o'zgaruvchanligi koTsatkichi ham turli xil ijobiy va salbiy qiymatlarga ega bo'ladi. Agar iste’molchi o‘z daromadlari oshishi bilan xarid qilish hajmini ham oshirib borsalar — daromad bo‘yicha talab o‘zga- ruvchanligi ijobiy (£,>0) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |