Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoiingda” shiori ostida respublika birinchiligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM
bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom 04zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
martdagi “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3610-son qarori va xalq ta’limi vazirining 2018-yil 17-martdagi “Xalq ta’limi tizimida sportning futbol turini rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-son buyrug‘iga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta’lim maktablarining (jismoniy yoki psixik rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bundan mustasno) 2007-2008 yillarda tug4ilgan o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligini (keyingi o‘rinlarda - birinchilik) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida birinchilikning maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini tashkil etish, o4kazish va barcha tashkiliy-texnik, moliyaviy masalalami o‘z vaqtida hal etish uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, Q3raqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari mas’uldirlar.
Mazkur Nizom talablarini bajarmagan hamda birinchilik bosqichlarini o‘tkazmagan, shuningdek futbol bo‘yicha jamoalarning ishtirokini ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi belgilanadi.
Birinchilik ushbu Nizom hamda futbol bo‘yicha 0‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari”ga asosan octkaziladi va zaruriyatga ko‘ra, birinchilikni o4kazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita ) tomonidan Nizomga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Birinchilikni joylarda sport inshoot va maydonlaridan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o4quvchi-yoshlar ocrtasida do‘stona aloqalami kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga bo4lgan havasni oshirish hamda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, milliy g4urur va iftixor tuyg‘usini oshirish, sportning futbol turini yanada ommalashtirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |