22-chizma. Iste’molchilar xatti-harakatiga ta’sir etuvchi omillar.
Taklif etuvchilar fikri bilan xarid qiluvchilar fikri mos kelganda, xarid qiluvchilarda eng foydali tovarni tanlab olish uchun zaruriyat qolmaydi. Chunki xaridor o‘z talabiga mos keladigan tovarni bu yerdan bo’lmasa, boshqa sotuvchilardan olishi mumkin. Bu yerda shaxsiy omillar ta’sir etadi. Agarda tovar turlari bir-biridan keskin farq qilsa, xarid qiluvchi tomon agentlarining tovarlarni tanlab olish bo'yicha javobgarligi ortadi va bunda ular iqtisodiy omillar ta’sirida bo'ladilar.
Sanoat mahsulotlari xarid qiluvchi iste’molchi xatti-harakatiga
ta’sir etuvchi omillar
Talab, iste’mol xarid qilish hajmiga yoki xarid qiluvchi agentlarga ta’sir etuvchi turli xil shart-sharoitlar - atrof-muhitni o‘rab turgan omillar, ishlarni tashkil etish, o’zaro shaxsiy munosabatlar, shaxsning individual xususiyatlari 23-chizmada keltirilgan.
23-chizma. Sanoat tovarlarini xarid qiluvchilar xatti- harakatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |