@TDIU_ARM
92
13-bob. TOSHKENT TURISTIK MINTAQASI
13.1. Toshkent viloyatining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida
tutgan o‘rni
Toshkent viloyati geografik jihatdan respublikaning shimoliy sharqida
joylashgan bo‘lib, shimol va shimoliy g‘arbdan Qozog‘iston, shimoliy sharqdan
Qirg‘iziston va janubdan Tojikiston davlatlari, shuningdek sharqdan Namangan,
janubiy g‘arbdan esa Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyatda 15 ta tuman, 4 ta
viloyat va 14 ta tuman
bo‘ysunuvidagi shaharlar, 18 ta
shahar tipidagi posyolkalar 146
ta qishloq fuqarolar yig‘inlari
hamda 1157 ta qishloq aholi
punktlari
mavjud
(11.1.1-
jadval). Viloyatning ma’muriy-hududiy tuzilmasi asosan sanoatga ixtisoslashgan
to‘rtta shahar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq) va o‘n to‘rtta qishloq xo‘jaligiga
ixtisoslashgan (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron,
Parkent, Piskent, Chinoz O‘rtachirchiq, Qibray, Quyichirchiq, Yuqorichirchiq,
Yangiyo‘l,) tumanlardan iborat.
Viloyatda jami 110 tadan ortiq turizm obyektlari hamda 76 tadan ziyod tarixiy
va madaniy meros obyektlari mavjud.
Viloyat iqtisodining asosini sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish,
metallurgiya, paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati tashkil etadi. Bundan
tashqari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlanib
borayotgan tarmoqlar jumlasiga kiradi. Engil sanoatning asosini mavjud paxta
tozalash zavodlari, paxta va ipak tola yigiruvchi fabrikalar tashkil qiladi. Non
mahsulotlari, qandolat, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tez
sur’atlarda
rivojlanib bormoqda. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YAHM)
mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2016- yilda 8,8 foizini, aholi jon boshiga
hisoblaganda esa o‘rtacha mamlakat darajasining 109,6 foizini tashkil qiladi. YAIM
93
tarkibida keyingi yillarda, investitsiyalar va agrar sektor ulushining qisqarishiga, ayni
vaqtda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi ko‘payishiga erishildi (13.1-
jadval).
13.1-jadval
Toshkent viloyatining tarkibiy tuzilishi
14
Tashkil
topgan vaqti
1938- yil, 15- yanvar
Maydoni
15,26 (ming km
2
)
Aholisi soni
2829,5 ming kishi ( 2017 yil, 1 yanvar)
Shaharlar
soni
18 ta
Tumanlar
soni
15 ta
Shahar
tipidagi posyolkalar soni
18 ta
Mahalla fuqarolar yig‘inlari soni
990 ta
Qishloq fuqarolar yig‘inlari soni
146 ta
Qishloq aholi punklari soni
1157 ta
Toshkent viloyati mamlakat sanoatining hududiy tarkibida oldingi o‘rinlardan
birini egallab kelmoqda. Hozirgi vaqtda respublika sanoat mahsulotlarining 15 foizi,
jumladan respublikada ishlab chiqarilayotgan elektrenergiyaning 45 foizi, ko‘mirning
98 foizi, sementning 43 foizi, po‘lat va metall prokatining 100 foizi, rangli
metallarning asosiy qismi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyatda keyingi yillarda barqaror
rivojlanish jarayonlari kuzatilmoqda. Buni yalpi hududiy mahsulotning o‘sish
sur’atlari
o‘rtacha 7,5 foizni tashkil qilib, 2010-2016 yillarda 3,1 marotaba
o‘
sganligida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,3
martaga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish - 4,9 martaga, chakana savdo aylanmasi
3,3 martaga, pullik xizmatlar 4 martaga ko‘paygan. Bu esa, o‘z navbatida,
iqtisodiyotda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.
Tahlil qilinayotgan 2010-2016 yillar davomida sanoatning yalpi hududiy
mahsulotdagi ulushi 37,7 foizdan 38,8 % foizga o‘sganligi, qishloq xo‘jaligining
14
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari
asosida
tuzilgan
.