0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 1,69 Mb.
bet253/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   288
Mutlaq samaradorlik har doim olingan natijani uni olish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarga nisbatini ifodalaydi.

  • Foyda - shu korxonada tadbirkorlik qobiliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan minimal, ya’ni eng kam miqdordagi to‘lov. Foyda daromad bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi farq hisob- lanadi.

  • Pirovard daromad (MR) — mahsulot hajmini bir birlikka o‘sishi (AQ) natijasida daromadning o‘sishi AR(Q).

    Nazorat savollari

    1. Iqtisodiy samaradorlik nima?

    2. Umumiy muvozanat, xususiy muvozanat tushunchalarning mohiyati nimada?

    3. Iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash uchun nima qilish kerak?

    4. Foyda, daromad, iqtisodiy foyda, sof foyda pirovard daromad qanday hisoblanadi?

    5. Qisqa davrda, uzoq davrda foydani qanday yo‘Uar bilan oshirish mumkin?

    1. bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATI - ISHLAB
      CHIQARISH OMILI SIFATIDA


    17.1. Tadbirkorlikning mohiyati va vazifalari

    0‘zbekistonda yildan-yilga nodavlat sektorining mulk shakllaridagi hissasi oshib bormoqda.

    Nodavlat mulkida salmoqi 90% yuridik shaxslar faoliyat ko'r- satmoqda. Jami faoliyat yuritilayotgan yuridik shaxslarning (249,2 mingta yanvar 2004-yil uchun) 95%dan ko‘pi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardir. Ular 2004-yili 237,5 mingta bo‘lgan. Iqtisodiyotimizda band bo‘lganlarning 70%dan ko‘pi nodavlat sektorida ishlaydi. Demak, mikroiqtisodiyot tadbirkorlikka asoslangan fandir. Ularning eng ko‘plari (87,4% dan 92,2%gacha) Qashqadaryo, Samar- qand, Andijon, Farqona viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Nodavlat mulki asosida ishlayotganlarning ko‘plari esa (90,6% dan 94,2%gacha) Buxoro, Jizzah, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

    Biz yuqorida ko‘rdikki, boshqa xil ishlab chiqarish omillari qatori «Tadbirkorlik», «Tadbirkorlik faoliyati» ishlab chiqarishning eng muhim omilidir.

    Tadbirkorlik ham eng yaxshi pirovard natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish kishilarning mehnat faoliyati ni amalga oshirish jarayonidagi harakatidir.

    Tadbirkorlik bozor mexanizmining ajralmas qismidir. Uning eng muhim farq qiluvchi tomoni bo‘lib erkin raqobat hisoblanadi.

    Tadbirkorlik ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa ham, uni hozirgi tushunchalari kapitalizmni tartib topishi va rivojlanishi bilan yuzaga keldi. Mamlakatning gullab yashnashining asosi va manba’i bo‘lib erkin tadbirkorlik hisoblanadi.

    Bugungi kunda ma’rifatli bozor iqtisodiyotining muhim talabi — kam mehnat sarflagan holda, ko‘proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat. Bu boradagi ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy harakatlantiruvchi kuch — tadbirkorlardir.

    Respublikamizning strategik yo‘nalishi jamiyat va fan oldiga ishlab chiqarishning muntazam rivojlanishi ta’minlaydigan yangicha iqtisodiy

    munosabat va g‘oyalami qaror toptirish, iqtisodni boshqarishni tubdan qayta isloh qilish, yangicha xo‘jalik yuritish usullarini doimo izlab topish va uni amaliy kundalik hayotga tadbiq qilishni talab qilmoqda. Bu quyidagilarni talab etadi:



    • Moddiy ishlab chiqarish sohasiga ko‘proq ishbilarmon tadbirkor va bilimdon kishilami jalb etish;

    • menedjer, marketing, tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti sohasi bo‘yicha, turli mutaxassislar uchun yetarli har tomonlama doimo yangi bilim berishni keng tadbir-choralarini amalga oshirish;

    • hozirgi bozor iqtisodiyoti muammolarini yechadigan har xil mutaxassislami tayyorlash;

    • ishlab chiqarish jarayonlarini raqobatga chidamli qilib tashkil etish;

    • mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish; turli xil mulkchilik shakllarini joriy qilishni tezlashtirish;

    • joylarda mahsulotlami qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish;

    • shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yanada rivojlantirish;

    • xususiy mulkchilikka keng imkon berish;

    • aksionerlik uyushmalarini tashkil etish;

    • birgalikda aralash korxonalar qurish yo‘liga o‘tish;

    • ijara, pudrat, dehqon (fermer) xo‘jaligi ko‘rinishlaridagi xo‘jalik yuritish usulini qo‘llashni yanada rivojlantirish;

    • mehnat intizomini mustahkamlash;

    • davlat bozor iqtisodiyoti sohasidagi strategik yo'nalishlari siyosatini tartibga solib, boshqarish yoiini takomillashtirib borish;

    • chet el munosabatlarini mustahkamlagan holda ularning kapi- tallaridan unumli foydalanish;

    • moliya-kredit, soliq va bank ishlarini takomillashtirish va h.k.

    Biznes - biror faoliyat (ish) yuzasidan bo‘lgan munosabat,

    aniqrog‘i ishbilarmonlaming iqtisodiy munosab2tlaridir.

    Shu nuqtai nazardan biznesning uch turi ajratiladi:


    1. savdo — vositachilik.

    2. ishab chiqarish biznesi.

    3. xizmat ko‘rsatish asosidagi biznes.

    Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki tipi ajratiladi:

    1. Traditsion tipdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.

    2. Novator — tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida ixtirolami ishlab chiqarishga qo‘llaydi va awal ma’lum bo‘lgan tovarlami ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi. Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi murnkin.


    Download 1,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   288




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish