Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet30/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

IJODIY JARAYON
Tayanch tushunchalar

Ijodiy jarayon. Ijodiy reja. Rejaning mazmuni va shaklini tug’diruvchi katalizator. Asar tirik organizm.
Ijodiy jarayon qayerdan boshlanadi? Tadqiqotchi Y. Oklyanskiy yozganidek30, ko‘rishdanmi? Yoki tanqidchi P. Medvedev aytganidek31, tasavvur, fantaziyadanmi? Yoki adabiyotshunos A. T. Seytlin yoritganidek32, e’tiqod, dunyoqarashdanmi? Yoki boshqa mualliflar ta’kidlaganlaridek, kuzatishdanmi? Balki xotiradan, tajribadan boshlanar? Balki tanqidchi P. Shermuhammedov yozganidek, „ijod darddan boshlanar...“33.

Bu masalaga aniq javob berish mumkin emas. Shoir Mixail Svetlovdan she’rning boshimi yoki oxirimi, avval qaysi joyi xayolda tug‘ilishini so‘raganlarida, u shunday deydi: „She’rning boshi avval yaratilishi to‘g‘risida gapirish kulgulidir: bola avval boshdan shakllanadi deb bo’ladimi? She’r butunicha yaratiladi“34.

Demak, u yaxlit, bir vujud, jonli inson qiyofasida birdaniga yuzaga kelar ekan, yuqoridagi unsurlardan birini birinchi o‘ringa qo‘yish, qolganlarini keyingi o‘rinlarga joylashtirish noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Shuning uchun ham tajribada ular o‘zaro aloqada bo’ladi. Ularning hammasining birikuvidan, qo‘shiluvidan, yaxlitligidan jonli asar yuzaga keladi. Shuning uchun ham badiiy asarni yaxlit va tirik organizmga o‘xshatish keng rasm bo’lgandir.

Yozuvchi L. Leonov rejaning paydo bo’lishi paytida ijodkor qalbida, xayolida, miyasida qandaydir keskin o‘zgarishlar yuz berishini aytar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: „Men uchun bu kasalga chalinishga, og’ir dard chekishga o‘xshaydi. Bu holat zo‘r bir kuch bilan juda tez rivojlanib va birdan odatdagi narsalar portlab, parchalanib ketganday va uning parchalari yangi-yangi obrazlarga aylana boshlaganday bo’ladi... miyada murakkab kimyoviy reaksiyalar, qandaydir diffuziya yuz berganday tuyuladi“35.

„Ilk rejaning tug‘ilishi paytida yuz beradigan bunday psixologik holatlarni boshqa juda ko‘p yozuvchilar ham boshdan kechiradilar, — deb yozadi yozuvchi P. Qodirov,— Albatta, yozuvchilar har xil bo’lganidek, ulardagi ijod jarayonlari ham turli xil bo’ladi. Lekin masalaning mohiyatiga e’tibor berilsa, hamma yozuvchilarda ham yangi va muhim bir ijodiy reja sokin miqdoriy o‘zgarishlar tarzida emas, balki L. Leonov aytganidek, ijodiy portlash tarzida, diffuziyaga o‘xshash kimyoviy reaksiya tarzida, miqdoriy o‘zgarishlarning birdan sifat o‘zgarishiga o‘tish tarzida tug’ilishini ko‘rish mumkin.

Kimyo laboratoriyasida turli xil moddalar har biri o‘z kolbasida yoki qutisida sokin, jim turaveradi. Ularning ba’zilarini bir-biriga qo‘shganimizda ham reaksiya boshlanmaydi. Lekin kimyoviy moddalar orasida katalizatorlik xususiyatiga ega bo’lganlari bor. Jim turgan moddalarga ana shu katalizatorlardan ozginasini, goho birgina tomchisini qo‘shsangiz to‘satdan reaksiya boshlanib ketadi. Ba’zi moddalar reaksiyaga kirganda gugurtsiz yonadi. Ba’zilari sovuq bo’lsa ham, bijillab qaynashga tushadi. Ikki xil rangsiz oq suyuqlikni bir-biriga qo‘shsangiz kutilmaganda rangi o‘zgarib, qizil yoki ko‘k tusga kiradi. Bu moddalarning tarkiblaridagi atomlar miqdori o‘zgarishi — ulardagi sifat o‘zgarishiga sabab bo’ladi. Ijod jarayonining boshlanishi va yangi rejaning tug’ilishi ham mana shunga o‘xshash kuchli ma’naviy reaksiyadan va miqdoriy o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishiga aylanishidan kelib chiqadi. Yozuvchining hayotiy tajribasi, ilg‘or ongi, zo‘r iste’dodi, o‘tkir tasavvuri, oliyjanob intilishlari — barchasi yangi reja tug’ilmasdan oldin xuddi har biri o‘z kolbasida sokin turgan kimyoviy moddalarga o‘xshab — potensiya tarzida turadi. Ulardagi o‘zgarishlar — miqdoriy o‘zgarish tarzida tinch davom etaveradi. Yozuvchi doim izlanishda bo’ladi. Miqdoriy o‘zgarishlar ko‘payib, sifat o‘zgarishi bo‘sag‘asiga borib qoladi. Shunday paytda yozuvchi uyquda ko‘rgan tushmi yoki haydalgan dalada turgan o‘simlikmi, nimadir kimyoviy katalizatorning vazifasini bajaradi. Qizib, yonishga tayyorlanib turgan o‘tin uyumiga go‘yo uchqun kelib tushadi-yu, uni alangalatib yuboradi...“36.

Demak, yozuvchi va tadqiqotchi Pirimqul Qodirov asosli ta’kidlaganidek, ijodiy jarayon xilma-xil obyektiv va subyektiv omillarning bir-birlariga mexanik ravishda qo‘shilishidan emas, balki qo‘shilib reaksiyaga kirishishidan, go‘yo birga yonishidan... boshlanadi.

Mana bir necha misollar:

Oybek yoshligidanoq Pushkin asarlarini sevib o‘qiydi, uning „she’riyati bilan yashaydi“, u yaratgan „badiiy obrazlar olami“ uni go‘yo „yangi bir dunyo“ga kirishga, yangi hayot, „yangi ilhom kashf etishga“ olib keladi. Ayniqsa, Pushkinning „Yevgeniy Onegin“ asarini tarjima qilar ekan, undagi realistik tasvirning haqqoniy kuchi, shoirning badiiy mahorati hayratlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.

U yozadi: „Men tarjima bilan shug‘ullanar ekanman („Yevgeniy Onegin“ tarjimasi bilan H. U), roman yozishga ahd qildim, unda o‘zbek xalqining revolutsiyadan oldingi hayoti, xalqning o‘z huquqlari uchun kurashga intilishi va bu kurashning mashhur 1916-yil qo‘zg‘oloniga qo‘shilib, kuchayib borayotganligi to‘g‘risida hikoya qilmoqchi bo’ldim.

Garchi men roman voqealari yuz bergan davrda hali bola bo’lsam ham, endi men buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganligimni aytish uchun yetarli hayot tajribasiga egaman, deb ayta olardim. Bolalik chog’larimda men xalq turmushini ko‘rdim, kambag‘allar va avom xalqning qorong‘u va dim uy-joylarini, boylarning atrofi baland-baland devorlar bilan o‘ralgan hashamatli imoratlarini, muzdek hovuzi bo’lgan bog’larini ko‘rdim. Yoshligimda boy bog’ini ko‘rish uchun bir necha marta daraxtlarga chiqqanman. Men boshqalarning turmushini chanqoqlik bilan kuzatdim va keyinchalik romanimda tasvir etilgan ijtimoiy munosabatlarning ko‘pgina tomonlarini o‘sha vaqtdayoq tushungan edim. Men o‘z qahramonlarimda bo’lajak revolutsion kurashchilarni xalq ichidagi kishilarda ko‘rdim. 1938- yil yozida tamom yozib tugallangan „Qutlug‘ qon“ romanim shunday tug‘ildi“37.

Ko‘rinib turibdiki, romanning yuzaga kelishida yozuvchining „O‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari“, kuzatgan voqealari, xotirasida o‘chmay iz qoldirgan o‘tmish va bularni „aytish uchun yetarli tajriba“ to‘plaganligi asos bo’lgan. „Yevgeniy Onegin“ tarjimasi paytida qalbida uyg‘ongan hayratlanish tuyg‘usi „Qutlug‘ qon“ning yuzaga kelishiga katalizatorlik vazifasini o‘tagan. Oybekning „ko‘nglidan, xotirasidan“ „Qutlug‘ qon“ romani quyilib kelavergan.

Habibulla Qodiriy „Otam haqida“ nomli xotirasida ,,O‘tgan kunlar“ romanining yozilish tarixini Abdulla Qodiriy quyidagicha hikoya qilib berganligini eslaydi:

„Qariyb yarim umrini xon zamonlarida yashagan, talay o‘tmish voqealarining shohidi bo’lgan otam yoshligimda qiziq-qiziq xotiralarini so‘zlab berardi. Bu xotiralar menda tarixga qiziqish uyg‘otdi. So‘ngra o‘sha davrimiz tarixiga oid ancha kitob manbalari bilan tanishib chiqdim. Qo’lim qalamga hiyla kelib qolgach, menda ana shu o‘tmishimizdan G‘arb romanchiligi asosida kattaroq bir asar yaratish havasi tug’ildi. Tarixiy voqealar boshimda shu qadar ko‘p, go‘yo qaynar, menga tinchlik bermas edilar. Ammo bu voqealarni qanday qilib bir ipga tizishni, qog‘ozga tushirishni tasavvur qila olmasdim. Uzoq vaqt o‘ylab, izlab yurdim.

Kunlarning birida bog’imizga otamni ko‘rgani eshak minib shahardan bir chol mehmon bo’lib chiqdi. Mehmonni men tanimasdim. U otamning eski qadrdoni ekan. Mehmon qildik. Otam shu choqlarda yuz yoshlarda bo’lib, mehmon esa undan 5—10 yosh kichik ko‘rinar edi. Ular suhbat qilar ekan, quloqlari og’irlashib qolgani uchun bir-birlarining so‘zlarini yaxshi eshita olmas edilar. Shu sababli menga ular o‘rtasida tilmoch bo’lib, choy quyib o‘tirishga to‘g‘ri keldi. Otam mehmondan so‘radi: „Andijondagi xotiningizdan necha bolangiz bor?“ Ularning suhbatidan angladimki, bu mehmon toshkentlik bo’lib, uyli-joyli, bola-chaqali kishi ekan. Ammo yoshlik chog’larida savdo vaji bilan Andijonga borib qolib, u yerda ko‘p yillar istiqomat qilgan, Andijonda ham uylanib, bola-chaqali bo’lgan va keksaygach, o‘z shahriga qaytib kelgan ekan.

Mehmonning ana shu soddagina tarixi menga chuvalangan ipning uchini topib berganday, yozmoqchi bo’lgan ,,O‘tgan kunlar“ romanimning shaklini chizib berganday bo’ldi. Shu asosda boshimdagi voqeani asta-sekin kengaytira, rivojlantira boshladim. Besh-olti oylab xayol surishim natijasida romanim hozirgi shaklga keldi va qo‘limga qalam oldim...“38

O‘tmishga, tarixga qiziqish, uning natijasida ko‘plab voqea-hodisalarni ko‘z oldiga keltirish va kattaroq bir asar yaratish orzusi tug’ilgan bo’lsa-da, lekin katalizatorning, yozuvchi Pirimqul Qodirov aytganidek, „uchqun“ning yo‘qligi Abdulla Qodiriyni ko‘p qiynagan, azoblagan. O‘ylab o‘yining oxiriga yetishiga imkon bermagan. Mehmonning kelishi va uning hayoti tarixi yozuvchi aytganidek, „chuvalangan ipning uchini topib bergan“— diffuziya yuz bergan. Ilk ijodiy reja o‘z shakl-u shamoyilini topgan, yaxlit va jonli organizm sifatida taraqqiy qila boshlagan. Shuning uchun ham yozuvchi Asqad Muxtor yozadi: „Asar o‘z janr xususiyatlari bilan birga tug‘iladi. Tug‘ilib bo‘lgandan keyin esa qizni o‘g‘ilga yoki o ‘g‘ilni qizga aylantirilmaydi“.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinyaptiki, ijodiy reja tug‘ilganda ham yozuvchi ongida qahramonlar yaxlit badiiy obrazlarga aylanmagan bo’ladi, ularni hayajonga solgan xotiralari, ko‘rgan-bilganlari, kashfiyotlari, orzularining boshi-keti ko‘rinmaydi. Lekin ijodiy rejaning katalizator — „uchqun“ yordamida portlashi, miqdoriy o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishiga o‘tishidan boshlaboq, yozuvchi tafakkuri va tasavvurida asar g‘oyaviy-badiiy yaxlit, jonli organizm sifatida shakllana va rivojlana boshlaydi. Katalizator — „uchqun“ ijodiy rejaning muayyanlashuvi, tiniqlashuvini ta’minlaydi. „Reja — asarning o‘zagi“ (L. Tolstoy) bo’lsa, katalizator ana shu o‘zakni muayyan bir shakl-u shamoyilga soladi.

Xullas, ijodiy reja qaysi yo’llar bilan tugilgan va qaysi katalizator ila „urug’langan“ bo’lmasin, u o‘zining tarixiy rivojiga ega bo’ladi. Yozuvchi hayot tug‘dirgan ana shu rejasiga muvofiq yana material to‘playdi, shu rejani amalga oshirish yo’llari ustida bosh qotiradi. U bu materiallarni xotirasi „sandig‘i“ga solib qo‘yaveradi. Shuning uchun ham Oybek „Qutlug‘ qon“ni yozar ekan, „Bu romanni yozish uchun material yig’ib o‘tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘ngildan, xotiramdan „Qutlug‘ qon“ romani quyilib kelaverdi“, — deb haqiqatni aytadi. Ammo ikkinchi haqiqat ham borki, ijodiy reja tug’ilgach, bu rejaning hali noma’lum tomonlari, to’ldirilishi zarur qirralari ham bo’ladi. Shuning uchun ham Abdulla Qodiriy ,,O‘tgan kunlar“ni yaratishda tarix kitoblarini o‘rganishga, voqea kechgan joylarga sayohat qilishga, asarda aks etgan davrni va odamlarni xarakterlovchi materiallarni to‘plashni lozim deb bilgan. Va bu narsa asarning realistik ta’sir kuchini oshirgan.

Qisqasi, yozuvchi o‘z mehnatini, butun borlig’ini muayyan reja (g‘oya) — „ijodiy konsepsiya“ (A. G. Seytlin)ning tahliliga bag’ishlaydi. Xullas, ijod jarayonining bitta umumiy qonuniyati yuz beradi. Yozuvchi P. Qodirov va adabiyotshunos A. Seytlinlar ta’kidlaganidek, „Haqiqiy asar rejasi mazmun bilan shaklning dialektik birligidan tarkib topgan ilk g‘oyaviy-badiiy konsepsiya tarzida yaxlit tug’iladi, tirik bir organizm sifatida shakllana boshlaydi“.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish