4. Ot bilan: Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
5. Ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig‘ila boshladi.

6. Sifatdosh bilan: Mayin esgan shabada ko‘nglimizni chog‘ qildi.
7. Modal so‘z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik.
8. Taqlid so‘zlar bilan: Zavodning mashina bo‘limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turadi.
9. Ibora bilan: Unda og‘zining tanobi qochadigan odati bor.
ESLATMA:Sifatlovchi-aniqlovchilar ba’zan o‘ziga qarashli so‘zlar bilan birikmali holda qo‘llanadi. Aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdoshlar birikmali qo‘llanib, sifatdosh qurilmani hosil qiladi.

M: Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq kavertok shim, oyog‘ida kavkazcha etik, boshida chust duppi edi.
Yuzida bilinar-bilinmas chechak o‘rni qolgan(sifatdosh qurilma), keng peshonali, sochlarini o‘ng tomonga silliq taragan (sifatdosh qurilma) jurnalist shoirga bir qarab qo‘ydi.
b. Qaratqich-aniqlovchi – Gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini, xosligini bildirgan bo‘lagi qaratqich aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchining bu turi qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan ifodalandi. Qaratqich aniqlovchi bog‘langan bo‘lak qaralmish hisoblanadi. Qaratqich-aniqlovchili so‘z birikmalarining asosiy belgisi hokim so‘zning egalik qo‘shimchalari bilan (ko‘pincha, III shaxs birlik sondagi –i, -si qo‘shimchasi bilan) kelishini talab qlishidadir.

M: ukamning ruchkasi
Qaratqich-aniqlovchi qaralamish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi:

1. Qaratqich va qaralmish belgili keladi: (daraxtning bargi)