Agressiv omillar. Organizmning ximoya kuchlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar agresinlar deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang stafilokokklarning xujayra devoridagi A-oqsili,patogen streptokokklarning M-oqsili, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari, mikobakteriyalarning kort -omili, o'lat bakteriyasining V-va W - antigenlari shunday xususiyatga ega moddalardir. Bu omillar leykositlar xemotaksisini susaytirib, fagositozning amalga oshishiga to'sqinlik qiladi. Boshqa taxminlarga ko'ra. yuqorida sanab o'tilgan omillar opsoninlar (antitelolar) yoki komplement ma'lum bir komponentlarning faolligiga ta'sir ko'rsatadi.
Fermentlar yordamida xam organizm ximoya to'sig'ini yengib o'tishi mumkin. Bularga proteaza, qon plazmasini ivitadigan koagulaza, fibrinni eritadigan fibrinolizinlar misol bo'la oladi
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi.
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini va boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi.
Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma parchalangandan so'ng tashqari tushadi.
Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik faolligi bilan farq qiladi.
Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 C da xam bir necha minut saqlanib qoladi. Ekzotoksinlar a'zo va to'qimalarga moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi.
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi.
Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi.
Funksional blokatorlar- xujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradigan enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni ishlab chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi shunday xususiyatga ega.
Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |