a. Sifatlovchi-aniqlovchi – Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, shakli, maza-ta’mi, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatadigan aniqlovchi sifatlovchi-aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi: M: Mustaqil O‘zbekiston, qizil gul, mohir qo‘llar, qo‘shni hovli, kuzgi bug‘doy, uzoqdagi do‘st, temir eshik Sifatlovchi-aniqlovchilar quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: Sifatlovchi-aniqlovchilar quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Sifat bilan: Uning ziyrak qo‘ng‘ir ko‘zlarida horg‘inlik bor edi. 2. Son bilan: Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag‘och to‘rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turadi. 3. Olmosh bilan: Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g‘unchalarini yozmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |