47-§. ENG MUHIM ASOSLARNING ISHLATILISHI.
1.Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug‘larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda. Bu ta’rif qaysi asosga tegishlidir?
A) KOH B) NaOH C) Ca(OH)2 D) barchasi
2. Qaysi asosning suvdagi kuchsiz eritmasi qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda sovundek tuyuladi va
terini o‘yib yuboradi?
A) KOH B) NaOH C) Ca(OH)2 D) barchasi
3. Natriy gidroksidning suvdagi kuchsiz eritmasi qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda sovundek tuyuladi va terini o‘yib yuboradi. Shuning uchun u texnik maqsadlarda nima deb nomlanadi?
A) natron ohaki B) kaustik soda
C) o‘yuvchi natriy D) barchasi
4. O‘yuvchi natriyni sanoatda qaysi moddadan va qanday usulda olinadi?
A) osh tuzi; elektroliz B) natriy sulfat; elektroliz
C) natriy xlorid; gidroliz D) natriy sulfat; gidroliz
5.Natriy gidroksid quyidagi nimani qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda qo‘llaniladi?
1) sun’iy tola; 2) sovun; 3) neft.
A) 1 B) 3 C) 1,2 D) barchasi
6. Natriy gidroksid quyidagi nima(lar)ni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi?
1) sun’iy tola; 2) sovun; 3) neft.
A) 1 B) 3 C) 1,2 D) barchasi
7.Kaliy gidroksidning ta’sir kuchi o‘yuvchi natriynikiga o‘xshasa-da, …. tufayli kamroq ishlatiladi?
A) u bilan ishlash qiyinligi B) juda aktivligi
C) tannarxi qimmatligi D) barchasi
8.Oq g‘ovak modda, kuchli asos hisoblanadi, suvda kam eriydi. Bu ta’rif qaysi asosga tegishlidir?
A) KOH B) NaOH C) Ca(OH)2 D) barchasi
9. Kalsiy gidroksidning 20°C da suvdagi eritmasining massa ulushuni (%) hisoblang?
A) 15,6•10‒4 B) 15,6 C) 0,156 D) 1,56
10. Kalsiy gidroksidning 20°C da suvdagi eritmasining massa ulushuni hisoblang?
A) 15,6•10‒4 B) 15,6 C) 0,156 D) 1,56
11. Kalsiy gidroksidning suvdagi bir jinsli eritmasi nima deb ataladi?
A) ohak suti B) ohakli suv
C) o‘yuvchi kalsiy D) barchasi
12. Kalsiy gidroksidning suvdagi bir jinsli eritmasining loyqalangan holatida nima deb ataladi?
A) ohak suti B) ohakli suv
C) o‘yuvchi kalsiy D) barchasi
13. So‘ndirilgan ohakning nima bilan bilan qorishmasi «ohakli qorishma» deb atalib, g‘ishtlarni terib chiqish qorishmasi bo‘lib hisoblanadi?
A) suv va qum B) suv va sement
C) suv va loy D) barchasi
14. Qaysi asosdan kislotaliligi ortib ketgan tuproqlarni neytrallashda, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash vositasi sifatida keng qo‘llanadi?
A) KOH B) NaOH C) Ca(OH)2 D) barchasi
15. 14,8 g so‘ndirilgan ohak olish uchun qancha ohaktosh kerak bo‘ladi?
A) 10 B) 5,6 C) 20 D) 11,2
16. 14,8 g so‘ndirilgan ohak olish uchun qancha oddiy ohak kerak bo‘ladi?
A) 10 B) 5,6 C) 20 D) 11,2
Do'stlaringiz bilan baham: |