Holiqberdiev t



Download 389 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2022
Hajmi389 Kb.
#688502
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MARUZA 1

Tabiat predmetlarini sifatini o’zgartirib, o’z ehtiyojini qondira oladigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi.
Texnologiya so’zi yunoncha so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lib, texne - san’at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos - o’qitish, fan so’zini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda texnologiya - mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartibi-majmui yoki rejasi).
1804 y. akad. V.M. Саverin texnologiya to’g’risidagi birinchi qoidani ifodaladi va ”texnologiya - hunarmandchiliklar va zavodlar to’g’risidagi ilim” deb aniqlik kiritdi.
Texnologiyaning rivojiga russ bilimdonlari A. Аndrey Choxov, M.V. Сidorov, Ya. Batish’ev, A.К. Nartov va jihozlar o’z hissalarini qo’shdilar.
Mashinasozlik texnologiyasida to’planib qolgan tajribolarni birinchilardan bo’lib tasvirlab berganlardan biri Moskva Universitetining proffessori I. Dvigubсkиiy bo’ldi. 1807 y. u “Начальные основания технологии или краткое описание работ на заводах и фабриках производимых” nomli kitobini yozdi.
1885 y. proffesor I.I. Timеning (18381920) « Основы машиностроения, организация машиностроительных фабрик в техническом и экономическом отношении и производства работ » nomli ishi chiqdi. U birinchi bo’lib “Кesish nazariyasining asosiy qonunlarini ifodasini berdi.
1890-1900 yy. prof. А.P. Gavrilenkoning (18611914 yy.) “Ткхнология металлов” nomli kitobi chop etildi. Unda metallarga ishlov berish texnologiyasi tajribasining rivojlanishi umumlashtirilgan. Bu darslik rus muxandislarining bir necha avlodilari ta’lim olishlari uchun qo’llanma vazifasini bajardi.
1917 y. Sovet ittifoqi barpo etilgandan keyin dastgohsozlik sanoati yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va yuqori aniqlik beruvchi turli texnologik maqsadlar uchun turli dastgohlarni va takomillashgan keskich asboblarni yaratdi. Bularning hammasi, ittifoq muxandislari va olimlari tamonidan mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarining qonuniyatlarini ilmiy asoslarini yaratish imkonini berdi.
XX asrning boshlarida texnikaning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida to’planib qolgan turli detallarga ishlov berish, ularni yig’ish texnologik jarayonlari to’g’risidagi tajribalarni umumlashtirib ba’yon etishning zarurati paydo bo’ldi. Bundan tashqari Oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga mashinasozlik texnologiyasi, moslamalarni, sexlar va zavodlarni loyihalash (masalan, “Texnologiya avtomobilestroeniya”, ”Texnologiya traktorostroeniya”, “Texnologiya stankostroeniya” va boshq.) kabi fanlar kiritildi.
Mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha birinchi mexnat natijasini chop etgan A.P. Sokolovskiy bo’ldi. Uning 1930...1935 yy.da besh tomlik kitoblari chop etildi va 1938 y.da “Научные основы технологии машиностроения” nomli mexnati chop etildi. 1933 y.da A.I. Кashirinning “Основы проектирования технологических процессов” va 1935 yili V.M. Кovanning «Технология автотракторостроения » nomli hamda 1944 y. “Технология машиностроения” nomli 1959 y. “Основы технологии машиностроения ” va xuddi shungi o’xshash nomlik 1967 y.da MVTU ning V,M. Кovan boshchiligidagi kollektiv avtorlar nomi bilan V.S. Кorsakov muxarrirligida darsliklar chop etilgan.
O’lchamlar zanjir nazarisini va bazalash qoidalarini yaratgan va texnologik ilmiy izlanishlarning echimini topish bilan ko’p shug’ullangan B.S. Balakshin 1944 yilda “Технология станкостроения”, 1959,1966,1969 yillarda “Основы технологии машиностроения” darsliklarini yaratdi.
1985 y. A.A. Matalinning “Технология машиностоения” nomli ; 1986 y. A.A. Gusev, E.R. Кovalьchuk, I.M. Кolesov va boshq. “Технология машиностоения” (maxsus qism) MOSSTANКIN darsliklari chop etildi. !997 va !999 yy.da I.M. Кolesovning “Основы технологии машиностроения” nomli darsligi bunyod etildi.
1965 va 1973 yy.da B.L. Bespalov, L.A. Gleyzer, I.M. kolesov va boshq. ning “Технология станкостроения” (maxsus qism) darsligi chop etilgan.
1998 y. MVTU-MGTU avtorlar jamoasi A.M. Dalskiy muxarrirligida 1-tom V.M. Burtsev i dr. “Основы технологии машиностроения” va 1999 y. G.N. Melnikov muxarrirligida 2-tom V.M. Burtsev i dr. “Технология станкостроения” darsiklari chop etildi.
2002 y. A.G. Suslav va A.M. Dalьskining “Научные основы технологии машиностроения” nomli ilmiy monografiyasi chiqdi va 2004 y.da A.G. Suslovning “Технология машиностроения” nomli darsligi chiqdi.
2005 va 2007 yy.da B.M. Bazrovning “Основы технологии машиностроения” darsligi chop etildi.
Mashinasozlik texnologiyasi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari jamoatlari ilm va sanoat ishchilarining katta mehnati natijalarini umumlashtirilishi asosida ilm sohasi kabi shakillanaboshladi.
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari, asosan ittifoq olimlari: B.S. Balakshin, N.A. Boradachev, К.V. Votinov, V.I. Dement’ev, F.S. Demenyuk, M.E. Egorov, A.A. Zikov, A.I. Кashirin, V.M. Кovan, V.S. Кorsakov, A.A. Matalin, S.P. Mitrofanov, M.P. Novikov, A.V. Podzey, E.V. Rijov, E.A. Satel, I.A. Time, A.P. Sokolovskiy, D.V. Charnko, A.B. Yaxin, P,I. Yasheritsin va ko’p jihozlar tomonidan yaratilgan.
Agar ilm ilmiy bilimlar tizimi bo’lsa, unda bilim olish jarayoni ilmiy bilish (bilim olish) hisoblanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi miqyosida ilmiy bilishning shakllanish jarayonini uch bosqichga ajratish mumkin: 1) texnologik jarayonlar to’g’risida empirik izlanish va empirik bilimlarning boshlang’ich yig’ilishi tug’ilishi va rivojlanish; 2) texnologik jarayonlarni bajarishda o’ringa ega bo’lgan xodisalar majmuining birinchi ilmiy suratlarining tug’ilishi; 3) nazariyalarni qurish.

Texnologik jarayonni tatbiq etishda asosan ikki masala echiladi:
1. Ehtiyojga qarab mahsulot tayyorlash talabini qoniqtirish;
2. Кam mehnat sarflab, qisqa vaqt ichida sifatli va arzon mahsulot-buyum tayyorlash.
Mashinalarni loyihalash va tayyorlash bitta jarayonning ikkita bosqichidan iboratdir. Bu bosqichlar o’zaro uzluksiz bog’lanishdadir. Loyihalash jarayonini koncnruktsiyaning texnologiyabopligini hisobga olmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Texnologiyabopgina koncnruktsiya mehnat harajatlarini tejash, aniqlikni oshirish, yuqori unumli jihozlar, moslama va asboblarni qo’llash, energiya’ni va vaqtni tejash imkonini beradi.
Koncnruktsiya qancha texnologiyabop bo’lsa, uni ishlab chiqarish shuncha takomillashgan va arzon bo’ladi.
Mashinani tayyorlash bosqichida asosiy diqqat e’tibor uning sifatiga beriladi va uning eng muhim ko’rsatkichi – aniqlikka. O’tgan yuz yillik ichida detallarni tayyorlash aniqligi deyarli 2000 marta oshdi. Bunaqa ortish hech bir mashinaninig xizmat qilish tavsifida kuzatilgan emas. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda bu, ya’ni detallarni mikrometr va mikrometrning qismi aniqligida tayyorlash norma tusini olgan. “Aniqlik” tushunchasi nafaqat o’lchamga tegishli, balki shaklga, sirtlarning o’zaro joylashishiga, detallarning fizik-mexanikaviy tavsiflariga va ularni tayyorlash muhitiga ham tegishlidir.
Ishlab chiqarish sharoitida berilgan sifatda mashinalarni yaratish, mashinasozlik texnologiyasining ilmiy asoslariga tayanadi. Mashinalarni sifatli tayyorlash jarayoni (tanavorlarni tanlash, ularga ishlov berish va detallarni yig’ish) mashinasozlik texnologiyasining qonuniyatlarini qo’llash bilan amalga oshirilishi kuzatiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fanining rivojlanishi bir necha bosqichlardan o’tgan. Bu bosqichlar quyidagilar: birinchi bosqich ishlab chiqarish sanoati tashkil topgandan boshlab, uni oyoqqa turg’azib tubdan yangilangunga qadar bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi (1930 y. gacha).

Download 389 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish