5-bob. Musobaqa g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash
Musobaqa g‘oliblari har bir hududdan quyidagi tartibda aniqlanadi:
o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-, 2-, 3-o‘rinlar;
qiz bolalar o‘rtasida 1-, 2-, 3-o‘rinlar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yuqori darajada ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
Musobaqa g‘oliblari deb topilgan umumta’lim maktablari va ishtirokchilari xalq ta’limi vazirining maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
bob. Yakuniy qoidalar
Musobaqa natijasi bo‘yicha berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar musobaqa yakunidan so^ng 15 daqiqa ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart.
Belgilangan vaqtdan kech qilingan murojaatlar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Shikoyatlar taqdim etilgandan sofcng Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko‘rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga e’lon qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022-yil 17- гполМъул Sb_ - son buyrug‘iga
3-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o^qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilami tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 14-yanvardagi PQ-4954-son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o4qituvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha respublika birinchiligini (keyingi o‘rinlarda - birinchilik) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Birinchilik to‘rt bosqichda maktab (birinchi bosqich), tuman (shahar) (ikkinchi bosqich), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri (uchinchi bosqich) hamda respublika (final) bosqichidan (to‘rtinchi bosqich) iborat tarzda tashkil etiladi.
Birinchilikning respublika bosqichi respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilangan manzilda va muddatda o4kaziladi.
bob. Birinchilikning maqsad va vazifalari
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalami yanada kuchaytirish, sportning shaxmat turini o‘quvchi yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli va kuchli sportchilar zaxirasini shakllantirish birinchilikning maqsadi hisoblanadi.
Birinchilikning vazifalari quyidagilardan iborat:
0‘zbekistonda shaxmat sportini ommalashtirish;
yuqori darajadagi musobaqalami o4kazish orqali sportchilaming mahoratini oshirish;
chempionat, kubok musobaqalarini tashkil etish orqali iqtidorli sportchilami saralab olish va milliy terma jamoani kuchli sportchilar bilan shakllantirish;
o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni vujudga keltirish va shaxmat sportini keng targ‘ib qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |