@TDIU_ARM
58
- tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa
sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
- tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan ratsional
foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo‘yicha xo‘jalik tadbirlarini baholash;
- tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va
ta’riflanadi
:
1.
Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish
mumkin bo‘lgan natijalari.
2. Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik
xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli
ijtimoiy
standartlar
.
3.
Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish
mumkin bo‘lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo‘llari.
4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
resurslar xarajati
(tabiiy rekreatsiya resurslarini qo‘shib).
5. Hisob-kitob sharoitlarida qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilishi
mumkin bo‘lgan (resurslar bo‘yicha cheklovlar)
resurslar va ayniqsa ko‘rib
chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.
Ko‘rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-
matematik modellarni shakllantirish uchun etarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar
natijalarini qo‘yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo‘lgan resurslar bilan talab
qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo‘l qo‘yish
mumkin bo‘lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo‘l qo‘yish mumkinligi
nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki
xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi.
Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy
natijalarini xo‘jalik tadbirlari natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-
59
moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlari tizimida aks
ettiriladi.
Natural ko‘rsatkichlarda quyidagilar ifodalanadi:
- rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish
mo‘ljallanayotgan tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent
odamlar)- xizmat ko‘rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat
ko‘rsatiladigan aholi soni, xizmat ko‘rsatish va sifati (kategoriyasi)bo‘yicha alohida
hisoblar;
- marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning
quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
- ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreatsiya faoliyatiga aholi sarflaydigan
vaqt;
- aholining rekreatsiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan
bog‘liq bo‘lgan vaqtini tejash (rekreatsiya xizmatini kutish).
Nisbiy ko‘rsatkichlarda xizmat ko‘rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va
obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati,
tashqi ko‘rinishining o‘ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg‘unligini ham qo‘shib)
ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).
Qiymat ko‘rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
- belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilishning
yillik hajmi va ularni realizatsiya qilishdan olingan foyda;
- sog‘liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
- mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikatsiyaning oshishi bilan
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga xarajatlarning
kamayishi;
- aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Do'stlaringiz bilan baham: