Atrof-muhitni &rab olgan omillar
Sanoat xarakteridagi tovarlarning iste’molchilari doimo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar, dastlabki talab darajasi, iqtisodiyotdagi kelasi o‘zgarishlar, qarzlar qiymati o’zgarishi omillarining kuchli ta’sirida bo‘ladilar.
Iqtisodiyot sohasidagi noaniqliklar darajasining o‘sib, ko'payib borishi bilan sanoat tovarlari iste’molchilari mashina va dastgohlarni sotib olish kapital qo‘yishlarini amalga oshirishdan saqlanib, bor bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralari hajmini kamaytirishga intiladilar. Atrofdagi shart-sharoitlar omilining ahamiyati yanada kuchayib boradi. Firmalar xarid qilish va kamyob materiallarning katta zaxirasini tutib turishga hozirlik ko‘radilar. Sanoat tovarlari xaridorlariga atrofdagi shart- sharoitlar omili hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti sura'tlari, siyosiy voqealar, raqobatchilar faoliyati kabi omillar ham ta’sir etadi. Sotuvchilar ham bunday omillarni sinchkovlik bilan kuzatishlari, ularni iste’molchilarga ta’sir etish xarakterini aniqlashlari, paydo bo‘layotgan omillarni yangi imkoniyatlarga aylantirishga intilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |