@TDIU_ARM
32
tumani
Maskanlari, Ohalik tog‘i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari,
milliy an’analar, yog‘och o‘ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf
odatlar.
Urgut tumani
CHor chinor, chinorlar va buloqlar, G‘ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo‘jabtol
ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, SHirvog‘ota ziyoratgoh va dam
olish maskanlari, «Toshqo‘y» tabiiy haykali, Bug‘jamatosh, Toshkelinchak,
Go‘rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari,
Omonqo‘ton dam olish maskanlari, Eski davon yo‘llari, taxti Qorachabegim
saroyi xarobolari va b.
Bulung‘ur tumani Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li uy muzeyi, xalq etnografik
folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.
Jomboy tumani
Xolvoyi qishlog‘idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning
Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo‘riqxonasi, xalq milliy
an’analari
va urf-odatlari.
Ishtixon tumani
Qoradaryo sohillari, shayxlar qo‘rg‘oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar,
urf-odatlar va b.
Kattaqo‘rg‘on
tumani
Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog‘i, «cho‘kkan tuya»
shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.
Narpay tumani
Qo‘chqorli ota ziyoratgohi, Qo‘tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh
bulog‘i va avliyo baliqlari, Qo‘shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy
an’analar
.
Nurobod tumani
Xazrati Dovud ziyoratgohi va g‘ori, Tim qishlog‘idagi qadimiy archalar,
Qarnobcho‘l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish,
gilam to‘qish, ko‘pkari o‘yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.
Oqdaryo tumani
Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari dam olish
maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.
Payariq tumani
Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro‘ztepa,
G‘
ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.
Pastdarg‘om
tumani
Qadimiy Darg‘om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy
kurash, ko‘pkari o‘yinlari va b.
Paxtachi tumani
Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish
maskanlari, qadimiy sardobalar.
Tayloq tumani
Tayloq ota qo‘rg‘oni ziyoratgohi, jom’e masjidi, istirohat bog‘i,
Bandikushon ziyoratgohi va b.
Qo‘shrabod
tumani
Tog‘ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog‘i, milliy an’analar, urf-
odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
dostonchilik maktabi va b.
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, qanchalik hudud turistik obyektlarga boy
hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko‘paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud
ma’lum
tur turistik resurslarga ega bo‘ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy
hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik obyektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda
barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo‘lmaydi, chunki obyektlarning
joylashishidagi qulayligi, jozibadorligi turlicha. Shuning uchun turistik resurslarni
sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo‘yidagi belgilar
33
e’tiborga
olinadi: ta’sirchanligi, ulug‘vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit
holati, tabiiy rekreatsiya resurslarining o‘ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.
Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari
imkoniyati bo‘yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga,
Nurobod va Qo‘shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg‘om, Paxtachi va Tayloq
tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli obyektlarga ega
hududlar imkoniyati bo‘yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va
Urgut tumani – 4 ballga, Bulung‘ur va Qo‘shrabod tumanlari – 1 ballga baholash
mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo‘yicha Samarqand shahri
va Kattaqo‘rg‘on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4
ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin.
YUqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va
tumani, Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim
tumanlarning turistik resurs imkoniyati kam. Shu jihatdan tumanlarning turistik
resurslari potensialini uch kategoriya (yuqori, o‘rtacha, past) asosida baholash ham
mumkin. Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori
kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o‘rtacha
kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: