O’lcham, shakl va sirtlar joylauvining aniqligi
Tanavorlarni kesib mexanik ishlov berish jarayoni turli moslamalar va keskich asboblar bilan ta’minlangan metallkesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Binobarin, dastgoh (D), asbob (A), tanavor (T), va moslama (M) bir butun tizimni hosil qiladi. Uning elementlari na faqat bir–biriga bog’liq bo’lishi, balki berk kontur ichida bo’lishi ham zarur (2.2–rasmda punktir chiziq
bilan ko’rsatilgan). Agar bunday berklik bo’lmasa
ishlov berish jarayonini bajarish mumkin emas.
Кo’rsatilgan har bir element o’zining sifati
bo’yicha ideal emas. Tizimning hamma elementlari
o’zining sifat ko’rsatkichlarini detal tayyorlash
jarayonida tanavorga o’tkazadi. Undan tashqari
kesish jarayonining o’ziga xosligi ham detalning
sifat ko’rsatkichlariga o’zining o’zgartirishlarini
kiritadi. Natijada detallarning hatoliklari
kelib chiqadi va qoidaga ko’ra uning aniqligi
pasayadi.
Mashinaning har bir detali birnechta
sirtlar birlashmasidan iborat. Detallarning
Do'stlaringiz bilan baham: |