Ў збекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти



Download 2,06 Mb.
bet203/243
Sana14.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#666644
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   243
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси со ЛИ ни са лаш вазирлиги тошкент фармац

Kultural xossasi. Xo’jayini to’qimasi sitoplazmasida bo’linib ko’payadi, bitlarning ichak epiteliysida, tomir endoteliysida rivojlanadi. Ko’pincha tovuq embrionining sariqlik qopchasida o’stiriladi. 8—13 kundan so’ng bo’linib ko’paygan joyida blyashka (pilakcha) hosil qilib o’sadi.
Toksigenligi. Provatsek rikketsiyasi endotoksin hosil qiladi. Sof holda ajratib olinmagan, yuqori harorat ta'sirida tez parchalanadi va bu esa uning oqsil tabiatligidan dalolat beradi. Toksin tomirlarning endoteliy to’qimalarini shikastlaydi, natijada kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshadi.
Antigenligi. Provatsek rikketsiyasi 2 ta antigen saqlaydi: 1.Yuzaki, termolabil, kimyoviy tarkibiga ko’ra lipidopolisaxarid oqsil tabiatli bo’lib, tipospetsifik emas. Endemik toshmali tif, Protey 0X 19, OX 2 larning antigenlik xossasi bilan umumiydir. 2. Oqsil polisaxarid tabiatli, tipospetsifik, hujayraning ichki qismidan ajraladigan antigendir.
Chidamliligi.Yuqori harorat va nam sharoitda Provatsek rikketsiyasi tez nobud bo’ladi. Bitning qurigan najasida uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi modda ta'sirida tez nobud bo’ladi.
Hayvonlar sezuvchanligi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz cho’chqachalari, maymunlar sezuvchandir. Maymunlarda toshmali tifning klinik belgilari namoyon bo’ladi, oq sichqonlarda esa zotiljam yuzaga keladi.
Infektsiya manbai. Kasal odam infektsiya manbai hisoblanadi.
Tarqalish yo’li.Transmissiv yo’l orqali tarqaladi. 1909 yili fransuz olimi Nikol maymunlarda tajriba o’tkazayotib kiyim bitlari Provatsek rikketsiyasining tarqatuvchisi ekanligini aniqladi. Keyinchalik bosh bitlari ham tashuvchisi bo’lishi mumkinligi aniqlandi.
Yuqish mexanizmi. Bemor qonini so’rgan bit 4—5 kunlarda zararli bo’lib hisoblanadi. Shu vaqt ichida bitlarning ichak epiteliy to’qimalarida ular bijg’ib ko’payadi va to’qimalarni shikastlaydi, ko’p miqdorda uning najasi bilan tashqariga chiqariladi. Bit teriga yopishganda uni tishlaydi va shu zahoti rikketsiya saqlovchi najasini chiqaradi. Odam esa terisini qashib rikketsiyalarni shikastlangan terisi orqali o’z organizmiga kiritadi.
Patogenezi. Rikketsiyalar organizmga tushgandan so’ng tomirlarning endoteliy to’qimalariga o’tadi. Bu yerda ular bo’linib ko’payadi va to’qimalarni nobud qiladi. So’ngra esa ko’p miqdorda qonga o’tadi — rikketsiemiya yuzaga keladi. Tomirlar yallig’lanadi va tromb hosil bo’ladi. Natijada mayda qon tomirlarnning o’tkazuvchanligini to’sib qo’yadi. Bosh miya tomirlaridagi tromb bo’lgan joyda granula hosil bo’ladi va meningoentsefalitga xos yallig’lanish yuzaga keladi.
Toshmali tif o’tkir boshlanadi. Yuqori harorat, intoksikatsiya, kuchli bosh oqrig’i, rozeola, petexial toshmalar yuzaga keladi.
Immuniteti. Kasallik o’tgandan so’ng butun umrga mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi. Qonda antitelolar, komplement bog’lanish antitelolari, agglyutininlar aniqlanadi.
Brill kasalligi. Keyingi yillarda toshmali tif bilan og’rib o’tgan bemorlar organizmida uzoq vaqtgacha Provatsek rikketsiyalari saqlanib qolishi aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi kuchi kamaygan va unga beriluvchan bo’lgan hollarida bir necha yillardan (10—30) so’ng ham kasallik yuzaga keladi, ya'ni epidemik toshmali tif retsidivi yuzaga keladi. Birinchi bo’lib bu kasallikni Brill aniqlagan, N Sinsser esa kasallikning qo’zg’atuvchisi Provatsek rikketsiyalari ekanligini isbotlab bergan. Kasallik yengil va zararsiz o’tadi. Kasallik diagnostikasida qo’llaniladigan Veyl - Feliks reaktsiyasida 0x19 protey bilan agglyutinatsiya reaktsiyasi manfiy, Provatsek rikketsiyalari bilan esa musbat bo’ladi. Bundan tashqari, Brill kasalligi — reinfektsiyadir degan fikrlar ham bor. Kasallikning yengil o’tishiga organizmda hosil bo’lgan immunitet sababchidir deyishadi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiyalarining yuzaki antigenlaridan tayyorlangan kontsentrlangan kimyoviy vaktsina qo’llaniladi. Umumiy profilaktikasi — bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish, bitlarga qarshi kurashishdir.
Endemik toshmali tif. Bu kasallikni qo’zg’atuvchisi 1928 yili X. Muzer tomonidan aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda ularni K. Lur1i deb nomlanadi.
Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm gacha) yoki tayoqchasimon (0,3—06 x 1,5 mkm mikroorganizmlardir. Provatsek rikketsiyalariga nisbatan polimorf emas. Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga va Gramm manfiy bo’lib bo’yaladi.
Kultural xossasi. Muzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida 35°S haroratda yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib o’sadi. Bo’g’imoyoqliklarning ichki epiteliy to’qimasi, yadro va sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi.
Toksigenligi. Muzer rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan farqlanadigan endotoksin hosil qiladi va buni neytrallash reaktsiyasi natijasida aniqlash mumkin.
Antigenlik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kompleksini saqlaydi. Provatsek rikketsiyasn va OX19 va OX2 bilan umumiy termostabil antigeni. Muzer rikketsiyasini Provatsek rikketsiyasidan farqlovchi termolabil, tipospetsifik antigeni.
Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli, lekin qurigan holda past haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo’ladi.
Hayvonlarning sezuvchanligi. Endemik toshmali tif bilan kemiruvchilar, asosan, sichqonlar va kalamushlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho’chqachalari sezuvchan. Material ularning qorin bo’shlig’iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish